|
Professional etika va kasbiy etiketning vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari etiketning kelib chiqishi, maqsadi va zamonaviy ahamiyati
|
bet | 2/6 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 127,72 Kb. | | #238146 |
Bog'liq Мавзу №2Garchand, «Futuvvatnomai Sultoniy» javonmardlik (jo‘mardlik) tariqati darveshlariga atab yozilgan bo‘lsada, unda ilgari surilgan axloqiy tamoyillar va g‘oyalar umummintaqaviy, umuminsoniy qamrovga ega. Zero, buyuk forsigo‘y o‘zbek shoiri Pahlavon Mahmud ma’lum ma’noda yangilagan bu tariqat darveshlik xirqasini kiygan, lekin zarur bo‘lsa, barcha qurollar turini ishga solib, Vatan himoyasiga otlanishni birinchi galdagi vazifasi deb bilgan erkparvar insonlar sulukidir. Shu bois mazkur kitobda diniylik dunyoviylikdan ajratilmaydi, ular bir- birini to‘ldirishi bilan inson hayotini axloqiylashtiradigan, go‘zallashtiradigan hodisalar sifatida talqin etiladi. Javonmardlikning harbiylashtirilgan nasroniylar ritsarlik ordenlaridan farqi ham shunda. - Garchand, «Futuvvatnomai Sultoniy» javonmardlik (jo‘mardlik) tariqati darveshlariga atab yozilgan bo‘lsada, unda ilgari surilgan axloqiy tamoyillar va g‘oyalar umummintaqaviy, umuminsoniy qamrovga ega. Zero, buyuk forsigo‘y o‘zbek shoiri Pahlavon Mahmud ma’lum ma’noda yangilagan bu tariqat darveshlik xirqasini kiygan, lekin zarur bo‘lsa, barcha qurollar turini ishga solib, Vatan himoyasiga otlanishni birinchi galdagi vazifasi deb bilgan erkparvar insonlar sulukidir. Shu bois mazkur kitobda diniylik dunyoviylikdan ajratilmaydi, ular bir- birini to‘ldirishi bilan inson hayotini axloqiylashtiradigan, go‘zallashtiradigan hodisalar sifatida talqin etiladi. Javonmardlikning harbiylashtirilgan nasroniylar ritsarlik ordenlaridan farqi ham shunda.
- Koshifiy ilgari surgan axloqiy g‘oyalar hozirgi kunda ko‘p jihatdan o‘z ta’sir kuchini yo‘qotgan emas. Ayniqsa, uning tijoratchi, sotuvchi va xaridor odobiga doir qoidalarini zamonaviy bozorlarimiz, tijorat markazlarimiz va do‘konlarimiz devorlariga yozib qo‘yish ayni muddao bo‘lur edi.
- Shuni alohida ta’kidlash zarurki, kasb etikasida burch asosiy mezoniy tushuncha hisoblanadi. Chunki, burch mohiyatan jamiyat, davlat va shahslarga nisbatan muayyan individdagi munosabat, ular oldidagi majburiyatdir. U vijdon, e’tiqod, mas’uliyat kabi tushunchalar bilan mustahkam bog‘liq. Umuman, hayotda insonning har bir hatti-harakati zamirida burch tushunchasi - burchga sadoqat yoki xiyonat yotadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Professional etika va kasbiy etiketning vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari etiketning kelib chiqishi, maqsadi va zamonaviy ahamiyati
|