Masala bayoni. Yahudiylik dini va ta’limoti




Download 0,69 Mb.
bet15/75
Sana12.12.2023
Hajmi0,69 Mb.
#117499
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   75
Bog'liq
Dinshunoslik maruza

Masala bayoni. Yahudiylik dini va ta’limoti

Eng qadimgi milliy dinlardan biri Iudaizm (Yaxudiylik) dinidir. Iuda – Yaxudiy millatining eng qadimgi qabilalaridan birining nomidir. Bu dinning kelib chiqishi va shakllanishi yahudiylarning o‘tmishdagi og‘ir, mashaqqatli, jabru-jafoli hayot yo‘li bilan bog‘liq holda kechgan. Chunonchi, yaxudiylar eramizdan avvalgi mingyilliklarda Misrliklar, Ossuriyaliklar, Vaviloniya, Eron shahonshoxlari, Rim imperiyasi kabi mamlakatlar asirligi va zulmi ostida g‘oyat ayanchli hayot kechirganlar. Shu tufayli bunday azob va uqubatlardan, quvg‘inliklardan qutilish, yaxudiylarni ozod qilish uchun xaloskorning kelishi (messiya) haqidagi g‘oya yuzaga kelgan. Buni messinizm deb yuritiladi. Bunga ko‘ra oxirzamonda Yaxve yaxudiylar orasidan bir xaloskorni chiqaradi va u quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. dunyoni qaytadan, isloh qilgan holda qurish;
2. barcha yaxudiylarni Sinay tepaligi atrofida to‘plash;
3. ularning (yaxudiylarning) barcha dushmanlarini jazolash.
Yaxudiylik dinining yuzaga kelishi va shakllanishi davri eramizdan avvalgi XIII asrga, Falastin yerlarini Isroil qabilalari tomonidan bosib olinishi davriga to‘g‘ri keladi. Eramizdan avvalgi X asrga kelib Yaxudiy davlati vujudga keladi. Bu davlatning vujudga kelishida Iuda qabilasi muhim rol o‘ynagan. Mustaqil Yaxudiy davlati barpo bo‘lgandan so‘ng ana shu qabilaning xudosi Yaxvega sig‘inish joriy etilgan. Solomon (Sulaymon payg‘ambar) podsholigi davrida, ya’ni er.av X asrda hashamatli Yaxve ibodatxonasi qurilgan.
Yangi eraning 133 yiliga kelib rimliklar tomonidan yaxudiylar Falastin yerlaridan xaydab chiqariladi. Shu tariqa yaxudiylar turli mamlakatlarga tarqalib ketadilar.
Yahudiylar qaysi davlatga borib yashagan bo‘lsalar, u yerlarda o‘zlarining jamoalarini tuzganlar. Imkoni boricha o‘z dinlarini saqlab qolish maqsadida, to‘planib turadigan joy-sinagog (ibodat uylari) larni vujudga keltirdilar.
Tarixiy manbalarda Yahudiylar eramizdan avvalgi quvg‘inlikka uchragan va O‘rta Osiyo eronliklar qaramog‘ida bo‘lgan davrlarda bu yerlarga Eron orqali kirib kelganligi qayd etiladi.
Dastlab Iudaizm ko‘pxudolik (politeistik) din bo‘lgan. Er.av. X-VI asrlarda Iudaizm yakkaxudolik (monoteistik) dinga aylangan.
Yahudiylik dinining muqaddas kitoblari Tavrot, Zabur va Talmud hisoblanadi. Tavrot qadimiy yahudiy tilidagi «Tora» so‘zidan olingan bo‘lib «qonun» degan ma’noni bildiradi. Tavrot er.av. 1586 yillarda Muso alayxissalomga nozil qilingan bo‘lib, uni «Musoning besh kitobi» deb ham yuritiladi. Tavrot er.av. 5-asrda kitobat qilinganligi manbalarda qayd etiladi.
Muso alayhissalom Tur tog‘ida xudo Yaxve bilan uchrashganda unga 10 ta nasihat lavhani tushirgan bo‘lib, bular Yahudiylik dinining asosini tashkil etadi. Ularning qisqa mazmuni quyidagilar:

  1. Yaxvedan boshqani iloh deb ishonmaslik;

  2. But, sanam va rasmlarga sig‘inmaslik;

  3. Bekordan bekorga xudo nomi bilan qasam ichmaslik;

  4. Shanba kunini hurmat qilish va uni xudo uchun bag‘ishlash;

  5. Ota-onani hurmat qilish;

  6. Nohaq odam o‘ldirmaslik;

  7. Zino qilmaslik;

  8. O‘g‘rilik qilmaslik;

  9. Yolg‘on guvohlik bermaslik;

  10. Yaqinlarning narsalariga ko‘z olaytirmaslik.7

«Zabur» Dovud alayhissalomga Xudo tomonidan nozil etilgan bo‘lib er.av. 1050-900 yillar orasida kitobat qilingan.
Zabur qadimgi diniy-musiqaviy she’riyat bo‘lib, u asosan Xudoga bag‘ishlangan madhiyalar, diniy alqov qo‘shiqlar, duolar, shukronalar, xudoga iltijolar, nolayu fig‘onlar, dushmanlar ustidan shikoyat va boshqalardan iborat.
Yahudiylik dinining muqaddas kitobi Talmud Tavrotga yozilgan tafsir ya’ni sharhlardan iborat. Talmud – yahudiycha so‘z bo‘lib «o‘rganish» degan ma’noni bildiradi. Uni og‘zaki qonun ham deb yuritiladi. Talmud Mishna va Gemara kitoblari majmuidan iborat bo‘lib, Mishna ravvinlar (ruhoniylar) tomonidan Tavrotga yozilgan sharhlar, Gemara esa Mishnaga yozilgan sharhlarni o‘z ichiga oladi. Talmudda yaxudiylarning g‘oyaviy, diniy, huquqiy, axloqiy qonun qoidalari, urf-odatlari, an’analari bayon qilingan.
Tavrot va Zabur Bibliyaning «qadimgi ahd» qismiga kiradi. Bibliya – kitoblar degan ma’noni bildiradi. «Qadimgi ahd» yahudiylarning xudo bilan ahdlashuvini bildiradi. Iso alayxissalomga nozil bo‘lgan Injil Bibliyaga «Yangi ahd» bo‘lib kirgan. U xudo bilan yahudiylarning yangitdan ahdlashuvini bildiradi.
Shunday qilib, Bibliya – «Eski ahd» va «Yangi ahd» deb nomlangan ikki qismdan iborat.
Bibliyaning «Qadimgi ahd» qismi besh kitobdan iborat bo‘lib, u «Musoning Besh kitobi» deb ham ataladi. 1-kitob «Borliq» deb atalib, unda Olam va insonlarning xudo tomonidan yaratilganligi bayon qilingan. 2-kitob «Chiqish» deb atalib, unda Muso alayhissalomning hayoti, yahudiylarning Misr asirligidan ozod bo‘lishi bayon qilingan. 3-kitob «Sonlar» deb yuritilib, unda yahudiylarning misr asirligidan qutulib to Falastin yerlarini bosib olgunlariga qadar hayoti tasvirlangan. 4-kitob «Loviylar» bo‘lib oilaviy hayot masalalari bayon qilingan. 5-kitob «Ikkinchi qonun» deyilib, diniy qonun-qoidalar bayon qilingan.
Yahudiylik dinining marosimlari nihoyatda ko‘p bo‘lib, ularga amal qilish qattiq nazorat qilingan. Chunonchi, har bir dindor 248 ta amri-ma’ruf - yaxshi ishlarga undovchi buyruqni va 365 ta nahiy-munkar – yomon, gunoh ishlardan tiyilish, taqiqini yoddan bilishi, ularni bekamu-ko‘st bajarishi qattiq nazorat qilinadi.
Yaxudiylarning bayramlari ichida eng e’tiborlisi pesah (Pasxa) bayrami bo‘lib, yahudiylarning Misrdagi qullikdan qutilib chiqqanliklarini nishonlashga bag‘ishlab o‘tkaziladi. Shabuot bayrami esa Sinay tog‘ida Muso alayhissalomga Yaxve tomonidan Toraning berilishini nishonlab o‘tkaziladigan bayram. Sentyabr oxiri Oktyabr oyining boshlarida yangi yil bayrami – Rosh – Ashona bayrami nishonlanadi. Poklanish bayrami Yom-Kipur deyiladi. Baxorda yahudiylarning Fors podshohi Homon zulmidan qutilganliklari sharafiga bag‘ishlab Purim bayrami o‘tkaziladi.
Yahudiylik dinida Saduqiylar, Farziylar, Yesseylar, Sionizm kabi oqimlar bor. Jumladan, Sionizm qadimgi Yahudiya poytaxti Ierusalim (Quddus) yaqinidagi Sion (Sinay) tepaliklarining biri nomidan olingan bo‘lib, dastlab bu oqimning maqsadi butun dunyoga tarqalib ketgan yahudiylarni bir yerga to‘plab yagona yahudiylar davlatini qayta barpo etish bo‘lgan. Keyinchalik bu oqim yahudiylarning reaksion-millatchilik, shovinistik mafkurasiga aylantirib yuborilgan. Xozirda Sionizm «Jahon yahudiy millati» - «Oliy millat» degan reaksion g‘oyani ilgari surib kelmoqda.
Iudaizm diniga e’tiqod qiluvchilar 18 millionga yaqin bo‘lib, ularning uchdan bir qismi AShQdadir.8
Shunday qilib, Iudaizm (Yahudiylik) dini eng qadimgi milliy dinlardan bo‘lib u Xristianlik va Islom dinining vujudga kelishiga katta ta’sir o‘tkazgan. Bu dindagi ko‘plab talab va taqiqlar mavjudligi, undagi Sionizm kabi oqimda millatchilik, shovinizm kabi reaksion g‘oyalarning ilgari surilishi uning jahon dini darajasiga ko‘tarilishiga to‘sqinlik qildi.




  1. Download 0,69 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   75




Download 0,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Masala bayoni. Yahudiylik dini va ta’limoti

Download 0,69 Mb.