|
Masala bayoni. Xristianlik diniy ta’limoti va muqaddas kitobi
|
bet | 23/75 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 0,69 Mb. | | #117499 |
Bog'liq Dinshunoslik maruza3. Masala bayoni. Xristianlik diniy ta’limoti va muqaddas kitobi
Xristianlik ya’ni Nasroniylik Yaxudiylik dinidan mustaqil din sifatida ajralib chiqqan va jahon dinlaridan biriga aylangan. Xozirgi kunda Xristian cherkovi ma’lumotlariga ko‘ra, jahonda bu dinga 2 milliarddan ortiq kishi e’tiqod qiladi15. Yevropa Amerika mamlakatlarida, Avstraliyada, faol missionerlik harakati natijasida Afrika, yaqin Sharqda va Uzoq Sharqning bir necha mintaqalarida keng yoyilgan.
Xristianlik nomi, uning asoschisi Iyso Masix, yunoncha Iisus Xristos nomidan olingan. Uning aqidalari, diniy ta’limotlari Bibliya tarkibiga kiruvchi Injil – Yevangeliya (Xushhabar)da, ya’ni «Yangi ahd» qismida bayon etilgan.
Masix ya’ni Xristos so‘zining ma’nosi «xudo tanlagan», «Xudo siylagan», «Xaloskor» ma’nolarini anglatadi. Xristian so‘zi yunoncha bo‘lib mazmuni Iyso Masix yo‘lidan yuruvchi kishi demakdir. Mazkur dinining nomi ham ana shu – Xristian, masihchi so‘zidan olingan.
Iso alayxissalom yaxudiy millatiga mansub bo‘lib, taxminan milodiy 1-33 yillarda Falastinda, xozirgi Isroilda yashab o‘tgan. Milodiy yil hisobini ham Iso Masih tug‘ilgan sanadan boshlab hisoblash qabul qilingan.
Diniy adabiyotlarda Iso onasi Bibi Maryamdan otasiz ilohiy xomiladorlik asosida tug‘ilgan deb rivoyat qilinadi. Unga o‘ttiz yoshida Tavrot va Zaburdan keyingi uchinchi ilohiy kitob – Injil nozil qilingan. «Injid» yunoncha «Evangeleon» so‘zidan iborat bo‘lib, nasroniylikda «Evangelie» deb yuritiladi. Ma’nosi «ilohiy xabar», «xushxabar», «ezgu xabar» demakdir.
Bu dinni Islomda nasroniylik deyilishi Iso Masihning tug‘ilgan yeri Nosira nomi bilan bog‘liq. Bu shahar ahli Iso Masixni Nosiriy deb atar edilar. Unga ergashgan kishini esa, nasroniy deb yuritganlar. Iso Masih 30 yoshidan boshlab 3 yil davomida payg‘ambarlik faoliyatini olib borgan. Isoning yangi dinni targ‘ib qilishdagi muvaffaqiyatlaridan darg‘azab bo‘lgan Quddus kohinlari va ruhoniylari uni sudga berishga qaror qiladilar. Ushlab olingan Iso o‘lim jazosiga hukm etiladi. Quddus ahli Isoni xudoning o‘g‘li va odamzotning xaloskori deb e’tirof etmay, uni toshbo‘ron qiladilar. Iso Galgofa tog‘ida qiynab o‘ldiriladi. Uni juda katta yog‘och xoch (sanam)ga tiriklayin mixlab tashlaydilar.
Rivoyat qilishicha o‘limining uchinchi kuni Iso tirilib, birmuncha vaqt davomida o‘z shogirdlari bilan birga bo‘ladi. Shundan so‘ng u ularning ko‘z o‘ngida osmonga chiqib ketadi. U kelajakda ya’ni oxirat kuni tiriklar va o‘liklar ustidan xukm chiqarish uchun yerga qaytib kelishiga xristian diniga e’tiqod qiluvchilar ishonadilar.
Xristian dinining kelib chiqishi va tarqalishi milodning I-III asrlarida Rim imperiyasida yoyilgan umumiy tushkinlik, inqiroz, qullarning shafqatsizlarcha ezilishi, yahudiylar jamoasida esa oddiy yaxudiylarning uch tomonlama ezilishi, og‘ir hayoti sababchi bo‘lgan. Chunonchi, Rim imperiyasi tarkibiga kirgan yaxudiylar bir tomondan Rim xukumdorlari, ikkinchi tomondan yaxudiy podsholigi, uchinchi tomondan yaxudiy ruhoniylaridan jabr ko‘rar edilar. Azob-uqubat chekayotgan va ezilayotganlarning bunday ijtimoiy kuchlar oldidagi ojizligi ularni diniy tasalli axtarishga olib keldi. Shu tariqa insonlarni cheksiz jabr-zulm, azob va uqubatlardan ozod qilish haqidagi «xaloskorlik» g‘oyalari paydo bo‘ldi. Bunday «xaloskorlik» g‘oyalariga millionlab qullar, ezilganlar, jabr-diydalar maxliyo bo‘ldilar. Shunday qilib xristianlik dastavval qullarning, ezilganlarning, jabr-diydalarning orzu-umidlarini ifodalovchi, xaloskorlik dini sifatida paydo bo‘lgan. Bu dindagi mazlumlarni shukur qilib yashashga, itoatgo‘ylik, oxiratda tenglik va’da qilinishi kabi g‘oyalari hukmron tabaqalarga qo‘l kelgan. Shu sababli xristian dini uch-to‘rt asrdan so‘ng davlat diniga aylangan. Chunonchi Rim imperatori Konstantin bu dinni qabul qilib, 324 yilda xristianlikni davlat dini deb e’lon qildi. 325 yilda Konstantinning ko‘rsatmasi bilan jahon xristianlarining birinchi yig‘ini – Nikey sobori chaqirildi. Bu sobor (yig‘in)da yepiskop va ilohiyotchilar xristianlikning asosiy aqidalarini tasdiqladilar, cherkov qonun-qoidalari yozilgan kitoblarni qabul qildilar va cherkov tashkiloti tugal holga keltirildi. Diniy tashkilotda – pop, d’yakon, yepiskop, kardinal kabi quyi va oliy mansablar joriy etildi. Ular xristianlikni targ‘ib etish, mustahkamlash, diniy talablarni bajarilishini nazorat qilish ishlari bilan shug‘ullanganlar. Din ishlari markazlashtirilib, unga yakka rahbar-dastlab yepiskop, keyinroq esa papa lavozimlari ta’sis etildi. Xristianlik xukmron mafkuraga aylanib har qanday ish, ta’lim-tarbiya, hatto davlat ishlari ham ular nazorati ostiga olindi. Xristian davlatlarida yepiskop va papalar cheklanmagan xuqukqa ega bo‘ldilar.
Xristianlikda zohidlik, tarkidunyochilik kuchayib monastirlar paydo bo‘ldi. Rim yepiskoplari, V-asrdan esa papalar xristian olamiga tanxo xukumronlik qila boshladilar. XIII asrga kelib butun Ovro‘po xristianlashtirildi. Rossiyada bu dinga cho‘qintirish marosimi 988 yilda Kiev knyazi Vladimir tomonidan amalga oshirildi.
Shunday qilib xristianlik yaxudiylik dini zaminida Falastinda paydo bo‘lib so‘ng jahon dinlaridan biriga aylandi.
|
| |