Haydovchining psixofiziologik holati, landshaft loyihalashning muammolari




Download 7,66 Mb.
bet3/6
Sana15.02.2024
Hajmi7,66 Mb.
#157232
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-ma\'ruza (3)

2.Haydovchining psixofiziologik holati, landshaft loyihalashning muammolari.
avtomobillarning hisoblangan harakatini e’tiborga olish kerak. Tezlik qancha katta bo`lsa alohida yoki to`p qilib daraxt ekishning o`rniga katta daraxtzorlar qilish to`g‘ri bo`ladi, shunda daraxtlar ko`z oldidan lipillab o`tmaydi, yo`l chetini saqlash yengil bo`ladi. Uzun, bir xil ekinning o`rniga daraxtlarni guruh qilib ekish to`g‘ri bo`ladi. Kichik daraxtlar guruhiga qo`shimcha daraxtlar ekilishi, qalin butalarni esa siyraklashtirib, yo`ldan manzara yoki imoratlar ko`rinadigan qilish mumkin, noxush ko`rinishni berkitish uchun daraxt ekish, bezatish ishlarini bajarsa bo`ladi.






2.2-rasm. Yer yuzasiga parallel o‘tkazilgan yo‘lning holati:
a – avtomobil magistrali; b – ajratuvchi yo‘lakchasiz yo‘l
Yo`ldan ko`rinadigan manzara o`rmon joylarining bir xilligini buzadigan dominantga aylanadi. Loyihadagi bunday ishlar asoslangan bo`lishi kerak. Shu munosabat bilan muhandislik psixologiyasidagi ma’lum bir qoidani e’tiborga olish kerak, ya’ni yangi signalni idrok qilish vaqti (cheklanmagan sharoitdagi reaksiya vaqti) 3 sekund bo`ladi, 4 sekund qaraganidan so`ng qarovchida betoqatlik alomatlari paydo bo`ladi. O`rtacha idrok qilish vaqtini 3,5 sekund deb olaylik, ekinzorlar, binolar uzilgan joydagi oraliqni ko`rish 3,5 sekunddan oshmaydi deb hisoblaymiz. Shunda uzilgan joylarning chegaraviy (hisoblanadigan) uzunligi (metrda) son jihatidan (kilometrdagi) lr = υr harakat tezligiga teng bo`ladi.
Yo‘lda ketayotib haydovchi va yo‘lovchilar to‘xtovsiz o‘zgaruvchi kartinani kuzatadilar. Yo‘lni landshaft bilan uyg‘unlashuvi ayrim uchastkalar atrofida amalga oshiriladi. Uning chegarasi yo‘lning eng baland nuqtasidan ko‘rinuvchi ko‘rinish masofasi bilan belgilanadi.
Yo‘lga yondashuvchi va avtomobildan ko‘rinib turuvchi joy uchastkasi landashaft alomatini tavsiflaydi va «landshaft hududi» (P.Ya.Dzenis va V.R.Reynfeld bo‘yicha) yoki «arxitekturali hovuz» (prf. N.V.Ornatskiy atamasi bo‘yicha).
Arxitekturali hovuz «harakatsiz» va «harakatli» chegaraga ega bo‘lishi mumkin. Harakatsiz chegaralar relefni chegaralangan siniq chiziqli ko‘rish masofasi, o‘rmonlar va boshqalar orqali hosil bo‘ladi. Bu holatda arxitekturali hovuzning almashinuvi ularni chegarasini kesib o‘tganda birdan kutilmaganda bo‘ladi. Harakatli chegaralar ochiq va bo‘sh kesishadigan tumanlarda, ya’ni chegarasi gorizont chizig‘i bilan aniqlanadi, uni chegarasi gorizont chizig‘i bo‘lib, yo‘l bo‘ylab harakatlanadi. Atrof manzara bir xil ko‘rinishda monotonna o‘zgaradi. Bu odatda haydovchi va yo‘lovchiga horg‘in holat beradi. Hovuzlarni harakatchang chegarasida alohida e’tibor qaratiladigani ayrim inshootlar yoki landshaftning elementi bo‘lib hisoblanuvchi «o‘ziga qaratuvchi ko‘rish ta’siri» bo‘ladi. Bunday holatlarda loyihalovchiga arxitekturali havzaning chegarasini sun’iy shakllanishida faollashuvi ko‘kalamlashtirish yoki arxitektura vositalarini yo‘l transport-foydalanish sifatini samarali oshirish imkonini beradi.
Har bir arxitekturali havzada boshqa yo‘l landshaft elementlaridan ajralib turuvchi va havzaga o‘ziga xos va individuallik beruvchi kompozitsionli markaz bo‘lishi kerak. Kompozitsion markaz bo‘lib landshaft elementi hizmat qilishi mumkin, bu holatda yo‘l unga bo‘ysinuvchi bo‘lishi kerak, shuningdek u bilan muvofiqlashib e’tiborni chalg‘itmasligi kerak, bu elementlar – aholi punktlari, ayrim daraxtzorlar, tepaliklar, suv yuzasi, shuningdek yo‘lning o‘zida yaratiladigan yo‘l cheti binolar kompleksi, tog‘ yo‘llaridagi inshootlar, ko‘prikli o‘tish joyi, dam olish maydonchalari dekarativ o‘simliklarni guruhi bo‘lishi mumkin. Arxitekturali hovuzning uzunligi 3-5 minutli yo‘lga yoki 5 km dan 15 km gacha bo‘lishi kerak. Bitta yo‘ldagi albatta arxitekturali havza boshqasi bilan juda ham farqlanishi kerak.

Download 7,66 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 7,66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Haydovchining psixofiziologik holati, landshaft loyihalashning muammolari

Download 7,66 Mb.