|
Yo‘l landshaftining hamma elementla
|
bet | 2/6 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 7,66 Mb. | | #157232 |
Bog'liq 2-ma\'ruza (3)Yo‘l landshaftining hamma elementlari – qatnov qismi va yo‘l poyi, ko‘priklar, chiziqli binolar, yashil o‘simliklari, jihozlar, yo‘l sharoiti – bitta arxitektorli ansamblni tashkil etadi, u ma’lum bitta arxitektorlik shaklga ega bo‘lishi kerak. Amaliyot yuqorida ko‘rsatilgan masalalar to‘g‘ri hal qilingan bo‘lsa yer ishlari hajmini kamayishi bilan qurilishning bahosi kamayishini ko‘rsatadi.
Birinchi uchta masala haydovchilar uchun yo‘lni suyurligi va psixologik aniqligini ta’minlashga qaratilgan. Ularga qo‘yiladigan talabning kompleksi trassaning ichki garmoniyaligidan kelib chiqadi. Trassaning ichki garmoniyalik masalasini yechishda fazoda o‘ziga hos bo‘lgan sharoitni atrofdan muhofaza qilib qaraladi. Bu yo‘nalish o‘zgarganida uning elementlarini matematik qonuniyatlarini ratsional birlashuvini shakllashtirish imkonini, ko‘z bilan qabul qilish nuqtai nazaridan va avtomobil dinamikasiga qo‘yiladigan talabdan kelib chiqib beradi.
Oxirgi masalalar yo‘l va yo‘l yoqasi yo‘lakchasini muvofiqlashtirishni maqsad qiladi, chunki usiz (trassaning tashqi uyg‘unligi) yuqori transport-foydalanish tavsifli yo‘lni loyihalash mumkin emas.
Yo‘lning landshaft bilan uyg‘unlashuvi landshaft elementini ichki qonuniyatlarini va ularni nisbatini yo‘lning o‘zini o‘lchamlari bilan birgalikda asoslangan bo‘lishi kerak – bu masshtab talabidir. Ikkala holatda ham yo‘lning o‘zini elementalarini o‘zaro muvofiqlashtirishda, shuningdek yo‘lning landshaft bilan, uyg‘unlashuvi elementlarni ratsional nisbati, ularni muvofiqlashuvi, hosil bo‘ladigan fikrni umumiy butunligidan iboratdir.
Landshaft qonuniyatlarini aniqlashtirishni asosi geomorfologik tahlil bo‘lishi kerak, u relefni strukturasini aniqlash va uning birlamchi va ikkilamchi elementlarini ajratishdan iborat. Misol tariqasida sochiluvchan qumli eolli tepalik releflarni ko‘rsatish mumkin. Yaqin masofadan kuzatuvchiga u tasodifiy, qandaydir qonuniyatga ega emasdek ko‘rinadi. Ammo aerofotorasmlar ularni egatlar guruhiga (butali barxanlar, zanjirli barxanlar, egatli qumlar) talluqliligini ko‘rsatadi, bu holatlarda yo‘llarni qurish amaliyoti trassalashning ma’lum usulini ishlab chiqilganini ko‘rsatadi.
Yo‘lni landshaft bilan uyg‘unlashtirish yo‘lni transport-foydalanish sifatini ta’minlashga qarshi bo‘lmasligi kerak. Bu loyihalovchi uchun doimo psixologik qiyinchilik tug‘dirgan. Hozirgi zamon transportining vazifasi – yuk tashishni juda qisqa vaqtda amalga oshirishdir – ya’ni harakatni eng qisqa yo‘nalishda tashkil qilishdir.
Tabiatda to‘g‘ri chiziqli yo‘nalish bo‘lmaydi. Yerning yuzasi rel’efini elementi, qoya tog‘larni chiqqan joylaridan tashqari, deyarli doimo suyur, ko‘pincha tekislangan yuza ko‘rinishida, nurash jarayonlari va erroziya bilan bog‘liq bo‘ladi. Yo‘lning landshaft bilan uyg‘unlashishi, trassaning qandaydir egrisida, relefning shaklini o‘zgarish qonuniyatiga mos kelishi bilan erishiladi. Ochiq tekis joydagi asoslanmagan egrilikdagi yo‘l tabiiy holatdagidek bo‘lmaydi, u majburiy holda uzun to‘g‘rilar va qisqa egri elementlari bilan tepalik rel’efni kesib o‘tgan bo‘ladi. Ohirgi yechim logika jihatidan o‘zini oqlamaydi, texnik nuqtai jihatidan doimo maqsadga muvofiq bo‘lmaydi, chunki baland ko‘tarmalar va chuqur o‘ymalar qurish kerak bo‘ladi, sun’iy inshootlarning tuynugini kattalashtirishga majbur bo‘linadi.
Shuning uchun landshaft loyihalashning muammolaridan biri – joy atrofida ajralib turuvchi yo‘l va yo‘l atrofini «geometrlash»dan saqlash kerak. Qatnov qismi va yo‘l yoqasini kengligini o‘zgartirib bo‘lmaydi, ammo ko‘ndalang kesimni qolgan elementlarini ishga halaqit bermasdan quyidagi tadbirlarni qo‘llab geometrik to‘g‘riligini o‘zgartirish mumkin:
yo‘l poyining yon qiyaligini yuqori va pastki qismini silliqlashtirish;
o‘zgaruvchan qiyalikdagi yon qiyaliklarni qurish;
o‘zgaruvchan kenglikdagi ajratuvchi tasmani qurish;
tog‘ oldi hududlarida avtomobil magistrallarini qatnov qismini har xil sathda joylashtirish;
alohida murakkab relefli joylarda qatnov qismini ayrim holatda trassalash;
yo‘l chetidagi ayrim dekorativ daraxt va butalarni qo‘shimcha kesish yo‘li bilan to‘g‘ri chiziqli va parallelligini yo‘qotish;
ajratuvchi tasmaga daraxtlar ekish;
yo‘l bo‘ylab qor yig‘uvchi va oddiy butalarni mushohada qilib joylashtirish.
Landshaft loyihalashning ikkinchi muhim vazifasi – yo‘l elementlarini relef va situatsiya bilan o‘zaro nisbatini («masshtabligini») saqlash.
Yo‘lovchi yo‘lakchasi yoki dala yo‘li har qanday joyning rel’efiga mos keladi. Past yo‘l poyili va ajratuvchi tasmali avtomobil magistrallari janub tomonlarda cheksiz bo‘g‘doy dalalar bilan yaxshi garmonlashadi. Shu bilan birgalikda avtomobil magistralini to‘g‘ri uchastkasi va ajratuvchi tasmalisi tog‘oldi xududlarda o‘zining atrofiga nisbatan mashtabda chiqiladi, shuningdek ko‘tarma va o‘ymalar bilan landshaftni qo‘pol buzadi.
Yo‘l polotnosining kengligini kamaytirish uchun qatnov qismini alohida trassalash yoki amaldagi daraxtlarni saqlagan holda yoki dekarativ o‘simliklar ekib o‘zgaruvchan kenglikdagi ajratuvchi yo‘lakchani qurish usulidan foydalanish mumkin.
Yangi qurilgan yo‘l landshaftni yangi tavsifli elementi hisoblanadi. Agar yo‘l landshaftni yirik elementlari orasida o‘tish zonasida (tepaliklar tagida, o‘rmon yonida, daryo vodiysini terassasida), tabiiy yoki amaldagi sun’iy landshaftni o‘qi (vodiy bo‘yicha oquvchi suv havzalari, yoki temir yo‘li chizig‘i ) bo‘yicha o‘tgan bo‘lsa, ya’ni odatda ekologik tizimning o‘tuvchi zonasidan o‘tgan bo‘lsa landshaft bilan yaxshi uyg‘unlashgan hisoblanadi.
Yo‘l landshaft bilan yengil muvofiqlashadi, agar u relefni asosiy elementlari bo‘yicha o‘tsa va relef – o‘rmonlar, tepaliklar chizig‘i yoki suv ayirg‘ichlari va suv havzalari qirg‘og‘i bo‘yicha o‘tsa, ular orasida tabiiy chegara hisoblanadi (2.1-rasm).
2.1-rasm. Landshaft zonasini chegarasi bo‘yicha tepaliklar osti va suv ayirg‘ichlari orasidan o‘tgan yo‘l
Tepaliklarga ko‘ndalang holatda o‘tgan yo‘l majburiy ravishda joyning rel’efini qaytaradi, tepaliklar bo‘yicha ko‘tariladi va vodiylarda pastga tushadi. Bo‘ylama qiyaliklar va ko‘rish masofasiga qo‘yilgan texnik shartlarga rioya qilish yo‘lchilarni ko‘tarma va o‘yma yoki chuqur vodiylarni kesib o‘tishda viaduklar qurishga majbur qiladi. Yo‘l landshaftni shakllanishida katta ahamiyatga ega bo‘la boshlaydi. Uni joylar bilan uyg‘unlanishida yo‘l va landshaftni o‘zaro nisbatini hisobga olish kerak.
Shu bilan birgalikda yo‘lni landshaft bilan muvofiqlashishi yo‘lni unga to‘liq bo‘ysinishi deb tushinmaslik kerak. Har bir trassani o‘tishda orientatsiya qiluvchi landshaftda uni tavsiflovchi elementlar mavjud. Shunday qilib yo‘l landshaftni bosh chizig‘idan o‘tishi kerak, bunda ko‘pchilik kichik va mayda tepaliklar xisobga olinmaydi. Bu qoidani buzish doimo manfiy natija olishga olib keladi (2.2-rasm.).
|
| |