|
Bitiruv malakaviy ishi taqdimoti bitiruv malakaviy ishi rahbari: Madenov B
|
bet | 1/3 | Sana | 15.06.2024 | Hajmi | 385,9 Kb. | | #263894 |
Bog'liq Abdreymov F.-Ammoniy sulfat BGS BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI 5320400- «Kimyoviy texnologiya» ta’lim yo'nalishi talabasi Abdreymov Faziljonning Kuniga 180 t. barabanlı quritqish hisobi bilan ammoniy sulfat ishlab chiqarish loyihasi BITIRUV MALAKAVIY ISHI TAQDIMOTI Bitiruv malakaviy ishi rahbari: Madenov B. Kirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-son hamda 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son farmonlari ijrosini ta’minlash maqsadida Qishloq xo'jaligini izchil va xar tomonlama intensivlashda kimyolashtirish alohida ahamiyat kasb etadi. Kimyolashtirish o'g'itlar, o'simliklarni muhofaza qilishning kimyoviy vositalari, gerbitsidlar, defoliantlar va desikantlardan foydalanishdan iborat. Yer unumdorligini oshirish va o'simliklar ozuqalanishini yaxshilashga xizmat qiladigan moddalar o'g'itlar deb ataladi. Qishloq xo'jalik ekinlarida mo'l-ko'l hosil olish garovi- ularni to'liq va yetarlicha oziqlantirishdir. O'simliklarning hayoti uchun yorug’lik, issiqlik, suv va ozuqaviy moddalar juda zarurdir. Bu shartlarning barchasi teng qiymatli va juda kerakdir.
2-slayd
Ammoniy sulfati qishloq xo'jaligida qo'llaniladigan azotli o'g'itlarning biri bo'lib, u rangsiz kristall modda tarkibida 21,21% azot tutgan suvda yaxshi eriydigan o'g'itlardan biri. U o'zining agrokimyoviy xususiyati bilan nordan o'g'itlar turkimiga kiradi. Fizik xususiyatlariga ko'ra avzalligi - namni o'ziga tortmaydi, yopishqoqlik xususiyati yo’q. Kamchiligi - o'g'itning tarkibida azot miqdorining ozligi va fiziologik kislotaliligining yuqoriligidadir. Uning qo'llanilishi natijasida tuproqda sul'fat kislotasining to'planishi tufayli uni neytrallash uchun davriy ravishda ohaklash zarurati kelib chiqadi. Sanoatda ammoniy sul'fatini sul'fat kislatasini ammiak bilan neytrallash usulida olinadi. Sulfat kislotasini ammiak bilan neytrallash jarayoni quyidagi reaktsiya bo'yicha ifodalash mumkin.
|
| |