4.Sug‘oriladigan hududlarda landshaft.
Sug’oriladigan hudud landshafti- bu yerdagi landshaft rel’ef sharoitiga ko‘ra cho‘l landshaftidan juda ravonligi va chuqur jar bo‘lmasligi bilan ajralib turadi. Unda insonning tashkiliy va yaratuvchanlik faoliyati yaqqol aks etgan bo‘lib, irrigatsiya yoki melioratsiya kanallashtirish tizimi rivojlangandir.
Kanallar, hududni to‘g‘ri burchakli to‘rga bo‘lib, odatda chetiga daraxtlar ekilgan bo‘lib, yo‘lni kanallar yo‘nalishiga mos ravishda to‘g‘ri uchastka holatida o‘tishni taqazo qiladi. Quyi darajali yo‘llarda, yer maydonini iqtisod qilish maqsadida burilish burchagida ruhsat berilgan minimal radiusli egri loyihalanadi. Rel’efni tekis yuzaligi va gidrogeologik sharoitini noqulayligi, yer yuzasiga grunt suvlarini yaqinligi yo‘llarni ko‘tarma holatida joylashtirishni talab qiladi.
O‘rmoncho‘lli landshaft. Bu yerdagi landshaft relef shaklini rivojlangani, suv oqimlari vodiylarni borligi bilan tavsiflanadi. Jarlarning chuqurligini kattaligi (10-20 m), ularni deyarli vertikal bo‘lgan tik yon qiyaligi uzunligini bir necha kilometrga yetishi trassani tanlashga sezilarli ta’sir qiladi. O‘rmon cho‘lli hududlarda o‘rmonlar o‘ziga hos orolcha ko‘rinishida bo‘ladi.
Yo‘l bo‘yida o‘rmonli va dala uchastkalarini uzunligiga bog‘liq ravishda berk, yarim berk, yarim ochiq va ochiq yoni landshafti farqlanadi. Ko‘rinishni chiroyligi nuqtai nazaridan eng yahshisi yarim berk va yarim ochig‘i hisoblanadi, chunki ularda yo‘l o‘rmonli uchastkalarni va uzoq masofani ko‘rinishi bilan tavsiflanadi.
O‘rmon cho‘lli hududda trassani o‘tkazish rel’efni elementiga va o‘rmon massiviga bog‘liq bo‘ladi (2.7-rasm). Yo‘l ularni ayrim xollarda aylanib o‘tadi yoki kesib o‘tadi, ko‘rinishi yoqimsiz bo‘lgan, bir biridan mos kelmaydigan qismlarga bo‘lib o‘tadi. Misol tariqasida o‘rmonli massivni uzun to‘g‘ri yo‘l bilan kesib o‘tishni ko‘rsatish mumkin. Shuning uchun doimo avtomobil yo‘llari o‘rmonga uni egri uchastkasida kirishi kerak yoki egri o‘rmondan boshlanishi kerak.
2.7-rasm. O‘rmon cho‘lli hududda avtomobil yo‘li
Uchastkaga kirish joyini daraxt va butalar ekish bilan yanada ham ko‘rkam qilish mumkin (2.8-rasm). Bu faqat estetik nuqtai nazardan maqsadga muvofiq bo‘lib qolmasdan, uchastkaga kirish joyini qor bosishini kamaytirish va avtomobilga shamol bosimini kamaytirish bo‘yicha ham zarur.
2.8-rasm. O‘rmonga kirishda avtomobil yo‘llarini loyihalashni o‘ziga hosligi: a – o‘rmonni to‘g‘ri chiziqli kesish; b – egrida o‘rmonga kirish; v – uchastkaga kirish joylarida daraxt va butalarni ekish
Trassani tanlashni asoslashda avtomobil yo‘llariga yer ajratish bo‘yicha yo‘riqnomalarda I, II va III darajali yo‘llarning har ikkala tomonidan 250 m yo‘lakchada o‘rmonni butunlay kesishni taqiqlashini hisobga olish kerak. Shuning uchun o‘rmon hududini doimiy va landshaftni o‘zgarmas elementi deb ham qarash kerak.
O‘rmon cho‘l hududida daraxt va butalarni ekish katta axamiyatga ega. Ekiladigan daraxtlarni tanlashda har xil bo‘lishini ta’minlash kerak. Gullovchi butalar, shuningdek daraxt va butalar kuz oylarida barglarini yorqinligi bilan yo‘lni yanada ham jonlantirib yuboradi.
Yo‘l o‘qini daraxtlar guruhiga yo‘naltirib shunday loyihalash kerakki unda yo‘l burilganda ular tashqi tomonda qolsin, bu haydovchini chamalab orientatsiya olishini yaxshilaydi (2.9-rasm). Amaliyot trassani sezilar-sezilmas surilishi ko‘pincha daraxtlar guruhini saqlab qolishini ko‘rsatadi, shu bilan birgalikda yo‘llarni rekonstruksiya qilishda amaldagi yo‘l chetidagi daraxtlarni ostida to‘xtab turish bekati sifatida foydalanish mumkin bo‘ladi (2.10-rasm).
|
|
2.9-rasm. Daraxtlar guruhiga yo‘lni yo‘naltirib trassalash
|
2.11-rasm. Ajratuvchi tasmada chiroyli daraxtlarni saqlash
|
2.10-rasm. Yo‘llarni rekonstruksiya qilishda amaldagi yo‘l cheti o‘simliklarini saqlash va ulardan foydalanish
1 – yangi avtomobil magistrali; 2 – joylardagi harakat uchun foydalaniladigan eski yo‘lning yangi uchastkasi; 3 – avtomobillarni to‘htab turishi uchun qayta jihozlangan eski yo‘l uchastkasi; 4 – eski daraxtlar; 5 – yangi ekilganlari
O‘simliklarni saqlashga qaratilgan harakat avtomobil yo‘llaridagi katta daraxtlarni ajratuvchi yo‘lakcha ichida saqlab qolishga, kerak bo‘lsa uni kengaytirib olib keladi (2.11-rasm).Ayrim chiroyli daraxtlarni, yo‘lning bezagi sifatida saqlash va uni landshaft bilan uyg‘unlashtirishga asoslangandir, chunki ularni xayoti o‘n, ayrim hollarda yuz yillarga yetadi. Agar daraxt qurib qolsa uni o‘rniga yangi voyaga yetgan daraxt o‘tkazish mumkin, chunki hozirgi zamon texnikasi katta yoshli daraxtlarni qayta ekish imkonini beradi. Harakat havfsizligini ta’minlash uchun qatnov qismini chetidan daraxtgacha bo‘lgan masofa kerakli darajada katta bo‘lishi kerak.
Jarli xududlarda jarlarni aylanib va kesib o‘tish variantlari ko‘rilishi kerak. Agar iloji bo‘lmasa geologik sharoit imkon bersa yo‘l yoqasida suv omborini qurish mumkin (2.12-rasm). Bu holatda yo‘lchilarni ahamiyati faqat ko‘tarma-damba qurishdan iborat bo‘lib qolmasdan, gidrologik xisoblar bilan damba atrofida yog‘iladigan suv miqdorini ham aniqlash kerak bo‘ladi. Bunda juda etiborli bo‘lib jar tubidagi gruntning gidrogeologik tadqiqotini olib borish va ayniqsa suv o‘tkazish qobilyatini aniqlash kerak bo‘ladi. Bu talablarni buzish qurilgan suv omborlarini samaradorligini kamaytiradi, ayrim hollarda ularni buzilishiga olib keladi.
Qurilayotgan yo‘lning landshaft bilan uyg‘unlashuvida jarlarni mustahkamlash va obodonlashtirish katta ahamiyatga ega. Ya’ni jarlarni yon bag‘iri va yuqori qoshi tomoniga daraxt va butalar ekish, shuningdek har xil mustahkamlovchi usullar bilan mustahkamlashdan iborat.
|