• Muammoli vaziyat va uning ahamiyati . Hissiy darajadagi bilimning shakllari
  • Mavzu: hissiy, empirik, nazariy, mantiqiy va intuitiv bilish darajalarining o'zaro aloqasi va farqi




    Download 27,15 Kb.
    bet1/8
    Sana19.01.2024
    Hajmi27,15 Kb.
    #140689
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Mavzu hissiy, empirik, nazariy, mantiqiy va intuitiv bilish dar


    MAVZU: hissiy, empirik, nazariy, mantiqiy va intuitiv bilish darajalarining o'zaro aloqasi va farqi


    Reja:

    1. Hissiy darajadagi bilimning shakllari.

    2. Empirik bilim va uning shakllari.

    3. Nazariy bilim darajasi va uning shakllari.

    4. Muammoli vaziyat va uning ahamiyati.


    Hissiy darajadagi bilimning shakllari. Sezgi a'zolari orqali olingan bilim – hissiy bilimlardir. Narsalarning xossalarini sezgi a'zolari sezish va idrok etish natijasida olingan bilim hissiy bilimdir. Masalan, inson uchayotgan samolyotni ko‘radi va buning nimaligini biladi.
    Sezgi. Bilish faoliyatida sezgi – narsalar ayrim xossalarining sezgi a'zolari orqali his qilingan oddiy obrazi, in'ikosi, nusxasi yoki o‘ziga xos surati dastlabki sezgi obrazi hisoblanadi. Masalan, aplesinda biz to‘q sariq rang, o‘ziga xos hid, ta'mni sezamiz. Chunki, sezgilar insondan tashqaridagi muhitda yuz berayotgan va uning sezgi a'zolariga ta'sir ko‘rsatayotgan jarayonlarda yuzaga keladi. Ovoz va yorug‘lik to‘lqinlari, mexanik bosim, kimyoviy ta'sir va hokazolar tashqi ta'sirlantiruvchilar hisoblanadi.
    Forobiy bilishning ikki shakli – hissiy va oqilona bilishni farqlaydi. Insonni tashqi dunyo bilan bog‘lovchi sezgilar roliga e'tiborni qaratar ekan, Forobiy ularni besh turga ajratadi. U sezgilarni bilimning asosiy manbai deb hisoblab, sezgilar faqat narsaning in'ikosi narsaning o‘ziga mos tushgan holda haqiqiy bo‘lishi mumkin1[121] deb ta'kidlaydi. Forobiyning bilishda va umuman hissiy idrok etishda sezgilarning roli haqidagi qarashlari Aristotelning «sezmaydigan odam hyech narsani bilmaydi va tushunmaydi», degan fikriga juda o‘xshash.
    Sezishning ko‘rish, eshitish, tebranish, paypaslash, ob-havo, og‘riq, muvozanat va tezlashishni his etish, hid, ta'm bilish kabi umumiy organik turlari farqlanadi. Sezgilarning har bir shakli o‘zining ayrim ko‘rinishi orqali materiya harakatining mazkur shakli va turi, masalan, elektromagnit, ovozli tebranishlar, kimyoviy ta'sirlar va hokazolarning umumiy xossalarini aks ettiradi.
    Sezgi – ob'ektiv dunyoning sub'ektiv obrazi, degan tamoyil sifatlarni birlamchi va ikkilamchiga mexanik tarzda ajratishga qarshi yo‘nalgan. Bu nuqtai nazardan birlamchi sifatlar (shakl, hajm va h.k.) narsalarning ob'ektiv mavjud xususiyatlari in'ikosi hisoblanadi, ikkilamchi sifatlar (rang, ovoz va h.k.) sof sub'ektiv xususiyat kasb etadi.
    Bu yerda masalaning ikki tomonini: sezgilar manbasi nimaligi va ularning psixofiziologik mexanizmi qandayligini farqlash lozim.
    Idrok. Sezgi a'zolariga bevosita ta'sir ko‘rsatuvchi predmetlar, ularning xossalari va munosabatlarini aks ettiruvchi yaxlit obrazni idrok etish deb ataladi. Insonning idrok etishi narsalar, ularning xossalari va munosabatlarini tushunish va anglab yetishni o‘z ichiga oladi. Bunda inson o‘zining har bir yangi taassurotini mavjud bilimlar tizimiga kiritadi. Sezish va idrok etish inson tashqi dunyoga amaliy ta'sir ko‘rsatishi jarayonida, mehnatda, sezgi a'zolari faol ishlashi natijasida amalga oshadi va rivojlanadi; masalan, harakatsiz ko‘z narsalar rangini farqlashga qodir emas.
    Shunday qilib, biz haqiqatga eltuvchi yo‘l naqadar og‘ir ekanligini ko‘ramiz: u amalda jonning barcha kuchlari – xotira, iroda, tasavvur, intuitsiya va aqlning bor kuchini ishga solishni nazarda tutadi. Masalan, xotirani olaylik. Bilish haqida xotirasiz fikr yuritish mumkinmi? Albatta, yo‘q: xotirasiz jon – baliqsiz to‘r degan gap. Bu ajoyib hodisasiz bilishni tasavvur qilish mumkin emas.
    Sezish va idrok etish jarayonlari o‘zidan keyin miyada «iz» qoldiradi. Bu izlarning mohiyati insonga ayni lahzada ta'sir ko‘rsatmayotgan narsalarning obrazlarini gavdalantirish qobiliyatidan va iborat.
    Xotira o‘tmish va hozirgi zamonni birlashtiradi, ularning bir-biriga o‘tishini ta'minlaydi. “Tovushlar va so‘zlar soni ko‘paygandan keyin, odamga uning xotirasi yordamga keladi... Yozuv ham xotira bilan birga inson imkoniyatlarini oshiradi”2[123]. Agar obrazlar miyada unga predmet ta'sir ko‘rsatgan paytda paydo bo‘lib, bu ta'sir to‘xtaganidan keyin darhol g‘oyib bo‘lganida, inson narsalarni har safar mutlaqo notanish narsalar sifatida qabul qilgan, u mazkur narsalarni tanimagan, demak, ularni anglamagan bo‘lar edi. Biror narsani anglash uchun aqlning ishlashi – hozirgi holatni oldingi holat bilan taqqoslashi talab etiladi. Tashqi ta'sirlarning idrok etilishi va ularning vaqtda saqlanishi natijasida xotirada tasavvurlar uyg‘onadi.

    Download 27,15 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 27,15 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: hissiy, empirik, nazariy, mantiqiy va intuitiv bilish darajalarining o'zaro aloqasi va farqi

    Download 27,15 Kb.