Masala bayoni. Buddaviylik O‘rta Osiyoda




Download 0,69 Mb.
bet22/75
Sana12.12.2023
Hajmi0,69 Mb.
#117499
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   75
Bog'liq
Dinshunoslik maruza

2. Masala bayoni. Buddaviylik O‘rta Osiyoda.
Buddizm tarixi 2500 yildan ortiq davrni o‘z ichiga oladi. U eramizdan avvalgi birinchi mingyillik oxirlarida O‘rta Osiyo hamda old Osiyoni o‘z ichiga olgan Kushon imperiyasiga kirib kelgan. O‘ratepa, Dalvarzintepa, Quva, Zartepa, Qorovultepa, Ayritom mavzelarida olib borilgan arxeologik qazilma ishlari natijasida topilgan Budda haykallari va boshqa topdilar Kushon imperiyasida buddaviylikka katta e’tibor berilganligini ko‘rsatadi.
Buddaviylik O‘zbekiston janubining qadimgi va ilk o‘rta asrlari tarixida chuqur iz qoldirdi. Bu yerda buddaviylik madaniyatiga oid yodgorliklarini ochish va o‘rganish, yuqori ko‘rinishdagi badiiy asarlar va buyumlarning topilgani ham bundan yorqin dalolat beradi. Hozir O‘zbekiston janubida noyob buddaviylik yodgorliklari Qoratepa, Fayoztepadagi yer osti va yer usti ibodatxonalari, Zurmala stupasi, Ayritom, Dalvarzintepa, Zartepadagi buddaviylik ibodatxonalari yaxshi o‘rganib chiqilgan. Ushbu yodgorliklarni o‘rganish Markaziy Osiyoda Buddaviylik tarixiga oydinlik kiritish bilan bir qatorda Xitoy va Uzoq Sharq hududida mazkur dinning tarqalishida uning o‘rnini to‘liqroq tushunish imkonini beradi. Janubiy O‘zbekistondagi buddaviylik yodgorliklarini arxeologik o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, Baqtriyada buddaviylik va buddaviylik madaniyatining rivojlanishi buyuk Kushonlar boshqaruvi davriga, milodning I –III asrlarga to‘g‘ri keladi.
Markaziy Osiyoda buddaviylik va buddaviylik madaniyatini o‘rganish 1932 – yilda, Termizdan 7 km yuqorida joylashgan Ayirtom hududida Amudaryo tubidan akant barglari orasida arfa, do‘mbra va ud chalayotgan belbog‘li uchta haykal tasvirlangan tosh relef topilgandan so‘ng boshlangan.
O‘zbekiston janubidagi arxeologik topilmalar Tartima, ya’ni Termiz shaxri Kushon Baqtriysining eng muhim va yirik buddaviylik markazlaridan biri bo‘lgan, deyish imkonini beradi. Bu shahar geografik jihatdan Amudaryo –Oks orqali o‘tadigan muhim kechuv joyida joylashgani tufayli qisqa vaqt ichida Baqtriyadagi eng yirik shahar markazlaridan biriga aylangan. Bu yerda Shimol va Janub, Sharq va G‘arbni bog‘lab turgan Buyuk ipak yo‘lining savdo yo‘llari kesishgan. Termiz xalqlarning ma’naviyati va madaniyat bilan o‘zaro almashinish markazi bo‘lgan va bu yerda yunon –rum dunyosi, Hindistonning o‘ziga xos madaniyati uyg‘unligini namoyish qiladigan me’morchilik, haykaltaroshlik, rassomchilik, koroplastika, zargarlik yuqori darajada rivojlangan. Bu yerda topilgan ko‘plab yozuvlar – Baqtriya yozuvi, kxaroshti, braxma va boshqa yozuvlar shahar aholisining ma’naviy hayoti mukammal rivojlangani, savodxonligi yuqori darajada bo‘lganligidan dalolat beradi. Kushon podshoxligining bag‘rikenglik an’analariga muvofiq shahar aholisi Zardushtiylik, buddaviylik va boshqa dinlarga sig‘ingan. Bu yerda topilgan ko‘plab yirik arxeologik yodgorliklar –o‘ttizdan ortiq ibodatxona va monastirlar Kushon davrida Termizning Baqtriyadagi buddaviylik va buddaviylik badiiy ma’daniyati markazi sifatida o‘rni oshganidan darak beradi.
Ular orasida Qoratepa alohida o‘rin egallaydi ayni paytda bu yerda o‘n ta yer osti va ustiga qurilgan ibodatxona majmualari va mahobatli monastir binolari qazib ochildi. Bu yerda topilgan moddiy ma’naviy va badiiy artefaktlar Termiz, Baqtriya va Markaziy Osiyoda buddaviylik tarixi uchun katta ahamiyat kasb etishi bilan birga umumjahon budda madaniyatiga qo‘shilgan ulkan hissa hisoblanadi.
Kushon davridagi g‘oyat muhim bo‘lgan buddaviylik markazi Surxondaryoning o‘ng sohilida Sho‘rchi shahrining Shimoli Sharqidan 10 km masofada joylashgan Dalvarzintepa yodgorligidir. Bu yerda ikkita buddaviylik yodgorligi – shahar tashqarisidagi va shahar markazida joylashgan ibodatxonalar topilgan va qazib o‘rganilgan. Ibodatxonani qazish davomida Budda va buddaviylik xudolari tasvirlangan katta gips haykallar guruhi topildi. Ko‘pchilik haykallar loydan yasalib ularning usti ganch bilan qoplangan. O‘zbekiston Janubidagi buddaviylik haykallarini tadqiq qilish, o‘rganish milodning birinchi asrida buddaviylik ta’limotining mahalliy ta’limoti tarafdorlari orasida yangi ta’limotning barcha qoidalaridan to‘liq xabardor bo‘lgan va qo‘shni tarixiy madaniy mintaqalar hamda Xitoyda missionerlik qilishga zamin hozirlab qo‘ygan bilimdonlar yetishib chiqqan deb tahmin qilishga asos bor. Baqtriya sekin asta Marg‘iyona , Sug‘dga buddaviylikni singdirishning o‘ziga xos markaziga aylandi. Fayoztepa ibodatxonasi ham alohidaligi bilan ajralib turadi. Bu arxeologik yodgorlik hozirgi vaqtda Markaziy Osiyodagi eng yaxshi tadqiq etilgan buddaviylik inshootlaridan hisoblanadi. O‘zbekiston janubidagi buddaviy yodgorliklarida topilgan badiiy madaniyat namunalari qadimiy Baqtriyaning rivojlangan o‘ziga xos badiiy va ma’naviy madaniyatidan darak beradi. O‘zbekiston janubidan tashqari, buddaviy yodgorliklar Farg‘ona vodiysida ham ma’lum bo‘lgan. Mutaxassislarning tadqiqotlariga ko‘ra, Quvada buddaviy ibodatxonaning bunyod etilishi buddaviylikning yangi yo‘nalishi –Vajrayana bilan bog‘liq bo‘lib, uning shakllanishi I ming yillik o‘rtalariga borib taqaladi.Quva ibodatxonaidagi haykallar Baqtriyada keng tarqalgan loy ganch plastikasi texnikasi asosida ishlangan, o‘ziga xos jihati ko‘zlar o‘rniga qora va oq toshlar qadalishadir.
O‘zbekiston hududida ko‘plab buddaviy yodgorliklarni kashf etilishi va o‘rganilishi hudud madaniy va ma’naviy hayotida bu diniy ta’limot qanchalik katta ahamiyat kasb etganligidan dalolat beradi. Buddaviy san’atning tarqaloishi O‘zbekiston san’ati tarixiga munosib hissa qo‘shgan. Bu esa shu muqaddas yurtda doim turli din vakillari va ularning badiiy timsollari do‘stona umr guzaronlik qilganligini yaqqol namoyon etadi.
Buddaviylik Xitoy, Koreya, Yaponiya va boshqa sharq mamlakatlariga O‘rta Osiyo orqali kirib borganligi tarixiy manbalarda qayd etilgan. Buning yaqqol tasdig‘i xozirda ham Xitoyda Samarqand, Buxoro, Shoshdan borgan budda olimlarining maqbaralarining muqaddas sanalishidir.
Xozirda O‘zbekistonda bitta Buddaviylik jamoasi rasmiy ravishda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Download 0,69 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   75




Download 0,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Masala bayoni. Buddaviylik O‘rta Osiyoda

Download 0,69 Mb.