• Dinlar tasnifi.
  • Dinshunoslik




    Download 0,69 Mb.
    bet7/75
    Sana12.12.2023
    Hajmi0,69 Mb.
    #117499
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   75
    Bog'liq
    Dinshunoslik maruza

    3 –masala bayoni. Dinshunoslik dinning vujudga kelishi va saqlanib turishi uning uch ildizi bilan bog‘liq ekanligini ta’kidlaydi. Bular ijtimoiy, gnoseologik va psixologik ildizlar.
    Dinning ijtimoiy ildizlari dindorlarning kundalik hayotida, ularning ustidan o‘z hukmronligini o‘rnatgan, o‘tkazayotgan moddiy va ma’naviy munosabatlardir. Bular orasida moddiy ya’ni iqtisodiy ildizlar hal etuvchi rol o‘ynaydi.
    Dinning gnoseologik ildizlari real olamni dinlar ta’limoti nuqtai nazaridan in’ikos ettiradigan diniy tasavvur, tushuncha, g‘oya va hokazolarning vujudga kelishiga imkon tug‘diradigan bilish jarayoniga xos jihatlardir. Bunda tabiat hodisalari sabablari mohiyatini bilmaslik oqibatida, ular jonlantiriladi, ularda qandaydir g‘ayri-tabiiylik bor deb qaraladi.
    Dinning psixologik ildizlari inson, ijtimoiy guruh va dinga ishonuvchi kishining psixik xolatlari, ahvoli, ruhiyati va hissiyotida yuz beradigan psixik jarayonlardir.
    Dinning shaxsiy psixologik va ijtimoiy psixologik ildizlari mavjud. Shaxsiy musibat, kulfat, azob va uqubat, g‘am-alam, o‘lim dahshati, yolg‘izlik kechinmalari va ruhan ezilish va boshqalar. Ijtimoiy psixologik ildizga ayrim guruh va jamoa psixologiyasiga xos yoppasiga qo‘rquv, vahima, iztirob va sovuq xabarlar, zararli urf-odatlar ta’siri va boshqalar kiradi4.
    Din insonning ishonchli hamrohi, odamzot hayotining bir qismi bo‘lib kelgan. Unga turli davrda turlicha munosabatda bo‘lingan. Dinni jamiyatning hukmron kuchlari davlat siyosati darajasiga ko‘targan yoki Din hamda dindorlarni ayovsiz ta’qib ostiga olgan hollar tarixda ko‘p uchraydi. Yaqin o‘tmishda – sho‘rolar davrida Dinni kamsitish va unga qarshi kurash siyosati olib borildi.
    O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, Din madaniy-ma’naviy omillar umumiy silsilasiga kiruvchi teng huquqli qadriyat sifatida tan olindi va Dinga to‘la erkinlik berildi. Diniy jamoalar, tashkilotlarga qonun doirasida ochiq va daxlsiz faoliyat ko‘rsatish imkoniyati yaratildi. O‘zbekiston aholisining asosiy qismi islom diniga, yevropalik aholi xristianlikning pravoslavie mazhabiga e’tiqod qiladi. Ular bilan bir qatorda katolik, protestant, boshqa mazhab (jami 15 dan ortiq konfessiya) vakillari yashaydi. Ular vatan mustaqilligini mustakamlash, siyosiy-ijtimoiy barqarorlash, ta’minlash yo‘lida faoliyat yuritmoqdalar.
    O‘zbekiston dunyoviy davlat bo‘lib, Din davlatdan ajratilgan. Vijdon erkinligining kafolatlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida” gi qonunda (1998) bayon etilgan. O‘zbekistonda Din va diniy dunyoqarash dunyoviy turmush tarzi, dunyoviy fikr bilan yonma-yon rivojlanib kelmoqda.
    Dinlar tasnifi.Kishilar turmush tarzidagi va jamiyat hayotidagi o‘zgarishlar insoniyatning diniy ishonch, e’tiqod haqida ham ma’lum evolyusiyaning yuz berishiga sabab bo‘lgan. Ana shu asosda turli din shakllari yuzaga kelgan. Bular urug‘-qabilachilik (ibtidoiy) dinlari, milliy dinlar va jahon dinlari. Shu bilan birga dinlar mazmun va mohiyatiga ko‘ra politeistik (ko‘p xudolik) va monoteistik (yakka xudolik) dinlariga ham bo‘linishini qayd etish lozim.
    Xozirda jaxon dinlari bo‘lmish Zardo‘shtiylikka sayyoramiz axolisining 130 mingga yaqini, Buddaviylikka 800 million, Xristianlikka 2 milliard, Islomga 1,6 milliardi e’tiqod qilishi rasmiy ma’lumotnomalarda qayd etilgan.
    Dinshunoslik nuqtai nazaridan din shakllarini quyidagicha tasniflash va ularni shu tartib asosida o‘rganish maqsadga muvofiq.
    Xozirgi kunda din tipologiyasida dinlarning quyidagi tasniflari (klassifikatsiyasi) mavjud:

    • Tarixiy geografik jihatga ko’ra turlari

    • Etnik jihatga ko’ra turlari

    • E’tiqod qiluvchilar soniga ko’ra turlari

    • Hozirgi davrda mavjudligi jihatidan (tirik va o’lik diniy tizimlar) va h.k.

    Ularning har birini izohlab chiqamiz,



    Download 0,69 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   75




    Download 0,69 Mb.