Masala bayoni. Qadimgi Misr va Yunoniston dinlari




Download 0,69 Mb.
bet13/75
Sana12.12.2023
Hajmi0,69 Mb.
#117499
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   75
Bog'liq
Dinshunoslik maruza

Masala bayoni. Qadimgi Misr va Yunoniston dinlari

Misr. Qadimgi Misr dinlari nomlarning rahnamo-xudolariga sig‘inishga asoslangan. Mil. av. IV asrda qabilalar nomlar deb atalgan. Nom xudolariga sig‘inish juda uzoq muddat davom etganligiga qaramasdan o‘zining qadimiy xususiyatlarini saqlab qolgan. Har bir qabila o‘z xudosiga ibodat qilish, uni e’zozlash bilan bir qatorda o‘sha xudo bilan qandaydir jihat bilan bog‘liq bo‘lgan muayyan hayvonni ham e’zozlagan va unga sig‘ingan. Ular ikkalasi yoki alohida-alohida shaklda yoxud zooantropomorf, ya’ni odam-hayvon shaklida tasvirlangan. Masalan, Elefantinda – qo‘yga, Denderada – sigirga, Siutda – chiyabo‘riga, Germopolda – ibis (laylakka o‘xshash uzun oyoqli qush) va pavianga (ittumshuq maymun), al-Fayyum vodiysida – timsohga, Bubastisda esa mushukka sig‘inganlar. Janubiy Misrning qadimiy birlashishiga asos bo‘lgan Nexenda kalxat ayol xudosiga, unga yaqin joylashgan Naxabda suv nilufariga sig‘inganlar. Shimoliy Misr birlashuvining qadimiy markazi Butoda muqaddas ilonga, qo‘shni Pe jamoasida asalariga sig‘inganlar.
Ko‘rinib turibdiki, Qadimgi Misr dinlarida ko‘proq totemistik unsurlar saqlanib qolgan. Ko‘pchilik tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha, Misr totemizmi qabilaviy emas, balki mahalliy bo‘lgan. Shunga qaramay, Afrika etnografiyasi keltirgan ishonchli dalillar hayvonlarni ulug‘lash va ularga sig‘inish odatlari avval ma’lum bir qabila miqyosida bo‘lib, keyinchalik muayyan hudud doirasini qamrab olganligidan dalolat beradi.
Deyarli barcha mahalliy rahnamo-xudolarga sig‘inish udumlari muqaddas hisoblangan hayvonga odam shaklini berish bilan kelib chiqqan. Masalan, mushuk keyinchalik mushuk boshli Bastet xudosiga, lochin – Gor xudosiga aylangan. Totaning ibis boshli, Anubisning it boshli, Sobekning timsoh boshli, Soxmetning urg‘ochi sher boshli, Xator xudosining sigir boshli qilib tasvirlanishi muqaddas hayvonlarning keyinchalik yarim odam-yarim hayvon shakliga kirganidan darak beradi.
Misr xudolari orasida Nexebt, Xator, Neyt, Soxmet, Neftida kabi ko‘p sonli ayol xudolarining mavjudligi Qadimgi Misrda matriarxal munosabatlar kuchli bo‘lganligining oqibatidir.
Misrning birlashish davridan avvalroq butun Misrning umumiy xudolari kulti vujudga kelganligini kuzatish mumkin. Agar biron-bir qabila Misrning birlashtirilishida asosiy o‘rinni egallasa, o‘sha qabilaning xudosi umumdavlat ma’budiga aylangan.
Misrning umumiy xudolari orasida eng qadimiylaridan biri lochin Gor xudosi bo‘lib, avval unga Ierakonpol va Edfuda sig‘inganlar. Bu mintaqadan chiqqan Gorga sig‘ingan podshohlar Misrning ilk birlashtiruvchilari bo‘lganlar (1-2-sulola; mil. av. to‘rtinchi ming yillikning oxiri). Ular o‘z qabilaviy xudolarini umummisr quyosh xudosiga aylantirdilar. Mamlakat poytaxti Memfisga ko‘chirilgan vaqtda (3-sulola; mil. av. 3000 y. atrofi) Misrning asosiy rasmiy xudosi Ptax nomli Memfis xudosi bo‘lib qoldi. Mil. av. 2700 yillar atrofida 5-sulola hokimiyat tepasiga kelgan paytda On (Geliopol) shahri bilan bog‘liq bo‘lgan Atum (Ra) xudosi Misrning oliy xudosiga aylandi. 11-12-sulolalar davrida (mil. av. 2100-1800 y. ) juda ham mashhur bo‘lmagan Amon xudosi umummisr xudolarining asosiysiga aylandi va oldingi oliy xudo Ra bilan birlashib Amon-Ra shaklini oldi.
Mamlakatning birlashtirilishi natijasida mahalliy xudolar ham ikkinchi darajali ma’budlarga aylanganlar. Germopol xudosi Tot (Ibis) olimlar va kotiblar rahnamosiga, Siut xudosi Anut narigi dunyo hukmdoriga, Latopolning ayol xudosi urush xudosiga, Koptos xudosi Min ajnabiylar rahnamosiga aylandi va h.k.
Qadimgi Misr dinlari guruhlaridan biri xalq dehqonchilik e’tiqodlari va marosimlari bilan bog‘liq bo‘lgan. Ular haqida ma’lumotlar nisbatan kam, chunki qadimgi yozma yodgorliklarda xalq dinlari emas, balki davlat dinlari haqida xabar beriladi. Biroq davlat dinlariga ham xalq e’tiqodlari o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Bu ta’sirni rasmiy din xudolari timsolida ko‘rish mumkin: serhosillik xudosi avvalda Koptos xudosi Min, Fiva xudosi Amon, Elefantin xudosi Xnum, Delta ayol xudosi Isida va h.k. bo‘lgan. Ammo xalqning dehqonchilik dinlari asosiy xudosi Osiris bo‘lgan.
Qadimgi Misrda podshohlar – fir’avnlarning ilohiylashtirilish holatlarini kuzatish mumkin. Mamlakatni birlashtirgan Gor xudosiga sig‘ingan qadimiy podshohlar o‘zlarini xudolarining panohida deb hisoblaganlar va hatto o‘zlarini uning nomi bilan ataganlar. 5-sulola davridan boshlab, fir’avn quyosh xudosi Raning o‘g‘li deb sanaladigan bo‘ldi. Podsholarni xudoning o‘g‘li deb bilish milodning boshlarigacha davom etgan. Podshohning o‘zi asosiy diniy marosimlarni shaxsan ijro qilgan: ibodatxonalarga asos solgan, uning yolg‘iz o‘zi xudoga atalgan qurbonliklarni ado etgan. Ruhoniylar faqatgina podshoh nomidangina ish yuritganlar. Fuqarolar uning huzurida yer o‘pib ta’zim qilganlar, podshoh nomini aytish taqiqlangan, diniy ramzlarda uning surati aks ettirilgan. Bularning hammasi podshoh nasabining xudoga tegishli deb e’tiqod qilinganidan darak beradi.
Qadimgi Misrda dafn marosimlari asta-sekin taraqqiy etib bordi. Avvalda o‘lgan odam jasadini yonboshlatib, ba’zi ashyolar bilan birga ko‘mganlar. Ba’zan jasad bo‘laklarga bo‘lib ko‘milgan. Vaqt o‘tishi bilan, ayniqsa, podshohlar dafn rasm-rusumlari o‘zgarib borgan. Sag‘analar bora-bora keng va murakkab uslubda qurila boshlagan. Avval yerdan ozgina yuqori ko‘tarilgan piramida shaklida, keyinroq esa baland piramida shaklini olgan. Vafot etgan podshohning jasadi mumiyolanib dafn etilgan. Keyinchalik podshoh mulozimlari, so‘ngroq o‘rta tabaqa kishilari ham mumiyolanadigan bo‘lgan. Mumiyolashning murakkab texnologiyasi tobora rivojlanib borgan. Mumiyolash ruhoniylar tomonidan bajarilgan. Ular bu ishda juda mohir bo‘lganlar. Mana shuning uchun ham ular tomonidan mumiyolangan jasadlar bugungi kunga qadar saqlanib kelmoqda.
Qadimgi Misrda jasadlarning mumiyolanishi o‘limdan keyingi hayotga bo‘lgan ishonchdan darak beradi. Qadimgi misrliklar e’tiqodlariga ko‘ra, odam o‘lishi bilan uning jasadidan uning nomi (ren), ruhi (ba), joni (ka) chiqib ketadi. Ka – insonning joni jasadning taqdiri bilan bog‘liq hisoblangan. Ka o‘lmas emas, agar jasad kerakli anjomlar bilan qo‘shib dafn etilmasa, ka ochlik va chanqoqdan o‘lishi mumkin. Agar turli sehrli duolar yozib qo‘yilmasa, kani narigi dunyodagi maxluqlar yeb qo‘yishi mumkin. Jasad yaxshilab mumiyolanib, uzoq saqlansa yoki hech bo‘lmasa, uning ustixoni qancha uzoq saqlansa, ruhi ham shuncha uzoq yashaydi.
Misrliklarning esxatologik tasavvurlariga ko‘ra, oliy nasab, boy kishilar o‘lgandan keyin narigi dunyoda farovon hayot kechiradilar. Ushbu tasavvurlar haqida 6-sulola vakillari sag‘analarida aks ettirilgan suratlar xabar beradi. Bu kabi farovon hayotga, ularning fikrlaricha, bu dunyoda farovon hayot kechirganlar yetishganlar yoki bunday hayotga sehr-jodu bilan erishish mumkin bo‘lgan. Misrning qadimgi e’tiqodlarida o‘lganlar rahnamolari bo‘lgan xudolar haqida tasavvurlar mavjud bo‘lgan.
O‘rta podshohlik davrida o‘lganlar ruhlari ustidan hukm chiqarish haqidagi tasavvurlar paydo bo‘lgan. Bu ta’limotlar piramidalar matnlarida uchramaydi. Ular Osiris xudosini ruhlar ustidan hukm qiluvchi xudo sifatida ta’riflaganlar.
Qadimgi Misr dinlari tarixida sehr-jodu katta o‘rinni egallagan. Bizgacha yetib kelgan yozma va tasviriy manbalar, ashyoviy dalillar xalq hayotining turli sohalarida Misr tarixining barcha bosqichlarida sehrgarlikdan keng foydalanilganligidan dalolat beradi. Jumladan, tibbiyot bilan bog‘liq davolash-himoyalash sehrgarligi bunga yaqqol misoldir. Misr tibbiyoti, xususan, dorishunosligi nisbatan yuqori o‘rinda turgan va ularning barchasi sehrgarlik tasavvurlari bilan bog‘liq bo‘lgan. Ebers papirusi (12-sulola davri, mil. av. 2000 y.) nomini olgan tibbiyotga oid nisbatan ilmiy asarda ham dorilar tarkibi haqida yozila turib, ular orasida bir qator kasallikni ketkazuvchi sehrli so‘zlar ham berilgan. Boshqa tibbiy asarlarda esa sehrgarlik yanada ko‘proq uchraydi. Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, tibbiyot ruhoniylar qo‘lida bo‘lgan. Undan tashqari, ob-havo sehrgarligi ham amalda ko‘p qo‘llangan. Mana shunday marosimlardan biri Raning dushmani Apopga qarshi Fiva ibodatxonasi ruhoniylari doim quyosh porlab turishi uchun har kuni sehrgarlik marosimlarini o‘tkazar edilar. Shuningdek, dushmanga zarar yetkazish sehrgarligi mavjud edi. Bunda dushman timsoliga qarata zarar yetkazuvchi duolar o‘qilar edi. Shu bilan birga, yuqorida zikr etilganidek, o‘lganlarning ruhi narigi dunyoda rohat-farog‘atda yashashi uchun o‘tkaziladigan sehrgarlik marosimlari ham bo‘lgan.
Misr diniy hayotida, ayniqsa, keyingi davrda ruhoniylik katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Avval boshda bunday mansab bo‘lmagan. Qadimiy podshohlik davrida ruhoniylar juda kam bo‘lgan. Diniy marosimlarni asosan dunyoviy kishilar – hokimlar, oqsoqollar, markazda esa fir’avnlar amalga oshirgan. Ruhoniylar esa mazkur boshliqlar nomidan ish yuritganlar. Ruhoniylar orasida faqatgina Memfis xudosi Ptax, Geliopol xudosi Ra ibodatxonasi ruhoniylarigina nufuzli mavqega ega bo‘lganlar.
Misr aholisining milliy hissiyotlari kuchaygan va podshohlikning zaiflashgan davrida (mil. av. 1700-1570 y. ) ruhoniylarning obro‘si oshdi. Keyinchalik ruhoniylik avloddan-avlodga meros tarzida o‘tadigan bo‘ldi.
19-20-sulolalar davriga kelib (mil. av. XIV – XI asrlar) nufuzi pasayib qolgan fir’avnlar ruhoniylar yordamisiz ish yurita olmas edilar. Shuning uchun ham ruhoniylarga katta-katta yer-mulklar berar edilar.
Misr hayotining mafkuraviy sohasini o‘z qo‘liga olgan ruhoniylar mamlakat ijtimoiy hayotida sezilarli ta’sirga ega edilar.

Download 0,69 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   75




Download 0,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Masala bayoni. Qadimgi Misr va Yunoniston dinlari

Download 0,69 Mb.