• Tayanch so’z va iboralar
  • Ajratilgan vaqt
  • 4-ma’ruza. Tabletkalar va ularni korxona sharoitida ishlab chiqarish texnologiyasi. Reja




    Download 146.38 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana17.05.2023
    Hajmi146.38 Kb.
    #60853
      1   2   3
    Bog'liq
    tabletka
    axborot xavsizligi, Maktab jismoniy tarbiya dasturlarining hususiyatlari va qiyosiy, METALLARGA MEXANIK ISHLOV BERISH, dalolatnoma, 11 grade all control works and their answers, kaps, ehtimol topshiriq 1, 1-маъруза 2-курс, Fizika. 7-sinf (2017, P.Habibullayev, A.Boydedayev), 47962, net2, LABORATORIYA ISHI-01, M.A.Xoshimxonova, 1710079104


    4-ma’ruza. Tabletkalar va ularni korxona sharoitida ishlab chiqarish
    texnologiyasi.
    Reja 
    1. Qisqacha ta’rixiy ma’lumot. 
    2. Tabletka dori turini ifodasi. 
    3. Tabletka dori turini ijobiy va salbiy tomonlari. 
    4. Tabletkani ishlatish yullari. 
    5. Tabletka mashinalari. 
    6. Krivoship tabletka mashinalari. Ularni ijobiy va salbiy tomonlari. 
    7. RTM2 mashinalar. Ijobiy va salbiy tomonlari. 
    8. Taxtakachlash bosim kuchini belgilash. 
    9. Tabletkani qolipdan itarib chiqarish kuchini xisoblash. 
    Tayanch so’z va iboralar: tabletka, tabletka mashinalari, krivoshib yoki zarb 
    bilan ishlaydigan tabletka mashinalari (KTM), rotatsion tabletka mashinalari 
    (RTM), puanson, matritsa, qolip.
    Ma’ruzaning maqsadi: Talabalarga tabletka dori turini ifodasi, tabletka dori turini 
    ijobiy va salbiy tomonlari va ishlatish yo‘llari to‘g‘risida tushuncha berish. 
    Tabletka mashinalari. Krivoship tabletka mashinalari va RTM mashinalarining 
    ijobiy va salbiy tomonlari.
    Ajratilgan vaqt - 2 soat. 
    Tabletka so‘zi lotincha –“tabula”“taxta”, “tabella”“taxtacha” so‘zidan olingan 
    bo‘lib, dorining taxtakachlangan turidir. X1X asrining birinchi yarmidan boshlab 
    oziq-ovqat sonoatida choyni saqlash, tashish va ishlatish qulay bo‘lgan taxtakach 
    shakli ishlab chiqarila boshlandi. Bu afzalliklardan dorixona sharoitida katta 
    xajmni egallaydigan dori turlari uchun xam foydalanish mumlkinligi aniqlandi. 
    G.Ya.Koganning ma’lumotiga qaraganda, dorilarning tabletka xolida ishlatilishi 
    1844 yilda Brokedon tomonidan taklif qilingan. L.F.Ilin keltirgan ma’lumotlarga 
    qaraganda, tabletka dori turini birinchi marta Germaniyada 1874 yilda Rozental 
    taklif qilgan. Aslida Rozental 1882 yilda e’lon qilgan maqolasida tabletka xolida 
    dorilarni berishning sababi va axamiyatini izoxlagan. Jumladan Rozental 
    ta’biricha, dorivor o‘simliklarni tabletka xolida chiqarilishi ularning xajmini 
    kamaytiradi, turg‘unligini oshiradi, ishlatilishini osonlashtiriladi. 
    Shu davrlarda dorixonalarda tabletkalar xususiy retseptlarga binoan eng sodda 
    taxtakachlash asboblari yordamida tayyorlanar edi. Shunga qaramasdan bu yangi 
    dori turiga qiziqish va talab kundan kunga oshib bordi. Bu esa o‘z navbatida 
    tabletka tayyorlash jarayonning asta-sekin takomillashuviga, uning sifatini 
    yaxshilash uchun kerakli choralarni ko‘rishiga xamda dastgoxlarning mexanik 
    usulida ishlashini ta’minlaydigan tadbirlar qo‘llanishiga olib keldi. Germaniya va 


    Shveysariyada XIX asrning oxirlariga kelib ko‘l kuchisiz ishladigan dastgoxlar 
    taklif qilindi. 
    Rossiyaga birinchi marta shunday dastgox 1895 yilning 24 martida 
    Shveysariyadan keltirildi va Sankt Peterburg shaxrida xozirgi “Oktyabr” ishlab 
    chiqarish birlashmasiga o‘rnatildi. Bu soxadagi bo‘lgan xamma ma’lumotlarni 
    to‘plab tartibga solgan birinchi rus olimi L.F.Ilin 1900 yilda “Taxtakachlangan 
    dorilar to‘g‘risida yoki tabletkalar” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini ximoya 
    qildi. 
    1910 yilda esa rus olimi I.I.Budzko “Ko‘zga ishlatiladigan tabletkalar” to‘g‘risida 
    doktorlik dissertatsiyasini ximoya qilgan. Oktyabr inqilobidan so‘ng sobiq 
    ittifoqda birinchi bo‘lib 1962 yili S.M.Maxkamov tabletka dori turidan nomzodlik 
    dissertatsiyasini yoqladi. 1972 yilda E.E.Borzunov, 1980 yilda esa S.M.Maxkamov 
    "Tabletka dori turining nazariy va amaliy soxalari bo‘yicha" doktorlik 
    dissertatsiyalarini ximoya qildilar. Shu kungacha bu dori turiga bag‘ishlab 40 dan 
    ortiq nomzodlik va 5 ta doktorolik dissertatsiyalari yoqlandi Bu izlanishlar 
    natijasida tabletka ishlab chiqarish jarayonining nazariy va amaliy tomonlari 
    boyidi. hozir bu soxa texnologiyaning nazariy tomonidan eng puxta asoslangan 
    qismi bo‘lib qoldi. 
    Tabletkalar dozalalarga bo‘lingan dori moddalar yoki ular bilan yordamchi 
    moddalar aralshmasining taxtakachlangan qattiq dori turi bo‘lib ichish, surtish, til 
    ostiga, teri ostiga va in’eksiya uchun ishlatishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Bu dori turi 
    tayyor dori vositalari ichida bir qancha afzalliklarga ega bo‘lganligi tufayli 80% 
    dan ortiqrog‘ini tashkil qiladi. Yiliga sanoatimiz ishlab chiqarayotgan tabletkalar 
    miqdori taxminan 500 nomda bo‘lib 5 milliard shartli qadoqni tashkil etadi. Bu 
    dori turi quyidagi afzalliklari tufayli tez rivojlandi: 
    1. Jarayonning to‘liq mexanizatsiyalashganligi, ish unumdorligining 
    yuqoloriligi, ozodaligi. 
    2. Ta’sir qiluvchi moddaning aniq dozalarga bo‘linganligi va tabletka 
    massasining aniqligi. 
    3. Muolajada, saqlash va tashishda qulayligi. 
    4. Noxush maza va xidlarni birmuncha kamaytirish mumkinligi. 
    5. Ta’siri uzaytirilgan va kerakli a’zoga mo‘ljallangan xolda bo‘lishi 
    mumkinligi va x.k. 
    Bu afzalliklar bilan bir qatorga bu dori turi kamchidiklardan xam xoli emas: 
    1. Saqlanish natijasida eruvchanligi va parchalanuvchanligini kamayishi. 
    2. Yordamchi moddalar ishlatilishi. 
    3. Xamda dori vositalardan tabletka tayyorlash imkoniyatlari etarli ishlab 
    chiqilmaganligi va x.k. 


    Tabletkalar ikki tomoni yassi, qabariq yoki xoshiyali, silindr shaklida bo‘lib, 
    diametri 3 - 25 mmgacha bo‘lishi mumkin. 25 mmdan ortiq diametrga ega 
    bo‘lganlari shartli ravishda briket deb yuritiladi. Ba’zan tabletkalar qobiqli xolda, 
    tarkibida zaxarli modda bo‘lgan tabletkalar eozin bilan bo‘yalgan bo‘ladi. 
    Hozirgi vaqtda tibbiyotda turli xil tabletkalar ishlatiladi, jumladan ta’siri 
    uzaytirilgan qayta va ko‘p marta ta’sir qiluvchi tabletkalar –“retard” va “durul”lar, 
    qattiq dispers asosli tabletkalar, sublingval, mikrotabletkalar va x.k.lar. 
    Tablekalarni qabul qilish usullariga rioya qilinmaganda xar xil noxushliklar kelib 
    chiqadi. Shuning uchun ularni qabul qilishni quyidagi usullari tavsiya etiladi: 
    1.Butunligicha qabul qilinadigan tabletkalar. Bularga usti qobiqli tabletkalar
    kichik massali, noxush xid va mazali tabletkalar, og‘iz bo‘shligida so‘rilib ta’sir 
    qiluvchi, ta’sirin uzaytirilgan va ma’lum a’zoga ta’sir etishga mo‘ljallangan xamda 
    teri ostiga ishlatiladigan tabletkalardir. 
    2.Oldindanmaydalabyokieritibichiladigantabletkalar.Tabletka tayyorlanadigan 
    mashinalar.Tabletka tayyorlanadigan mashinalar ishlash jarayoni bo‘yicha 
    ekssentrikli yoki zarb bilan ishlovchi va rotatsion yoki revolver guruxlarga 
    bo‘linadi. Ular uchta asosiy qismdan: xaraktlantiruvchi, uzatuvchi va ish 
    bajaruvchi sozlamalardan tashkil topgan bo‘ladi. Mashinaning boshqa qismlari 
    yuqoridagilarning maqsadga muvofiq ravishda avtomatik ishlashini 
    ta’minlaydi.Zarb bilan ishlaydigan mashinalar. Bu mashinalar tuzilishi sodda 
    bo‘lib, ish bajaruvchi sozlamasi qolip, ostki va ustki puansonlar va xampadan 
    iborat. hampaning ish jarayoniga qarab, bu turdagi mashinalar boshmoqli va 
    sirpang‘ichli bo‘lishi mumkin. 
    Qolip maxsus po‘latdan tayyorlangan silindrsimon qism bo‘lib,unda bir yoki bir 
    nechta o‘ta silliqlangan teshikchalar bo‘ladi. Qolip taxtakachlash lozim bo‘lgan 
    moddalarni o‘lchashga va shakl berishga mo‘ljallangan. µolip tabletka 
    tayyorlaydigan mashinaning stoliga maxsus burama mixlar yordamida maxkamlab 
    qo‘yiladi. Bunda qolip yuzasi stol yuzasiga mos bo‘lishi va xampa xarakatiga 
    xalaqit bermasligi kerak. Quyi puanson bir yoki bir necha silindr shaklidagi o‘ta 
    silliqlangan yassi yoki botiq yuzaga ega bo‘lib, qolipning tubini tashkil etadi. Ish 
    darayonida pastki puanson qolipda yuqoriga va pastga xarakat qiladi. Qolip 
    ichidagi teshikcha xajmi puansonning tushish darajasini moslash bilan belgilanadi. 
    Puanson qolip ichidagi teshikcha bo‘yicha stol yuzasigacha ko‘tarilib, 
    taxtakachlangan tabletkani itarib chiqaradi, so‘ngra boshmoq tabletkani turtib 
    tushiradi va qolip teshigi yana taxtakachlanadigan modda bilan to‘ldiriladi. 
    Yuqori punson bir yoki bir necha silindr shaklidagi o‘ta silliqlangan yassi yoki 
    botiq yuzaga ega bo‘lib, mashinaning ekssentrik moslamasiga ulangan bo‘ladi. Ish 
    jarayonida u yuqoriga va pastga xarakat qiladi. Pastga xarakat qilish vaqtida qolip 
    ichiga kirib, moddani taxtakachlaydi. Tabletka tayyorlaydigan mashinalarning 


    bosim kuchi yuqori puansonning pastga (qolip ichiga) qanchalik chuqur tushish 
    darajasi bilan belgilanadi. Bu ekssentrik yordamida amalga oshiriladi. 
    Xampa (bunker) - tabletka tayyorlash uchun mo‘ljallangan massa joylashtirilgan 
    moslama. Zarb bilan tabletka tayyorlaydigan mashinalarda xampa mashina 
    tanasiga o‘rnatilgan bo‘lib, ikki qismdan iborat: xarakatsiz qismi (massa saqlovchi) 
    va xaraktli (massani qolipga uzatuvchi) qismi - boshmoq; sirpanchiqli tabletka 
    mashinalarida esa xampa stol bo‘yicha sirpanib oldinga va orqaga xarakat qiladi. 
    Ish darayonida xampa ichidagi massa qavatlanib qolmasligi uchun uning ichiga 
    aralashtirgich joylashtirilgan bo‘ladi. Mashinaning xamma qismlari 
    moslashtirilgan ishlash tezligiga binoan xampa qolip teshikchasi ustiga kelib, uni 
    massa bilan to‘ldiradi va orqaga qaytadi. So‘ng taxtakachlash va taxtakachlangan 
    tabletka itarib chiqarish jarayoni ro‘y beradi. hampa navbatdagi kelib qolipni 
    to‘ldirishdan oldin tabletkani turtib to‘plagichga tushiradi. Bu jarayon daqiqasiga 
    80 martadan oshmaydi. Bu turdagi mashinalar sodda tuzilgan bo‘lganligi uchun oz 
    miqdorda tabletka ishlab chiqarishda laboratoriya sharoitida (ilmiy tekshirish 
    bilimgoxida) ishlatish maqsadga muvofiqdir. Kamchiligi: ishlab chiqarish
    unumdorligining yuqori emasligi, shovqin bilan ishlashi, bosim bir tomonlama 
    zarb bilan bo‘lganligi tufayli tabletka sifatiga putur etishi va xavoga chang 
    ko‘tarilishi
    1
    .

    Download 146.38 Kb.
      1   2   3




    Download 146.38 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-ma’ruza. Tabletkalar va ularni korxona sharoitida ishlab chiqarish texnologiyasi. Reja

    Download 146.38 Kb.
    Pdf ko'rish