|
2-ma’ruza avtomobil yo‘li trassasini landshaftni hisobga olib loyihalash reja
|
bet | 4/6 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 7,66 Mb. | | #157232 |
Bog'liq 2-ma\'ruza (3)Tekis joylardagi trassalar. Tekis joylar deb, relefi juda ham kam o‘zgaradigan va balandlik belgisi uncha katta o‘zgarmaydigan joylarga aytiladi. Yo‘l o‘tkazish bo‘yicha tekislik landshaftini bir necha turi mavjud.
3.Cho’l landshafti
Cho‘l zonasiga nisbatan tekis bo‘lgan o‘rmonsiz, botqoqlashmagan va uncha suv to‘lmaydigan hududlar kiradi. Uning relefi uncha o‘zgarmaydi, elementlarini shakli bir tekis. Kerakli darajada uncha katta bo‘lmagan chuqurliklar tez-tez uchraydi. Yirik chuqurliklari ko‘llar bilan egallangan. Cho‘lli landshaft Akad. L.S.Bergni landshaft tumanlashtirishi bo‘yicha cho‘l va yarim cho‘l hududlariga ta’alluqlidir.
Cho‘lli hududlarda relef sharoiti yo‘l rejasi va kesimiga sezilarli chegara qo‘ymaydi, yo‘l uchun uncha katta bo‘lmagan ko‘tarmalardan o‘tish hosdir. Uni balandligi qorli qoplamani o‘rtacha ko‘p yillik balandligi bilan aniqlanadi. Yotiq qiyaliklarda bu ko‘tarmalar joy bilan yaxshi uyg‘unlashib ketadi.
Baland ko‘tarmalarning ayrim uchastkasi, masalan har xil sathda kesishish bo‘lganda, ochiq joyli fonda aniq ajralib turadi, kam holatlarda dekarativ ko‘kalamzorlashtirish bilan bekitilishi mumkin. Shuning uchun kesishishlarni imkoni boricha o‘simliklarga zarar tegmiydigan qilib o‘tkazish kerak.
Ko‘p holatlarda texnik tomondan uzunligi bir necha o‘n kilometr bo‘lgan to‘g‘ri uchastkalarni o‘tkazishga xalaqit beradigan to‘siqlar bo‘lmaydi. Ochiq tekis joylarda to‘g‘ri uchastkalar estetik tomonidan birorta to‘siqqa uchramaydi, chunki bu holatda yo‘lning to‘g‘riligi rel’ef shakli bilan mos keladi, shuningdek qishloq xo‘jalik landshafti bilan uyg‘unlashadi, ko‘pincha dala yoki qurituvchi, sug‘orish kanallari to‘g‘ri burchakni tashkil qiladi.
Avtomobilda yuk tashishni ortishi bilan uzun to‘g‘ri uchastkalarda avariyali holat oshadi, uchastkani uzunligi ortishi bilan tez tez avariyali holat ro‘y beradi. Uzun to‘g‘ri uchastkalarda yo‘l-transport xodisalarini ortishi bir qator omillarga bog‘liq. Ochiq joylarda, bir xil ko‘rinishdagi yo‘l yoqasi bo‘lganda (2.3-rasm), uzun to‘g‘ri uchastkalardagi harakat yuk avtomobilining haydovchisi uchun diqqatliroq bo‘lishni kamaytiradi, bu ko‘pincha uxlash yoki mudrashga olib keladi. Ayrim yengil avtomobillarni haydovchilari tezlik ustidan nazoratni yo‘qotadi, havfsizlik miqdoridan oshirib yuboradi.
2.3-rasm. Cho‘lli joylardagi bir xil ko‘rinishdagi uzun to‘g‘ri uchastka
Tungi vaqtlarda to‘g‘ri uchastkalarda haydovchilarni qarshidan kelayotgan avtomobillarni faralarini sveti bilan ko‘zlarini ko‘rish ehtimoli ortadi. Yu.M.Sitnikov ko‘rsatib o‘tganidek to‘g‘ri uchastkani uzunligi, shuningdek uni oxiridagi tezlik qancha ko‘p bo‘lsa undagi avariyalik holat shuncha ko‘p bo‘ladi:
To‘g‘ri uchastkani uzunligi, km
|
1
|
3-4
|
5-6
|
9-10
|
15
|
20
|
25
|
Yo‘l-transport hodisasini nisbiy soni
|
1
|
1
|
1,1
|
1,4
|
1,6
|
1,9
|
2
|
Transport oqimining nisbiy o‘rtacha tezligi
|
1
|
1
|
1,06
|
1,15
|
-
|
-
|
-
|
Ko‘pchilik davlatlarning Texnik shartlari to‘g‘ri uchastkalarni uzunligini 1 dan 6-7 km gacha chegaralaydi. «Avtomobil yo‘llarini arxitektura-landshaft loyihalash bo‘yicha ko‘rsatmalar»da bir xil ko‘rinishli landshaftda to‘g‘rini uzunligini 6 km dan uzun qilishni taklif qiladi.
Ayrim hollarda, haydovchilarni charchashishiga ayrim to‘g‘ri uchastkalarni absolyut qiymati ta’sir qilmasdan to‘g‘ri va egrilarni o‘rtasidagi nisbat, yo‘l yonini tavsifi ta’sir qiladi.
Uzunligi bir necha kilometr bo‘lgan to‘g‘ri uchastkalar, masalan, daryo vodiylaridan o‘tgan, agar undan oldin ko‘p miqdorda egrilari bo‘lgan 10-15 km avtomobil yo‘li bo‘lsa, bir xil yoki monotonnali bo‘lib qabul qilinmaydi.
Rel’efni tavsifini o‘zgarishi va yo‘l yonini yangi xolati, haydovchini e’tiborini o‘ziga tortib, avvalo uni diqqatini oshirishni talab qilgan, yo‘l omillarini sonini kamaytiradi.
Buni aksicha, uzunligi 2-3 km bo‘lgan kichik burilish burchakli va katta radiusli egriga ega cho‘l hududlaridagi yo‘llar haydovchilarni charchatadi, yo‘l landshaftni bir xil sharoiti kerakli darajadagi e’tibor beruvchi ob’ekt miqdorini hosil qilmaydi.
To‘g‘ri uchastkani uzunligini cheklash joylardagi sharoitni tahlil qilmasdan bajarilishi mumkin emas. Tekis joylarda kichik radiusli egriga ega bo‘lgan ilon izisimon yo‘llar doimo haydovchilarga tabiatga uyg‘un bo‘lmagan va sun’iy ravishda uzaytirilgan bo‘lib ko‘rinadi.
Chuqurlashgan joylarni maxsus hisobga olish kerak, chunki shamol bo‘lmagan yoz kunlarini kechasi tizimli ravishda tuman hosil bo‘lib ko‘rish masofasini yomonlashtiradi (2.4-rasm.). Bunday joylarni, harakat uchun xavfli xudud bo‘lgani uchun aylanib o‘tish kerak yoki bo‘lmasa ko‘tarma qurish yoki estakada bilan o‘tish kerak.
Ochiq joylarda trassa yo‘nalishini o‘zgartirilishi avtomobilni yo‘lda xarakatlanshi uchun ishonarli bo‘lishi kerak (2.5-rasm). Ayrim hollarda burilish sababi ko‘zga uncha tashlanmasa, uni ko‘kalamlashtirish bilan ko‘rsatish kerak, yo‘l yoni yo‘lakchasida o‘simlik guruhini tashkil qilib, ya’ni yo‘ldan og‘ish bilan ko‘rsatiladi.
To‘g‘ri uchastkani ruhsat berilgan uchastkasi doimo atrof muhit bilan uyg‘unlashishi kerak. Har qanday ladshaftda ajralib turuvchi elementi e’tiborni tortadi, yo‘l obstanovkasini bir xilligini buzadi, haydovchini e’tiborini bittaga jamlashni oladi. Shuning uchun uzoqdan ko‘rinuvchi birorta orientirga yo‘naltirilsa maqsadga muvofiq bo‘lardi. Bu holatda to‘g‘ri uchastkani uzunligini katta olish mumkin.
Orientirlarni sun’iy ravishda uzun to‘g‘rilarni yo‘l yonidagi daraxtlarni guruhiga qarab, bir nechta qisqa uchastkalar – arxitekturali havzalarga bo‘lib ko‘rsatish mumkin.
Cho‘lli hududlarda yo‘llarni trassalashda kichik daryolarni chuqur vodiylarini uzun to‘g‘rilar bilan kesib o‘tish alohida qiziqish uyg‘otadi. Natijada balandlikka ko‘tarilishda avtomobillardan ko‘rinib turuvchi juda noqulay cho‘zilib ketgan chuqur o‘ymalar va baland ko‘tarmalar hosil bo‘ladi. Bunday tasavvurni suv oqizuvchilardan o‘tuvchi joylarni boshqa joyga surish bilan, shuningdek vodiyning qiyaligi bo‘yicha pastka tushishni qiyaligini kamaytirish yoki o‘ymani egriga joylashtirish bilan bartaraf etish mumkin. Bu holatda albatta, ko‘rish masofasiga qo‘yiladigan talabga qattiq rioya qilish, o‘ymaning yon qiyaligini daraxtlar ekib ko‘kalamzorlashtirish kerak.
Tekis joylarda har xil orientirlarni samaradorligi juda kam, chunki atrof muhit monotonnli bo‘lib, haydovchiga ta’siri kam bo‘ladi.
2.5-rasm. Tekis joydagi trassa
|
2.4-rasm. Trassalashda aylanib o‘tish kerak bo‘ladigan, doimiy tizimli ravishda tuman bo‘ladigan hudud
|
Vodiylarni kesib o‘tgandan so‘ng rejada tik ko‘tarilishda yo‘lni to‘g‘irlash maqsadga muvofiqligini ko‘rishda aldamchilik yuzaga kelishi bilan bog‘lash mumkin. Vodiyga tushishda haydovchining ko‘rish nuri yo‘lning qatnov qismiga parallel yo‘naltirlgan bo‘ladi. Shuning uchun navbatdagi ko‘tarilish unga amaldagisiga nisbatan tikroq bo‘lib ko‘rinadi (2.6-rasm). Haydovchida gorizontal uchastka bo‘ylab harakatlanayotganidek illyuziya hosil bo‘ladi va unga ikkala uchastkani qiyaligini yig‘indisiga teng qiyalikka ko‘tarilish kerak bo‘ladi. Bu ko‘pincha qiyalikni quyi qismida tezlashtirish berib tezlikni oshirishga olib keladi.
2.6-rasm. Har xil qiyalikdagi yo‘l uchastkasidan pastga tushishdek ko‘rish qobilyatini aldanishi
|
| |