• 4- Mavzu: Jahon dinlari. Buddizm va xristianlik Ma’ruza rejasi
  • Tayanch tushunchalar Buddizm
  • 1. Masala bayoni. Buddaviylik diniy ta’limoti
  • Dinshunoslik




    Download 0,69 Mb.
    bet20/75
    Sana12.12.2023
    Hajmi0,69 Mb.
    #117499
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   75
    Bog'liq
    Dinshunoslik maruza

    Adabiyotlar

    1. Yo‘ldoshev X., Rahimjonov D., Komilov M. Dinshunoslik (Ma’ruzalar matni) T., 2000y.

    2. Jabborov I., Jabborov S. Jahon dinlari tarixi. T., «O‘zbekiston», 2002y.

    3. Xusanov S. Mirjavharova D. Dinshunoslik (o‘quv-uslubiy qo‘llanma). T.:-2005

    4. A. Mo‘minov, H. Yo‘ldoshxo‘jaev, D.Rahimjonov, M. Komilov, A. Abdusattorov, A. Oripov Dinshunoslik (oliy ta’lim muassasalari bakalavriat va magistratura talabalari uchun darslik) Toshkent – 2003

    5. Yovqochev Sh. “Markaziy Osiyo xalqlari dinlari tarixi” (O‘quv qo‘llanma) Toshkent – 2005

    6. Osnovы religiovedeniya. Uchebnoe posobie dlya studentov vыsshix uchebnыx zavedeniy. Pod obщ. red. I.N. Yablokova. M., 1995.

    7. Religioznыe traditsii mira. V 2-tomax. M., 1996.

    8. Vinnichuk L. Lyudi, nravы, obыchai Drevney Gresii i Rima. M., 1988.

    9. Korostovsev M.A. Religiya Drevnego Yegipta. M., 1976.

    10. Tokarev S.A. Religiya v istorii narodov mira. 4-ye izd. M., 1986.



    4- Mavzu: Jahon dinlari. Buddizm va xristianlik
    Ma’ruza rejasi:

    1. Buddaviylik diniy ta’limoti.

    2. Buddaviylik O‘rta Osiyoda.

    3. Xristianlik diniy ta’limoti va muqaddas kitobi.

    4. Xristianlikning O‘rta Osiyoga kirib kelishi

    Tayanch tushunchalar
    Buddizm, to‘rt oliy haqiqat, nirvana, pancha shila, hinayana, maxayana, lamaizm, Dalvarzintepa, Ayritom, Qoratepa, xristian ilohiyoti, Bibliya, Injil, eski ahd, yangi ahd, ilohiy habar, Nikey sobora, provaslav, katolik, protestantizm, cherkov, avliyo ota, Turkiston yeparxiyasi ;
    1. Masala bayoni. Buddaviylik diniy ta’limoti
    Buddaviylik (budizm) jahonda keng tarqalgan qadimgi jahon dinlaridan biri bo‘lib, uning asoschisi Budda nomidan olingan. Buddizm (Budda nomidan olingan), Buddaviylik – diniy-falsafiy ta’limot, jahonda keng tarqalgan dinlardan biri (xristianlik va islom dini bilan birga). Unga e’tiqod qiluvchilar taxm. 500 mln.dan ortiq. Mil.av. 6-5 asrlarda Hindistonda paydo bo‘lgan. Markaziy Osiyo, Jan.-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida va Uzoq Sharqda tarqalgan. Hozirgi kunda Buddaviylik Shri Lanka, Myanma (Birma), Tailand, Laos, Kambodja, Vetnam, Butan va Yaponiya kabi davlatlar, Tibetning asosiy dinidir. Bu muyyan tarixiy davrlarda Xitoy, Hindiston, Koreya va Indoneziyada, derli butun Osiyo xalqlari, ya’ni jahonning salkam 2/3 qismi aholisi ma’naviy qadriyatlariga juda katta ta’sir ko‘rsatgan.
    Budda so‘zining ma’nosi «hotirjam», «nurlangan», «oliy haqiqatga erishgan», «ziyolangan» demakdir. Buddaning asl ismi Siddxartha Gautama bo‘lib, laqabi Siddhartha «dili ravshan» degan ma’noni anglatadi.
    Budda tarixiy shaxs. Ammo uning qachon yashaganligi to‘g‘risida adabiyotlarda turli ma’lumotlar keltiriladi. Masalan, adabiyotlarda Budda milod.avval 623-544 yoki 567-488 yillarda yashaganligi qayd etilgan14. Budda shohning o‘g‘li bo‘lgan. Uni to‘q, farovon turmush qoniqtirmaydi.
    Bir kuni Siddxartxa sayr etgani ko‘chaga chiqqanida butun tanasiga yara toshib azoblanayotgan bir qari cholni, tag‘in bir kasal yotgan odamni, yana bir o‘layotgan kishini ko‘radi. Bulardan u barcha jonli mavjudlik, hayot azob-uqubatdan iborat degan xulosaga keladi. Budda kishilar boshiga tushadigan kulfat va azob-uqubatlar sababini o‘rganish va ularni bundan qutqarish maqsadida saroy hayotini tark etib, tarki dunyo qilib, o‘rmonga borib yashaydi. U yerda diniy, falsafiy kitoblarni o‘qib o‘rganib, braxmanlikdan yuz o‘girib, yangi ta’limot yaratishga urinadi.
    Nihoyat 35 yoshida unga haqiqat ayon bo‘ladi va u xalqqa «Haqiqiy bilim» topganini butun Xindiston bo‘ylab targ‘ib qilib 80 yoshida vafot etadi.
    Budda insoniyat boshiga tushadigan azob-uqubatlar sabablarini o‘rganish va insoniyatni ulardan xalos qilish uchun harakat qildi.
    Budda o‘z ta’limotining asosiy mazmunini Banorasda qilingan targ‘ibotida «to‘rt oliy haqiqat» shaklida bayon etgan. Buddaning shogirdlari yer yuzda birinchi rohiblar jamoasi Sanghani tashkil etganlar. 1956 yili Budda vafotining 2500 yilligi nishonlandi. Budda va uning ta’limotlari bir necha asr davomida og‘izdan-og‘izga o‘tib kelgan va miloddan avvalgi 1 asrda yozib olingan. Bu yozib olingan matn – «Tripitaka» deb nomlanadi. U «uch savat donolik» deb yuritilib, buddaviyliy dinining muqaddas kitobi sanaladi.
    Bu din miloddan avvalgi 273-232 yillarda podshoh Ashoka davrida Xindistonning rasmiy diniga aylanadi va boshqa Sharq mamlakatlariga tarqaladi. 9-asrga kelib Buddizm Xindistonda inqirozga yuz tuta boshladi va pirovardida bu yerda uning o‘rnini xinduizm to‘liq egallagan.
    Buddizm ta’limotiga ko‘ra, inson doimo azob-uqubatga mahkum va bunga uning o‘zi sabab bo‘ladi. Zero u, garchand befoyda bo‘lsa-da, o‘z hayoti va farovon turmushini saqlab qolishga harakat qiladi. Azob-uqubatdan qutilish uchun ko‘ngil xush ko‘rgan barcha narsalardan o‘zini tiyishi, nafsini qaytarishi lozim. Mantazam ravishda bunga amal qilishi, yolg‘ondan, o‘g‘rilikdan, boshqa narsalarga zarar yetkazishdan, zinodan o‘zini tiyishi, ongini oliy haqiqatga yetishishga qaratishi, xotirjamlikka va oxir-oqibatda azob-uqubatning tugashiga- nirvanaga olib keladi. Nirvanaga yetishish uchun talab qilinadigan axloqiy barkamollik bir emas, bir necha hayotni, ya’ni qayta tug‘ilishni taqozo etishi mumkin. Buddizm zaminida 3 narsa – Budda, Dxarma va Sangxaga e’tiqod qilish yotadi. Budda – Siddxarta Gautama – oliy haqiqatga yetishishning yorqin timsoli. Dxarma – Gautama (Budda) qoldirgan ta’limot – «to‘rt oliy haqiqat» dan iborat. Sangha – Budda asos solgan va xozirgacha faoliyat ko‘rsatib kelayotgan rohiblar jamoasi.
    Budda o‘z ta’limotining asosiy qoidalarini Banorasdagi targ‘ibotida «to‘rt oliy haqiqat» shaklida bayon etgan:

    1. Azob-uqubat haqidagi ta’limt. Unga ko‘ra, azob-uqubatning mutloq ekanligi tan olindi, ya’ni tug‘ilmoq, yashamoq, kasallik, ochlik, o‘lim, yaqin odamlaridan ajralish va hokazo azob-uqubatlar chekmoqlik.

    2. Azob-uqubatlarning sabablari haqidagi ta’limot. Unga ko‘ra, mavjudlik yovuzlikka tengdir. Azob-uqubatlarning sababi – kishilarning istak, nafs-hirsga (ya’ni yashashga, baxtga) intilishlaridir, hayotga tashnalikdir.

    3. Azob-uqubatlardan ozod bo‘lish haqidagi ta’limot. Unga ko‘ra, har qanday borliq, barcha ko‘rinish va shakllardagi har qanday hayot – bu, barcha mavjudotga azob beruvchi yomonlikdir. Yomonlik va azob-uqubatlarning sababi-insonning va barcha tirik mavjudotlarning bu dunyoga – ya’ni qayta tug‘ilish dunyosiga bog‘langanligi, ko‘ngil qo‘yganligidir. Har qanday insoniy tuyg‘u, hissiyot, istak azob-uqubatni chuqurlashtiradi, yana dahshatliroq tarzda qayta tug‘ilishga olib keladi. Borliq girdobidan, uning azob-uqubatlaridan chiqib olish uchun g‘aflatdan uyg‘onish, dunyo mohiyatini anglash, hayotga, yashashga chanqoqlikdan, turmush lazzatlaridan, hokimiyatga, boylikka intilishlardan batamom voz kechish, yerdagi barcha hodisalarning beqaror va o‘tkinchi ekanligini anglamoq, fahmlamoq darkor. Shuning uchun ham buddaviylik tarafdorlari «yurmoqdan ko‘ra o‘tirmoq», «uyg‘oq bo‘lgandan ko‘ra uxlamoq afzal», «yashamoqdan ko‘ra o‘lmoq yaxshi» degan naqlga amal qiladilar.

    4. Azob-uqubatlardan qutqarishning najot yo‘llarini topish, uning tugashiga olib keladigan yo‘l mavjudligiga ishonmoq. Uning yechimi «najotning olijanob sakkizlik yo‘li» da o‘z ifodasini topgan. Bular taqvodorlik e’tiqodi, qat’iyati, so‘zi, ishi, turmush tarzi, taqvodorlikka intilish, taqvodorlikni orzu qilish, taqvodorlik fikri – hayoli bilan yashash. Bu yo‘lga amal qilgan odam oqibatda yuksak kamolatga erishadi, ya’ni chin haqiqatni anglab yetgan avliyoga aylanadi va narvanaga o‘tadi. Buddaviylikda najot yo‘li bu har bir kishining bu dunyodan ya’ni sansaradan nirvanaga o‘tishdan iborat deb qaraladi. Nirvana – mutloq osoyishtalik hukm suradigan olam. U yerda inson barcha turmush tashvishlaridan xalos bo‘ladi, uning hayotiy istaklari ham, tuyg‘ulari ham, ehtiroslari ham bo‘lmaydi. Nirvana qayta tug‘ilishlar silsilasining olis qismi, insonning boshqa qiyofalarga kirishining to‘xtashi, azob-uqubatlardan abadiy halos bo‘lishi.

    Buddizmda olam uch bosqichli deb ta’riflanadi. Uning birinchisi eng yuqori nirvana sanaladi. Ikkinchi olam ruhiy mavjudotlar bilan to‘lgan jannat bo‘lib, unda ruhi gunohlaridan xalos bo‘lgan, lekin eng oliy olamga – nirvanaga ko‘tarilmagan avliyolar yashaydilar. Olamning shu qismidan insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish uchun Budda ta’limoti yuboriladi, deb hisoblanadi. Uchinchi olam bu eng quyi olam bo‘lib, unda odamlar va hayvonlar yashaydilar. Olamning bu qismida ruh qafasda yashaydi. U qafas changalidan qutilish va yuqori olamga ko‘tarilishga harakat qiladi. Ruh yuqori olamga o‘z-o‘zidan emas, balki odamlarning savobli ishlari orqaligina ko‘tarilishi mumkin. Agar odamlar buddaga e’tiqod qilsalar, ularning joni bir necha qayta tug‘ilishlardan so‘ng jannatga va undan so‘ng nirvanaga ko‘tariladi. Yomon odamlarning ruhlari esa, quyi dunyoda azoblanib qafas ichida yuraveradi, yuqori olamga ko‘tarila olmaydi. Agar inson nafsoniy va xirsiy aldanishlarga berilib ketsa, undan qutila olmasa, uning ruhi bir necha qayta tug‘ilishlardan so‘ng do‘zohga tushadi. Buddizm ta’limotiga ko‘ra, o‘lim insonni hayot azob-uqubatlaridan xalos eta olmaydi. Sansarning og‘ir azob-uqubatlaridan faqat uzoq qayta tug‘ilishlardan so‘ng chin haqiqatni anglab yetgan avliyolargina halos bo‘lishlari mumkin.
    Buddizmda tirik mavjudot – ya’ni ruh qayta tug‘ilishi natijasida nafaqat insoniy, ayni paytda, boshqacha qiyofada, chunonchi hayvon, o‘simlik, parranda va boshqa jonzotlar shaklida namoyon bo‘lishi mumkin, deb uqtiriladi.
    Buddaviylik ta’limoti mohiyatan barcha jonli narsalarga muhabbat bilan qarashni targ‘ib qiladi. Xozirda ham biron kishi buddaviy oldida biron bir hayvonni o‘ldirsa yoki biror daraxtni kesib tashlasa qattiq g‘azablanadi.
    Buddaviylik ta’limoticha, har bir kishini xulq-atvor qonuni – karma qonuni ta’qib etadi. Ya’ni har bir kishi o‘zining savob va gunoh, yaxshi va yomon ishlarining ajrini albatta oladi. Bu ajrni bu dunyoda olmasa keyingi, qayta dunyoga kelishida oladi yoki bu ajr uning kelgusi to‘rt avlodidan birining zimmasiga yuklanadi, deb ko‘rsatiladi. Shu bilan birga, Buddaviylikda oddiy odamlar faqat yaxshiroq bo‘lib qayta tug‘ilishlariga umid qilishlari mumkin. Buning uchun ular 5 ta axloqiy qoidaga amal qilishlari lozimligi aytiladi. 1. Yomonlik qilmaslik; 2. His-tuyg‘ularga ortiqcha berilmaslik; 3. Ichkilikdan o‘zini saqlash; 4. Yolg‘on so‘zlamaslik; 5. O‘g‘rilik qilmaslik.
    Azob-uqubatdagi har bir kishi ilgari tug‘ilgan aka-ukalari, ota-onalarining gunohlari uchun ham shunday karmaga duchor bo‘lishlari mumkin.
    Buddaviylik ta’limotiga ko‘ra, har bir kishida bir umr tugagandan so‘ng ikkinchi umr boshlanadi. Inson o‘lar ekan uning tanasi, vujudi o‘ladi, lekin hayoti yangi vujudlarda davom etaveradi, deb ta’lim beradi.
    Buddaning o‘z shogirdlariga aytgan so‘nggi vasiyatida, uning ta’limotining mohiyati aks etgan: «Xirsu havas jamiyki baxtsizliklarning sababchisidir. Vaqt o‘tishi bilan hamma narsa o‘zgaradi. Shuning uchun hech narsaga ortiqcha ko‘ngil bog‘lamanglar. Buning o‘rniga ko‘ngilni toza tutinglar, haqiqat va abadiy baxt izlanglar!»
    Budda va uning izdoshlari yer yuzida birinchi monaxlik jamoasi Sanghaga asos solganlar va u xozirgacha faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Mazkur rohiblar jamoasi tor ma’noda o‘tgan asrlarda «oliy haqiqat» ga yetishgan ko‘plab avliyolardir. Sangha jamoasiga qabul qilingan shaxs quyidagi 10 farzni ado etishga qasamyod qiladi: 1. hech kim yoki hech narsani hayotdan judo qilmaslik; 2. yolg‘on so‘zlamaslik; 3. o‘g‘rilik qilmaslik; 4. jinsiy aloqaga kirmaslik; 5. mast qiluvchi ichimlik ichmaslik; 6. kunning ikkinchi yarmidan to ertangi sahargacha ovqat tanovul qilmaslik; 7. uch kiyimdan ortiq hech narsa bilan tanani bezamaslik; 8. ommaviy ko‘ngilxushliklarda ishtirok etmaslik va tomoshabin sifatida qatnashmaslik; 9. baland va yumshoq o‘rinda yotmaslik; 10. pul ishlatmaslik.
    Shuni ta’kidlash lozimki Buddaviylikda Siddxartha Gautama yagona Budda emas. Bunday Buddalar buddaviylikda 1000 nafarni tashkil etadi. Ularning eng mashxuri mazkur dinning asoschisi Siddxartha Gautamadir.
    Shunday qilib, Buddaviylik – Buddaga ergashib, u qoldirgan ta’limot talablarini bajarish va Sangha jamoasining a’zosi bo‘lib qolishdan iborat diniy ta’limotdir.

    Download 0,69 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   75




    Download 0,69 Mb.