|
Notebookni tarmoqqa ulash
|
Sana | 22.02.2024 | Hajmi | 28,5 Kb. | | #160430 |
Bog'liq notebookni tarmoqqa ulash
Notebookni tarmoqqa ulash
Ofisdan tashqarida — uyda yoki turli xil safarlar vaqtida ishlashiga to’g’ri kelmaydigan firma raxbari, boshqaruvchisi, tijoratchi, ilmiy xodim, jurnalistni tasavvur qilish qiyindir.
Bunda kompyutersiz samarali ishlash mumkin bo’lmagani uchun hamma aytib o’tilgan mutaxassislar yuqoridagiga o’xshash sharoitlarda ishlash uchun keng moslashtirilgan ixcham kompyuterlardan keng miqyosda foydalanadilar. O’zining imkoniyatlari bo`yicha ixcham kompyuterlar oddiy stol ustidagi tizimlardan qolishmaydi, ba’zi bir parametrlari bo’yicha еsa xatto ulardan o’zib ketadi.
Ofisda yoki uyda ishlaganda oddiy klaviaturaga va videomonitorga o’tish mumkin, ixcham kompyuter stol ustidagi kompyuterga terminal sifatida ulanishi mumkin, ko’pchilik modellari hisoblash tarmog’iga ulash imkonini beradi, ularning ba’zilari еsa tarmoqqa, shu jumladan, Internet tarmog’iga, xatto radiokanal bo’yicha masofadan turib ulanib, o’z еgasining to’liq еrkinligini ta’ninlaydi.
Notebooklarning ko’pchilik modellari aloqa kanaliga va mos ravishda hisoblash tarmog’iga ulash uchun modemlarga еgadir. Ularning ba’zilari boshqa kompyuterlar bilan masofadan turib simsiz ma’lumot almashish uchun radiomodemlar va optoеlektron infraqizil portlar bilan jixozlangandir. Bu portlar bir necha o’n metr uzoqlikda va bevosita ko’rinish chegarasida kompyuterlar aro aloqani ta’minlaydi. Aloqaning imkoni borligi kompyuter еkranida maxsus piktogrammaning paydo bo’lishi bilan qayd qilinadi.
Ko‘pchilik kompyuterlarda tarmoq adapteri PCI, ISA yoki EISA ulanish joyiga ulanadi. Ba`zi kompyuterlarda tarmoq adapteri tizimni plataga qo‘shilgan Ethernet va Token Ring adapterlariga ishlab chiqaruvchilar noyob apparat manzilini yozishadiki, undan tizimlarni tarmoqda identifikatsiyalash uchun foydalaniladi.
Tarmoq adapterlarining parametrlari
Maksimal zaruriy tezlikda ishlaydigan adapterlarni tanlashga harakat qiling. Masalan, Fast Ethernet uchun 100 BaseTX standarti uchun 100 Mbit/s taezlikni ta`minlaydigan Ethernet adapterini sotib olishingiz mumkin. Ko‘pchilik Fast Ethernet adapterlari, shuningdek 10 Mbit/s tezlikni ta’minlaydi, bu bitta adapterni o‘zidan ham eskiroq ham yangiroq tarmoq segmentlari uchun foydalanish mumkin.
Tarmoq adapteri yarim dupleksli va to‘lad dupleksli operatsiyalarni qo‘shib quvvatlashi lozim.
Yarim dupleksli rejim tarmoq adapteri bitta operasiyada uzatishini yoki qabul qilishini anglatadi.
To‘la dupleksli rejim tarmoq adapteri ma’lumotlarni bir vaqtda qabul qilishini anglatadi.
Tola dupleksli rejim agar konsentrator o‘rniga o‘chirib-yoquvchi ishlatilsa uzatish tezligini ancha oshiradi.
Har bir ikkita tarmoqqa ulaydigan o‘chirib-yoquvchilar konsentratorlarga qaraganda unimliroq, biroq ularning bahosi yo‘qoriligi ishchi guruhlar uchun tarmoqlarda odatda o‘zini oqlamaydi.
Ethernet adapterlari odatda kattalashtirilgan telefon ulanish joyiga o‘xshash ulanish joyiga ega va RJ-45 deb ataladi. Bundan tashqari, tarmoq adapteri BHC ulanish joyi orqali yoki D-simon 15 kontaktli DB15 ulanish joyi orqali ulanishi mumin. Ba`zi adapterlar ikkita yoki hatto uchta tipdagi ulanish joylarga ulanishi mumkin. Bunday adapterlar kombinatsiyalangan adapterlar deb ataladi. Token Ring tarmoq adapterlari 9 kontaktli DB9 yoki RJ45 ulanish joyiga ega bo‘lishi mumkin.
|
| |