Dinshunoslik




Download 0,69 Mb.
bet3/75
Sana12.12.2023
Hajmi0,69 Mb.
#117499
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Bog'liq
Dinshunoslik maruza

3- masala bayoni
E’tiqod — (ishonch, iymon) — muayyan maqsad, g’oya, ta’limot yoki qadriyatning to’g’riligiga bo’lgan qat’iy ishonch hamda shu asosda shakllangan tafakkur tarzi. Ilmiy-falsafiy adabiyotlarda e’tiqod tushunchasi turlicha izohlanadi. Bilim e’tiqodni vujudga kelishi uchun asos vazifasini bajaradi. Lekin, e’tiqod va bilim biri ikkinchisiga uyqash tushunchalar emas. Bilimlarning chinligi e’tiqodni mustahkam bo’lishida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Ammo, e’tiqod mustahkam bo’lishida bilimni yagona asos deb bo’lmaydi. Inson ongida qayta ishlangan, ya’ni tajribadan o’tgan, qayta o’rganilgan bilimlar(g’oyalar, nazariyalar)gina e’tiqodning mustahkam bo’lishini ta’minlaydi. Insoniyat tomonidan allaqachonlar yaratilgan bilimlar insonning o’zi uchun, o’z ehtiyojlari uchun qayta kashf etilgandagina chinakam e’tiqod darajasiga ko’tariladi. Bilim e’tiqodga aylanishi uchun bir necha bosqichlarni bosib o’tadi. Chunonchi, bilim o’z rivojining dastlabki bosqichida anglash holatini bosib o’tadi. Anglab olingan bilim, o’z rivojining ikkinchi bosqichida tushunish holatiga kiradi. Inson bilimlari ma’no va mohiyatini tushunib yetgach uning to’g’riligiga (yoki noto’g’riligiga) ishonch hosil qiladi. Faqat mustahkam e’tiqodga aylangan bilim (g’oya, nazariya) inson amaliy faoliyatini takomillashtiradi. Inson e’tiqodi nafaqat turli hodisalarni o’zida aks ettirgan bilimlarga, balki o’sha bilimlarga bergan bahosiga, unga bo’lgan munosabatiga ham bog’liq bo’ladi.
E’tiqod quyidagi uch holatni bosib o’tadi:
a)bilim, g’oya, nazariya (ya’ni aqliy holat);
b) bilimlarga berilgan baho, munosabat (ya’ni baholash holati);
v) o’zlashtirilgan bilimlarni o’z faoliyatiga tatbiq etish, o’sha bilimlar asosida o’z xatti-harakatini tartibga solish (xohish-iroda bilan boshqarish holati) sanaladi.
Inson dunyoqarashining asosiy komponenti sifatida e’tiqod bilish, baholash, boshqarish kabi funktsiyalarni bajaradi. Uning bilish funktsiyasi asosida olamdagi turli hodisalar, voqealar, jarayonlar sodir bo’lishiga doir bilimlar yotsa, baholash funktsiyasi o’zlashtirib olingan bilimlarga tayanib, sodir bo’layotgan o’zgarishlar ma’nosi va mohiyatini tushunib olish bilan bog’liq bo’ladi. Boshqarish funktsiyasi esa, insonni o’z xulq-atvori, hatti-harakatiga ko’rsatayotgan ta’siri, uni aniq maqsad tomon yo’naltira olish qobiliyati, malakasi bilan aloqador bo’ladi. E’tiqod inson dunyoqarashining eng barqaror elementidir. Insonning hayotiy pozitsiyasi, turmush tarzining mazmuni xuddi shu komponentning mustahkamligiga, barqarorligiga bog’liq. Chin ob’ektiv bilimga, turmush sinovlaridan o’tgan ilmiy g’oyaga, naz-yaga asoslanmagan e’tiqod g’ayriilmiy yoki nosog’lom e’tiqoddir. G’ayriilmiy qarashlarga tayanish ko’pincha kishilarni o’zi yoki yaqinlari manfaatiga zid ishlarga qo’l urishiga ham olib kelishi mumkin. Shu nuqtai-nazardan, g’ayriilmiylik bilan nosog’lom e’tiqod orasida aloqadorlik bor.
Inson madaniyatining muhim elementi bo’lmish sog’lom e’tiqodning ahamiyati katta. Ko’plab odamlarning o’z mehnati yo’naltirilgan sohani sevishi, unga qadriyat sifatida qarashi sir emas. Shu ma’noda shaxsiy, ilmiy, diniy, siyosiy, iqtisodiy kabi e’tiqod turlari ham bor.
E’tiqod inson bilan birga tug’ilmaydi, balki uning jamiyatda voyaga yetishi jarayonida shakllanadi. E’tiqod kishi xulqini izchil, mantiqli, maqsadga intiluvchan bo’lishini ta’minlaydi, insonni bunyodkor, fidoyi bo’lishga undaydi.
Sog’lom e’tiqodning shakllanishida demokratik davlat, fuqarolik jamiyatida vijdon erkinligi masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar masalasi ijtimoiy hayotda har doim muhim va murakkab masala bo’lib kelgan. Binobarin, uning zamirida shaxsning huquqi, demokratiya, adolatparvarlik va insonparvarlik kabi katta ijtimoiy, siyosiy, huquqiy va axloqiy tushunchalar yotadi. Vijdon erkinligi kishilarning ruhiy olamiga, uning sog’lom va barkamolligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Shu bois bu masalaning ijtimoiy hayotdagi o’rni va bajaradigan vazifalari g’oyat muhim. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ustavidan tortib barcha xalqaro hujjat va shartnomalarda, hamma mamlakatlarning konstitutsiya va qonunlarida vijdon erkinligi o’z ifodasini topgan.
Turli dunyoqarash, e’tiqodda bo’lgan kishilar o’rtasidagi, davlat bilan din, diniy tashkilotlar bilan davlat o’rtasidagi munosabatlarning amalda huquqiy ta’minlanishiga e’tibor qaratish zarur. Zero, odamlar doim turli dunyoqarash va e’tiqod bilan yashaganlar va yashaydilar. Har kimning o’z ichki dunyosi, o’z e’tiqodi bo’ladi.



Download 0,69 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Download 0,69 Mb.