|
Professional etika va kasbiy etiketning vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari etiketning kelib chiqishi, maqsadi va zamonaviy ahamiyati
|
bet | 1/6 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 127,72 Kb. | | #238146 |
Bog'liq Мавзу №2 PROFESSIONAL ETIKA VA KASBIY ETIKETNING VUJUDGA KELISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI ETIKETNING KELIB CHIQISHI, MAQSADI VA ZAMONAVIY AHAMIYATI Reja: 1. Professional etika axloqiy madaniyat ko’rinishi 2. Profesional etikaning tamoyillari
Tayanch tushunchalar:
Qadr-qimmat, odob, sotuvchi odobi, xaridor odobi, xodimlar (xizmatkorlar) odobi, maddohlar odobi, axloq, milliy qadriyatlar, muomala madaniyati, mayllar, onglanmaganlik, ruhiy tahlil, etiket, zamonaviy etiket, milliy etiket, mumtoz etiket, axloqiy madaniyat, Qadimgi Misr, Qadimgi Yunoniston, “Germes nishonlari, profesional etikaning beshta tamoyili, yaxlitlilik, ob’yektivlik, kasbiy kompetentlik va ish haqida qayg‘urish,konfedetsiallik, kasbiy xulq-atvor
Professional etika axloqiy madaniyat tizimida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Chunki inson voyaga yetib, bir kasbning boshini tutgach, o‘z kasbi doirasida odamlar bilan muntazam munosabatda bo‘ladi. Bu munosabat, bir tomondan, hamkasabalar davrasida ro‘y bersa, ikkinchi jihatdan, u kasb talabiga binoan uchrashadigan turli toifadagi odamlar bilan yuzaga keladi. Ayni paytda, kasbiy odob axloqiy madaniyatning eng yuksak shakllaridan biri; uning jamiyat axloqiy hayotidagi o‘rni yuksak. - Professional etika axloqiy madaniyat tizimida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Chunki inson voyaga yetib, bir kasbning boshini tutgach, o‘z kasbi doirasida odamlar bilan muntazam munosabatda bo‘ladi. Bu munosabat, bir tomondan, hamkasabalar davrasida ro‘y bersa, ikkinchi jihatdan, u kasb talabiga binoan uchrashadigan turli toifadagi odamlar bilan yuzaga keladi. Ayni paytda, kasbiy odob axloqiy madaniyatning eng yuksak shakllaridan biri; uning jamiyat axloqiy hayotidagi o‘rni yuksak.
- Har bir jamiyatda muayyan guruhlar borki, egallagan kasblari ularni boshqa jamiyatdoshlariga nisbatan imtiyozli darajaga olib chiqadi. Ko‘pchilik jamiyat a’zolarining hayot-mamotlari, sog‘ligi, ma’naviy sog‘lomligi, huquqiy himoyasi, ilmiy salohiyatining namoyon bo‘lishi kabi omillar huddi shunday imtiyozli kasb egalarining o‘z kasbiy burch mas’uliyatini qay darajada his etishlariga, halollik va vijdon yuzasidan ish ko‘rishlariga bog‘liqligi hammaga ma’lum.
- Shuningdek, sharqning buyuk notig‘i Husayn Voiz Koshifiyning “Futuvvatnomai sultoniy yohud javonmardlik tariqati” nomli kitobida Professional etika va kasbiy odob muammolariga atroflicha to‘xtalib o‘tadi. Xususan, kitobning beshinchi bobining o‘n to‘rtinchi, o‘n beshinchi va o‘n oltinchi fasllari turli kasb egalari odobiga bag‘ishlangan. Masalan, o‘n to‘rtinchi fasl «Kasb-kor va savdo-tijorat odobi haqida» deb nomlanadi va umuman kasb egasi, ayni paytda, savdo-tijorat ahli odobi qonun-qoidalarini o‘zi ichiga oladi. Koshifiy yozadi:
- «Bilgilkim, hamma kasblarga birday taalluqli qisqacha qoida-adablar mavjud, Shuningdek, har bir kasb uchun alohida odob ham bor.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Professional etika va kasbiy etiketning vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari etiketning kelib chiqishi, maqsadi va zamonaviy ahamiyati
|