|
2-ma’ruza avtomobil yo‘li trassasini landshaftni hisobga olib loyihalash reja
|
bet | 6/6 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 7,66 Mb. | | #157232 |
Bog'liq 2-ma\'ruza (3)Tepali joylar relefni yirik elementi hisoblanadi. Bir tomondan tepali joylarda uzun to‘g‘rilar bilan yo‘lni trassalash, kerakli qiyalikni miqdorini ta’minlash uchun, keraksiz miqdorda katta hajmda ish bajarib landshaft shaklini buzilishiga olib keladi, ikkinchi tomondan o‘rab o‘tuvchi usul bilan o‘tish, doimiy bir xil ishchi belgi loyihalash yo‘ldan foydalanish davrida ko‘tarilish va pastga tushuvchi bo‘ylama kesimni loyihalashga olib keladi, bu vertikal kichik radiusli kam ta’minlangan ko‘rish masofasini loyihalashga olib keladi.
|
|
2.12-rasm. Yo‘l yoqasidagi suv ombori
|
2.13-rasm. Tepali landshaftlarda trassani o‘tkazish
|
Eng ma’quli relef elementi bilan uyg‘unlashgan va landashaftni yirik elementlari orasidagi o‘tish hududida joylashgan trassani bir tekis o‘zgaruvchi egri chiziq bilan o‘tish bo‘ladi (2.13-rasm).
Relef elementini kesib o‘tish joyning geologik tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi. Umumiy holatlarni saqlab qolgan holda tepalik tumanlarda avtomobil trassasini elementlarini joylashtirish va uyg‘unlashtirish har xil joylarda egrini radiusini miqdori va ularni o‘zaro bog‘liqligini tavsifi bilan farq qilishi mumkin. Shuning uchun har bir aniq holatda trassani muqobil o‘tkazish, har bir landshaft strukturasi qonuniyatini chuqur tahlil qilib o‘tkazishni talab qiladi.
Tepali joylarda yo‘lning bo‘ylama qiyaligi va rejadagi egrini u‘yg‘unlashtirish natijasida katta masofada ko‘rish hududini ta’minlash mumkin, ayniqsa suv ayrig‘ichlarda pastga tushishda va ko‘tarilishda suv oqimlarini kesib o‘tishda. Shu bilan birgalikda relefni murakkabligi reja, bo‘ylama va ko‘ndalang kesimlarning elementlarini o‘zaro uyg‘unlashuviga juda yuqori talablarni qo‘yadi. Landshaft elementlarini bunday uyg‘unlashuvi ko‘zga yaqqol tashlanadi.
Trassani bir xil deb hisoblash mumkin, agar uni to‘g‘ri va egri uchastkalari bir biridan farq qiluvchi, bir biriga bog‘liq bo‘lmagan elementlar ko‘rinishida bo‘lmasa. Agar yo‘lning egri chiziqli va to‘g‘ri chiziqli uchastkalarini miqdori 30-50% bo‘lsa, trassaning eng bir xilligi ta’minlangan bo‘ladi.
Tepalik joylarda yo‘lni trassalashda asosiy qiyinchilik relefning asosiy shaklini aniqlash, ikkinchi darajali elementlar bilan ovora bo‘lmaslik kerak. Trassa iloji boricha minimal miqdorda katta radiusli yotiq egrilardan iborat bo‘lishi kerak.
Yo‘lning darajasi qancha yuqori bo‘lib yo‘l poyini eni keng bo‘lsa, shuncha yo‘l relefni yirik elementlari bilan bog‘lanishi kerak. Bu keng yo‘l poyida trassani suyurligini ta’minlash uchun katta radiusli egrilardan foydalanish kerakligiga, tor yo‘l poyiga nisbatan bog‘liq bo‘ladi. Uncha katta bo‘lmagan chuqurliklar va tepaliklarni qiyaligini tekislash ishlari natijasida yo‘l poyi yon qiyaligini joy atrofi bilan uyg‘unlashtiradi.
Tepaliklarni to‘g‘ridan to‘g‘ri, «peshonaga» kesib o‘tish taklif qilinmaydi (2.14, a va b - rasm). Agar o‘yma cho‘qqini qiya kesib o‘tsa (2.14, v – rasm) yoki uni yarim ko‘tarma-yarim o‘yma bilan almashtirish mumkin bo‘lsa (2.14, g - rasm), tepaliklardagi chiroyli bo‘lmagan kesimlar kam ko‘zga tashlanadi.
Tepalik joylarda yo‘lni trassalashda uni rejasi va bo‘ylama kesimini bitta suyur fazoviy chiziq sifatida loyihalash juda muhim va qiyin vazifa bo‘ladi. Relefni elementi hech qachon to‘g‘ri geometrik ko‘rinishga ega bo‘lmaydi. Unga ko‘pincha o‘zgaruvchan egrilar mos bo‘ladi. Shuning uchun faqat to‘g‘ri va aylana egrini uyg‘unlashtirish yo‘l trassasini landshaft bilan to‘liq uyg‘unlashuvini ta’minlay olmaydi. Aylanali egrini to‘g‘ri bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri birlashtirish yaramaydi, shuning uchun egriga o‘tuvchini loyihalash kerak bo‘ladi. U yo‘lni relefda uyg‘unlashgan holda joyni ko‘rinishiga moslab loyihalash imkonini beradi (2.15-rasm).
|
|
2.14-rasm. Tepalikni yonini o‘yma bilan o‘tish. a va b – chuqur o‘ymalardan ko‘rinuvchi xolat v – o‘ymani egrida
“bekitish” g – o‘ymani yarim ko‘tarma-yarim o‘yma bilan almashtirish.
|
2.15-rasm. O‘tuvchi egrilar.
|
Trassani landshaft bilan uyg‘unlashuvida va yo‘llarni dinamik va tomoshobin uyg‘unliligiga erishuvida yaxshi ta’siri bo‘lgani uchun o‘tuvchi egrilar kichik radiusli egrilarni qo‘shimcha elementi sifatidan to‘g‘ri va egrilar kabi trassani mustaqil elementi bo‘lib shakllanadi.
Egri chiziqli trassalar yo‘lning to‘g‘ri chiziqli uchastkasiga nisbatan quyidagi ustun tomonlariga ega:
katta radiusli egrilarda, haydovchilar to‘g‘riga nisbatan quvib o‘tish sharoitini yaxshiga baholaydilar;
qarshidan kelayotgan avtomobilning tezligini baholash sharoiti yaxshilanadi,
egrilarda haydovchilar qarshidan kelayotgan avtomobilning chirog‘idan ko‘r bo‘lish havfiga kamroq uchraydilar;
Egrida harakatlanayotgan haydovchi landshaftni elementini va manzaralarni anig‘roq ko‘radilar, atrof muhitni ko‘rinishini o‘zgarishi haydovchilarni charchashini kamaytiradi;
Klotoidli trassani egriligi gruntlarni almashinib kelishi va geologik qatlamlanishini, shuningdek gidrogeologik sharoitini hisobga olish imkonini beradi. Trassa yoni yo‘lakchasidagi grunt-geologik ko‘ndalang kesimdan (litologik kesim) foydalanib trassani shunday qo‘rish mumkinki, bunda yo‘l poyiga bir xil turdagi turg‘un gruntlar to‘g‘ri kelsin, shuningdek yo‘l poyini kesib o‘tishda turg‘un bo‘lmagan ,bo‘shashuvchi yoki nurashga uchragan gruntlar ishlatilmasligi kerak.
Egri o‘tuvchi trassani loyihalanayotganda yo‘l landshaftga yaxshi mos keladi.
Relefi kuchli o‘zgaruvchi joylarda, ajratuvchi tasmali yo‘llarni tepalik yonbag‘irilarida loyihalash keng yo‘l poyini joylashtirish uchun katta hajmdagi ish bajarishni talab qiladi. Bu holatda yo‘l landshaftni ko‘rinishini buzib yaqqol ko‘rinib qoladi. Bu ayniqsa o‘rmon bilan qoplangan tepalik yon bag‘irida yaxshi bilinadi. Qatlamlashgan gruntni kesib yo‘l poyini o‘tkazishda ko‘chkilarni hosil bo‘lishiga olib keladi. Ratsional va samarali yechimlar qabul qilinadi, agar qatnov qismini har xil sathda “qatnov qismini zinasimon joylashuvi” joylashtirilsa, bu xolda qatnov qismini balandliklarini farqi 0,1 m ortiq bo‘lganida samaraliroq bo‘ladi.
Avtomobil magistrallarini qatnov qismini har xil sathda joylashtirish quyidagi ya
yo‘l chiroyliroq ko‘rinish oladi;
yo‘l poyini yon qiyaligi kamroq maydonga ega bo‘ladi, qatnov qismini bitta sathda joylashtirganga nisbatan kamroq yuviladi va o‘tlar tez o‘sadi;
ayrim xollarda va umuman qarshidan kelayotgan avtomobilni yoritkichlarini yorig‘ligidan haydovchini ko‘zini ko‘rmasligini oldini olish harakat havfsizligini sezilarli oshiradi;
tepaliklar bag‘irida yo‘l poyini turg‘unligi oshadi;
yer ishlarini hajmi kamayadi; tirgovich devorlar qurish kamayadi yoki ularni hajmi qisqaradi;
qatnov qismini har xil sathda zinasimon joylashuvi, tristli harakat bo‘lganda atrofni tomosha qilish imkonini oshiradi, bu samara balandliklar qancha katta bo‘lsa shuncha yaxshi bo‘ladi;
qatnov qismini har xil sathda zinasimon joylashuvi avtomobil yo‘lini relef bilan uyg‘unlashuvini yanada ham oshiradi.
Nazorat savollari:
1.Avtomobil yo‘li trassasini landshaftni hisobga olib loyihalash qanday bajariladi
2. Yo‘l elementlariga nimalar kiradi?
3. Landshaft loyihalashning asosiy maqsadi va vazifalari.
4.Avtomobil yo‘li elementlarini landshaft bilan uyg‘unlashuvi qanaday bajariladi?
|
| |