• Tayanch so’z va iboralar
  • 2-ma’ruza avtomobil yo‘li trassasini landshaftni hisobga olib loyihalash reja




    Download 7,66 Mb.
    bet1/6
    Sana15.02.2024
    Hajmi7,66 Mb.
    #157232
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    2-ma\'ruza (3)


    2-MA’RUZA
    AVTOMOBIL YO‘LI TRASSASINI LANDSHAFTNI HISOBGA OLIB LOYIHALASH
    Reja:
    1.Avtomobil yo‘llarini tabiiy landshaft bilan uyg‘unlashuv talablari.
    2.Haydovchining psixofiziologik holati, landshaft loyihalashning muammolari.
    3.Cho’l landshafti.
    4.Sug’oriladigan hudud landshafti.
    Tayanch so’z va iboralar: tabiiy landshaft, cho’l landshafti, sug’oriladigan hudud landshafti, yo‘lni landshaft loyihalash, kompozitsion markaz, “landshaft hududi”, “arxitekturali hovuz”
    1. Avtomobil yo‘llarini tabiiy landshaft bilan uyg‘unlashuv talablari.
    Inson inshootlarni qurilishi va o‘zining ishlash faoliyati davomida, landshaftni inshootlar bilan garmonik uyg‘unlashuvini yaxshilashi va aksincha yomonlashuviga olib kelishi mumkin. Relefning bir tekis o‘zgaruvchi shaklini hisobga olmasdan o‘tkazilgan yo‘l, trassa va yon qiyalik tekisligi, shuningdek yo‘l poyining to‘g‘ri geometrik shakli sun’iy va qo‘pol ravishda landshaftni buzib, uni begona tana kabi ko‘rsatishi mumkin.
    Trassani o‘tishida landshaft elementi bilan uyg‘un bo‘lmagan uchastkalarga misol qilib tepaliklarni mayda o‘ymalar bilan kesib o‘tuvchi, bo‘ylama qiyaligi doimiy bo‘lgan yoki o‘rmon massivlarini uzun to‘g‘ri qilib o‘tkazilgan uchastkalarni ko‘rsatishi mumkin. To‘g‘ri chiziqli loyihalangan yo‘lga qo‘shimcha elementlar kiritib landshaftni yaxshilash va har xil ko‘rinish berish mumkin, agar bu elementlar amaldagi landshaft bilan uyg‘unlashgan yangi elementlar bo‘lsa. Misol tariqasida chuqur vodiylarni kesib o‘tuvchi chiroyli ko‘priklarni ko‘rsatish mumkin. Bir xil ko‘rinishga ega bo‘lgan tumanlarda o‘simliklar ekib, ko‘kalamlashtirilgan qirg‘oqli suv havzalari qurib uni jonlashtirish maqsadga muvofiqdir.
    Landshaft bilan juda yaxshi uyg‘unlashgan yo‘lni loyihalash – yo‘lni landshaft loyihalash – bir nechta birgalikda yechiladigan masalani qamrab oladi:

    • yuqori tezlikdagi avtomobillarni qulay va havfsiz harakatini ta’minlash uchun trassa elementlarini o‘zaro bir tekis uygunlashtirish, trassani o‘tish suyur fazoviy chiziq kabi bo‘lishi;

    • harakatlanish davomida haydovchi kutilmagan yo‘l sharoiti bilan to‘qnashmasligi uchun, yo‘l uchastkasini ko‘rish masofasini ta’minlash, o‘z vaqtida yo‘nalishni o‘zgartirish uchun ogohlantirishni ta’minlab, kerakli darajada uzun masofadagi yo‘lning yo‘nalishida aniqlikni ta’minlash;

    • perspektivada ayrim uchastkalarni ko‘rishini ta’minlash uchun haydovchi tomonidan qabul qilingan asoslanmagan juda qiya trassaning sinishlarini bo‘lishligi;

    • tabiatni chiroyini yanada ochish uchun yo‘l va uning hamma elementlarini garmonik uyg‘unlashtirish, mexmonnavo joylarga etiborini jalb etgan holda yo‘lning buzilishini oldini olish;

    • joylardagi aholi, yo‘l mintaqasidagi o‘simliklar va hayvonot dunyosiga yo‘l va avtomobil harakatini yomon ta’sirini kamaytirish;

    • yo‘lda ko‘rinishi mumkin bo‘lgan yo‘lakchani tabiiy landshaftini daraxtlar va butalar ekish, rejalashtirilgan va qurituvchi ishlar, suv havzalarini yaratish, uni ayrim uchastkalarini yanada ochish yoki maskirovka qilish, to‘xtab turish yoki dam olish uchun joylarni jihozlash, avtomobil yo‘llaridan foydalanish davrida yo‘l polosasini ifloslantirishini oldini olish uchun tadbirlar qo‘llash bilan to‘ldirish va yaxshilash.


    Download 7,66 Mb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 7,66 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-ma’ruza avtomobil yo‘li trassasini landshaftni hisobga olib loyihalash reja

    Download 7,66 Mb.