|
Psixologiyaning tadqiqot metodlari va tarmoqlari
|
bet | 1/10 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 116,61 Kb. | | #111066 |
Bog'liq PSIXOLOGIYANING TADQIQOT METODLARI
PSIXOLOGIYANING TADQIQOT METODLARI VA TARMOQLARI
Reja:
1. Psixologiyaning tuzilishi, psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o‘rni.
2. Psixologiya sohasida ilmiy tekshirish olib borishning o‘ziga xosligi.
3. Psixologiyaning asosiy tamoyillari
4. Psixologiyaning tadqiqot metodlari
Psixologiya yaxlit va mustaqil fan sifatida odamlarda gumanistik mentalitetning shakllanishiga xizmat qilib, inson omiliga aloqadorligi uning shu yo‘nalishdagi muammolarni ma’lum ma’noda o‘rganadigan barcha fanlar bilan bevosita aloqasini taqazo etadi. Bular birinchi navbatda ijtimoiy-gumanitar fan sohalari bo‘lib, psixologiyaning ular orasidagi mavqei o‘ziga xos va etakchidir.
Falsafa va uning oxirgi paytlarda shakllanib, rivojlanib borayotgan ijtimoiy falsafa qismi bilan bo‘lgan aloqa bu ikkala fanning inson va uning hayoti mohiyatini to‘la anglash va uning rivojlanib borish tendensiyalarini belgilashdagi o‘rni va ahamiyatidan kelib chiqadi. Tabiat, jamiyat va inson tafakkurining rivojlanishiga oid bo‘lgan umumiy qonuniyatlar va tamoyillarni psixologiya falsafaning bazasidan oladi va shu bilan birga o‘zi ham inson ongi va tafakkuri qonuniyatlari sohasidagi yutuqlari bilan falsafani boy ma’lumotlarga ega bo‘lishiga yordam beradi. SHuni alohida ta’kidlash joizki, mustaqillik mafkurasi va milliy ongning shakllanishiga taalluqli umumiy ilmiy qonuniyatlarni izlashda ham yurtimiz sharoitida bu ikkala fan - falsafa va psixologiyaning hamkorligi bevosita sezilmoqda. Bu bog‘liqlik avvalo yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantirish muammosi ko‘ndalang turgan tarixiy davrda milliy mafkura va milliy g‘oyani shakllantirish kabi dolzarb vazifani bajarishga xizmat qilmoqda.
Sotsiologiya fani ham yangicha ijtimoiy munosabatlar sharoitida o‘z taraqqiyotining muhim bosqichiga o‘tgan ekan, psixologiya ushbu fan erishgan yutuqlardan ham foydalanadi, ham ularning ko‘lami kengayishiga baholi qudrat xizmat qiladi. Ayniqsa, psixologiyadan mustaqil ravishda ajralib chiqqan, bugungi taraqqiyot davrimizda alohida ahamiyat kasb etgan ijtimoiy psixologiyaning sotsiologiya bilan aloqasi uzviy bo‘lib, ular jamiyatda ijtimoiy taraqqiyot va rivojlanishni ta’minlash ishiga xizmat qiladilar. Qolaversa, huquqiy, demokratik davlat qurish ishini sobitqadamlik bilan amalga oshirayotgan
Pedagogika bilan psixologiyaning o‘zaro hamkorligi va aloqasi an’anaviy va azaliy bo‘lib, ularning yosh avlod tarbiyasini zamon talablari ruhida amalga oshirishdagi roli va nufuzi o‘ziga xosdir. Respublikamizda amalga oshirilayotgan «Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun» hamda «Kadrlar tayyorlashning Milliy Dasturi»ni amalga oshirish ham ikki fan hamkorligi va o‘zaro aloqasini har qachongidan ham dolzarb qilib qo‘ydi. Milliy dasturda e’tirof etilgan yangicha modeldagi shaxsni kamol toptirish, uning chuqur bilimlar sohibi bo‘lib etishishi, barkamolligini kafolatlovchi shart - sharoitlar orasida yangi pedagogik texnologiyalarini ta’lim va tarbiya jarayonlariga tadbiq etishda pedagogikaning o‘z uslub va qoidalari etarli bo‘lmaydi. SHuning uchun ham psixologiya u bilan hamkorlikda yosh avlod ongining ta’lim olish davrlaridagi rivojlanish tendensiyalaridan tortib, toki yangicha o‘qitish texnologiyalarini bola tomonidan o‘zlashtirilishi va undagi aqliy hamda intellektual qobiliyatlarga nechoglik ta’sir ko‘rsatayotganligini o‘rganish va shu asosda ishni tashkil etish psixologiyadagi metodlarni didaktik metodlar bilan uyg‘unlashtirishni taqozo etadi.
|
| |