|
Psixologiyaning tadqiqot metodlari va tarmoqlari
|
bet | 4/10 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 116,61 Kb. | | #111066 |
Bog'liq PSIXOLOGIYANING TADQIQOT METODLARIPsixologiya tarmoqlari
Psixologiya fani qanday sohaga taluqligi bilan bir necha guruhlarga bo’linib ketadi. Biz buni birinchi bo’lib nazariy va amaliy psixologiya deb ataluvchi ikki katta guruhga bo’lamiz.
Nazariy psixologiya bizlarga fundament bo’lib hizmat qiluvchi asosiy qonun qoidalarni va psixologik teoriyalar va prinsiplarni o’rgatadi. Bu bizlarga juda hilma xil analizlash, baholash, modifikatsiya qilish va hususiyatlarni rivojlantirish metodlari va texnikalarini o’rgatadi.
Yuqorida takidlab o’tilgan nazariy va amaliy psixologiyalar ham turli tarmoqlarga bo’linib ketgan. Kelinglar birinchi bo’lib nazariy psixologiyanign tarmoqlarini ko’riib chiqamiz:
1. Umumiy psixologiya – normal odamlar xarakterlarini o’rganishga bog’liq bo’lgan asosiy fundament vazifasini o’tovchi qonun – qoidalar, teoralar va prinsiplarni o’rganadi;
2. Psixopatologiya – Ruhiya kasalliklarning kelib chiqish sababini, tasir darajasini o’rganuvchi va uni davolash yo’llarini izlovchi psixologiya bo’limidir.
3. Ijtiomoiy psixologiya – kishilarning ijtimoiy guruhlarga birlashishini, guruhiy tavsifni, shaxsning ruxiy faoliyati va xulq – atvorini, ijtiomoiy psixologik qonuniyatlarni, holatlar, hodisalar, ularning qiziqishlarini, nimani yoqtirishi va yoqtirmasligini kabilarni o’rganuvchi va tushuntirib beruvchi psixologiya sohasidir
4. Ekspirimental psixologiya – psixik jarayonlar va hodisalarni ilmiy metodlar yordamida labaratoriyalarda ularni o’rganuvchi psixologiya bo’limi. Bu ekspirimentlar asosan hayvonlarda va qushlarda, so’ngra ixtiyorga qarab odamlarda amalga oshiriladi.
5. Fizologik psixologiya – psixologiyaning bu bo’limi hatti harakatlarning fizologik va biologik asoslarini o’rganadi. Atrof muhit, tananing fizologik tuzilishi, miya ishi, nerv sistemalari va ularning ishlash faoliyati va shunga oxshash boshqalar bu bo’limning asosiy predmetlaridir.
6. Para – psixologiya – qo’shimcha sezgi turlari, qayta tug’ilish asoslari, telepatiya va o’zga sayyoraliklar haqidagi muomolarga javob izlaydi
7. Geo – psixologiya – landshaft, tuproq, havo o’zgarishlarining tabiatga aloqador tamonlarini o’rganuvchi psixologiya bo’limi.
8. Rivojlanish psixologiyasi – psixologiyaning bu bo’limi induvid tug’ilganidan boshlab to o’guniga qadar davom etadigan jarayonlarda yuzaga keladigan o’zgarishlarni organadi. Psixologiyaning bu bo’limi o’z navbatida bolalar psixologiyasi, o’rta yoshlilar psixologiyasi va katta yoshlilar psixologiyasi kabi tarmoqlarga bo’linib ketadi.
Psixikani o‘rganish qator boshlang‘ich boshqaruv nizomlariga asoslangan tamoyillarga tayanadi, bu tamoyillar tadqiq etilayotgan ob’ektni mazmunli bayon etish, tajriba ma’lumotlariga ega bo‘lish muolajalarini rejalashtirish, ularni umumlashtirib, izohlash, shuningdek, ilmiy farazlarni ilgari surib, ularni tekshirish imkonini beradi.
Psixologiyaning asosiy metodli tamoyillari sifatida quyidagilar ko‘rsatilgan:
1. Determinizm tamoyili. Bu tamoyilga asosan, barcha mavjudliklar ma’lum sabab, qonuniyatga ko‘ra paydo bo‘ladi, o‘zgaradi va nobud bo‘ladi. Psixologik tadqiqotda psixika hayot tarzidan kelib chiqib, mavjudlikning turli tashqi sharoitlari ta’sirida o‘zgarishini bildiradi.
Hayvonlar psixikasi haqida so‘z yuritilganda, uning rivojlanishi biologik qonun sifatidagi tabiiy tanlanish bilan belgilanishini ta’kidlash lozim. Odam psixikasini oladigan bo‘lsak, inson ongi kelib chiqishining shakllari va rivojlanishi oxir-oqibat hayot uchun zarur moddiy vositalarni ishlab chiqish usulining rivojlanish qonunlari bilan belgilanadi. Determinizm tamoyilidan kelib chiquvchi xulosa sifatida inson ongining ijtimoiy-tarixiy xususiyatini tushunish xizmat qiladi.
2. Ong va faoliyat birligi tamoyili. Ong va faoliyat uzviy birlikni tashkil etadi, lekin ular bir-biriga aynan o‘xshash emas. ong faoliyat jarayonida uning ichki rejasini, dasturini hosil qilgan holda shakllanadi. aynan, ongda voqelikning harakatchan ko‘rinishlari yuzaga keladi, ular yordamida inson atrof muhitda o‘z yo‘nalishini aniqlay oladi.
Ong va faoliyatning birligi tamoyili ruhshunoslarga hulq-atvor, faoliyatni o‘rgangan holda, samarali maqsadga muvofiq harakatlarning ichki psixologik mexanizmlarini aniqlash, ya’ni, psixikaning ob’ektiv qonuniyatlarini ochib berish imkonini beradi.
3. Psixika va ongning faoliyatda rivojlanish tamoyili. Ushbu tamoyil psixika haqida uning faoliyat jarayoni va natijasi sifatida uzluksiz rivojlanishda ko‘rib chiqilgandagina to‘g‘ri tushuncha hosil bo‘lishini bildiradi.
Har bir psixik hodisaning tadqiq etilishi shu hodisaning aynan hozirgi vaqtga tegishli bo‘lgan xususiyatlarining ta’rifini, yuzaga kelish va shakllanish tarixini, shuningdek, rivojlanish istiqbollarini o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak.
Olimlar inson psixologiyasi va hulq-atvorini o‘rganishda ularni bir tomondan, organizmning biologik tuzilishi va faoliyati nuqtai nazaridan, ikkinchi tomondan, ijtimoiy rivojlanish qonunlari yordamida tushuntirib berishga harakat qiladilar.
|
| |