|
Dinshunoslik
|
bet | 17/75 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 0,69 Mb. | | #117499 |
Bog'liq Dinshunoslik maruzaBraxmanizm ham qadimgi xind dini bo‘lib, uning nomi Vedalar kitobida keltirilgan xind oliy tabaqa vakillari – braxmanlar (ruhoniylar) nomidan olingan. Bu dinda qadimgi Xindistondagi ijtimoiy tabaqalanish himoya qilinadi. Braxmanizm ta’limotiga ko‘ra xind jamiyati 4 ta kasta (tabaqa)ga bo‘lingan. Bular quyidagilar: 1-kasta Braxmanlar (ruxoniylar) eng oliy tabaqa hisoblangan. 2-kasta Kshatriylar – podsholar, knyazlar, xarbiylardan iborat. 3-kasta Vayshiylar – savdogar va xunarmandlardan iborat tabaqa. 4-kasta – Shudriylar eng past tabaqa bo‘lib, ular oddiy xalq, dehqonlardan iborat.
Braxmanlik Veda dini asosida miloddan avvalgi ming yillik boshlarida vujudga kelgan. U mohiyatan veda dinining rivojlangan shaklidir. Bu dinda Braxma, Shiva va Vishnu xudolari tan olinadi. Braxma – koinotni yaratuvchisi, unga jon ato etuvchi; Vishnu – tabiatni asrovchi; Shiva – tabiatni vayron etuvchi xudo deb tasvirlanadi, e’tirof etiladi. Braxmanlikda sigir, maymun, ayrim o‘simliklar muqaddaslashtiriladi.
Bu dinda jonli narsalar, shu jumladan insonlar ham o‘lgandan so‘ng qayta tirilish, tug‘ilish xususiyatiga ega deyiladi. Shu asosda jonning ko‘chib yurishi to‘g‘risidagi qarashlar diniy jihatdan asoslab berilgan.
Er.av. VI-V asrlarda buddizm vujudga keldi va braxmanizmga qarshi kurash olib bordi. Bu ikki din o‘rtasidagi kurash jarayonidagi Braxmanizm asta-sekin xinduizmga aylanib ketdi. Xinduizm vedalar va braxmanlik dinlari zaminida vujudga kelgan ko‘p xudolik dinidir. Braxmanlikdagi uch xudo- Braxma, Vishnu va Shiva tan olinadi.
Xinduizmda ajdodlar ruhiga, tog‘lar, daryolar (xususan Gang), nilufar o‘simligi, sigir, fil, maymun, ilon va boshqalarni muqaddas hisoblab, ularga sig‘inishadi. Har bir xindu Gang daryosi bo‘yida o‘lim topishini, shu daryo bo‘yida jasadini kuydirishini va kulini (hokini) shu daryoga sochilishini o‘zi uchun baxt hisoblaydi.
Ruh (jon)ning ko‘chib yurishi to‘g‘risidagi qarash barcha dindorlar uchun umumiy ta’limotdir. Unga ko‘ra, kishi o‘lgandan so‘ng uning joni yangi o‘simlik, hayvon yoki inson tanasiga kirib olish yo‘li bilan qayta tug‘iladi. Xinduizmning asosiy maqsadi insonni mana shu qayta tug‘ilishdan, azob-uqubatlardan xalos etishdir. Bunga esa Braxmaga erishish, jonning unga qo‘shilib ketish bilan erishiladi, deyiladi. Bu maqsadga erishish uchun Braxmaning ilohiy mohiyatini to‘la bilib olish, unga mehr qo‘yish, sevish, u ko‘rsatgan yo‘ldan borish orqali erishiladi deb talqin etiladi.
Xindistonda hech bo‘lmasa onasi yoki otasi xind bo‘lgan va boshqa biror dinga e’tiqod qilmaydigan har bir kimsa xinduist hisoblanadi.
VIII asrda Xindistonda Islom tarqalishi bilan, uni qabul qilmaganlarni «xindu» lar deb atash rasm bo‘lgan. Bugungi kunda Xindiston aholisining 83 foizi shu dinga e’tiqod qiladi.10
Hindistonda tarqalgan milliy dinlardan biri Jaynizm bo‘lib, xozirgi kunda bu dinga qariyb 3 mln kishi e’tiqod qiladi.11 Jaynizm er.av. VI asrda vujudga kelgan. Rivoyatlarga ko‘ra, jaynizm asrlar osha 24 ustoz-payg‘ambar orqali yetib kelgan. Bularning so‘nggisi Jinna bo‘lib shu din asoschisi hisoblanadi. Vedalarning muqaddasligini, qurbonliklar qilishni, ruhoniylar va xudolarning inson taqdiriga hal qiluvchi ta’sirini inkor etadi.
Jaynizmda markaziy o‘rinni turli moddiy jismlarga muntazam joylasha oladigan abadiy jon haqidagi ta’limot egallaydi. Bunga ko‘ra, inson joni barcha qilmishlari uchun javobgar, chunki bu qilmishlar karma qonuni asosida ro‘y beradi. Karma qonuni tanni jon bilan bog‘laydi, insonni yerdagi ishlar bilan zanjirband etadi va uning keyingi tug‘ilishlarini bergilab beradi. Kishilar «o‘z jonini o‘zi xalos qilishi», «qayta tug‘ilishdan ozod bo‘lishi» mumkin. Buning uchun taqvodor bo‘lishi, Jinnaga e’tiqod qilishi, Jinna ta’limotiga ishonishi, Jinna belgilagan axloq me’yorlariga amal qilishi kerak.
Jaynizmda ikki asosiy oqim mavjud. Ulardan biri – digambarlar bo‘lib, ular hayotning barcha lazzatlaridan voz kechganlar, zohidlik yo‘lini tutganlar. Hech nimani, hatto oddiy tirik jonivorlarni o‘ldirmaslik to‘g‘risidagi ta’limotga amal qiladilar. Kichkina bo‘lsa hamki, jonivorni o‘ldirib qo‘ymaylik deb xatto suv ichganlarida ham og‘izlarini latta bilan berkitadilar.
Xindistonda XVI asrda shakllangan milliy dinlardan yana biri Sikhizmdir. Sikhizm – sanskrit tilida «shogird» degan ma’noni bildiradi. Bu dinning asoschisi siklar qabilasi ichidan chiqqan guruh (ustoz) Nanak degan kishi bo‘lgan.
Bu dinda yagona, qiyofasiz Xudoga e’tiqod qilinadi. Ular Borliq va olamdagi barcha xodisalar yaratuvchining oliy qudratining natijasidir, barcha odamlar esa Xudo oldida tengdirlar deb bilib, xinduizmdan yuz o‘girganlar. Xindiston jamiyatidagi diniy bo‘linishga qarshi bo‘lganlar.
Shunday qilib umumbashariyat madaniyat o‘choqlaridan biri bo‘lgan Xindistonda asrlar osha vedaizm, braxmanizm, xinduizm, jaynizm, sikhizm kabi milliy dinlar shakllanganligini ko‘rishimiz mumkin.
|
| |