Rotatsion, revolver turdagi tabletka tayyorlaydigan mashinalar (RTM)




Download 146.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana17.05.2023
Hajmi146.38 Kb.
#60853
1   2   3
Bog'liq
tabletka
axborot xavsizligi, Maktab jismoniy tarbiya dasturlarining hususiyatlari va qiyosiy, METALLARGA MEXANIK ISHLOV BERISH, dalolatnoma, 11 grade all control works and their answers, kaps, ehtimol topshiriq 1, 1-маъруза 2-курс, Fizika. 7-sinf (2017, P.Habibullayev, A.Boydedayev), 47962, net2, LABORATORIYA ISHI-01, M.A.Xoshimxonova, 1710079104
Rotatsion, revolver turdagi tabletka tayyorlaydigan mashinalar (RTM) 
Revolver yoki rotatsion tabletka mashinalari murakkab tuzilishga ega bo‘lib, 
qoliplar soni 10 dan 65 tagacha bo‘lishi mumkin. Matritsalar stolga doira bo‘lib 
joylashtiriladi. Sinxron ravishda qo‘yi va yuqori puansonlar xam matritsalar bilan 
xarakatda bo‘ladi. hampalar soni matritsalar miqdoriga bog‘liq, ular bitta, ikkita 
yoki undan ortiq bo‘lishi mumkin, lekin amalda ko‘pincha ikkita bo‘ladi va ular 
mashina tanasiga qimirlamaydigan qilib, maxkamlab qo‘yiladi. Hozirgi vaqtda 80 
dan ortiq xar xil tuzilishga ega bo‘lgan shu turdagi mashinalar mavjud. Ular 
qatoriga yuqori unumdorlik bilan ishlovchi, elektron qurilmalari bilan jixozlangan, 
ma’lum dastur asosida ishlaydigan mashinalar kiradi. Bunday qurilmalar 
yordamida mashinaning ishlash jarayonini boshqarib turish mumkin. Jumladan 
tabletkaning massasi, bosim kuchi va sifati tekshirib turiladi. 
Idishlash jarayoni: puansonlar qildirakli puanson ushlagichlarga mustaxkamlangan 
bo‘lib, yuqori (kopir) va quyi izlari bo‘ylab xarakatlanadi. 
Yuqoridagi rolik bosimni moslashtirishga pastki rolik matritsa teshikchasi 
xajmini, chuqurligini belgilashga xizmat qiladi. Pastki puanson kopirning eng quyi 
nuqtasiga yuqorigisi eng baland nuqtaga kelgan vaqtda qoli xampa ostidan o‘tib, 
matritsa teshigi massa bilan to‘ladi. SHundan so‘ng ikki tomonlama kopir bo‘yicha 
xarakatlanayotgan puansonlar asta sekin massani taxtakachlaydi. So‘ng puansonlar 
sekin asta ko‘tarila boshlaydi. Shunda pastki puanson tayyor tabletkani stol 


yuzasiga itarib chiqaradi. Bu tabletka yig‘uvchi moslama yordamida qabul idishiga 
tushadi. Ish japrayonida massaning bir me’yorda tushishini ta’minlash va uning 
qavatlanib qolmasligi uchun xampa aralashtirgichlar bilan jixozlangan bo‘ladi. 
Bu turdagi mashinaning afzalliklari: Yuqori unum bilan shovqinsiz ishlashi, 
bosimning ikki tomonlama bir me’yorida ko‘payib borishi, xampadan tabletka 
massasi tushishida qavatlanish yo‘q darajada bo‘lishi va x.k. Kamchiligi: 
mashinaning murakkabligi, uni sozlash, ishchi qismlarini almashtirish, bir turdan 
boshqa turga o‘tkazish uchun mutaxassis talab qilishi.Tabletka tayyorlanadigan 
mashinaning taxtakachlash jarayonida bevosita ishtirok etadigan qismlari oliy navli 
po‘latdan tayyorlangan bo‘lishi kerak. CHunki bu jarayon murakkab sharoitda 
o‘tadi: kuchli ishqalanish natijasida qoliplar isib ketib kengaishi, emirilishi, 
zanglashi, sinishi mumkin. Kerakli xususiyatga ega bo‘lgan material olish uchun 
po‘latning tarkibiga xar xil elementlar kiritiladi. Qaysi element kiritilagligiga qarab 
po‘lat yoriliqlanadi: u 8, 9 XS, 12 XN 2, XVG, VK16, X6VF, TBK va x.k.Bunda 
elementlar oldidagi son uglerodning o‘rtacha miqdorini belgilaydi, agar ikki 
xonali son bo‘lsa uglerodning yuzdan bir ulishi ko‘rsatilgan bo‘lib, bundaypo‘lat 
navi konstruksion po‘lat deb yuritiladi. Bir xonali son bo‘lsa, uglerodning undan 
bir ulishini ko‘rsatib, bu navni instrumental po‘lat deyiladi. Element orqasiga 
qo‘yilgan son uning foiz miqdorini bildiradi 
Agar uglerod miqdori bir foizgacha bo‘lsa, yorliqda ko‘rsatilmaydi. Agar 
emlementning o‘zi ko‘rsatilib, son ko‘rsatilmasa shu elementlardan bir foizdan 
saqlashini bildiradi. 
Misol: 9XS navli po‘lat tarkibida 0,9% uglerod, 1% xrom, 1%kremniy saqlab, 
instrumental po‘lat deyiladi. XVG - bu ligirlanganpo‘lat bo‘lib, tarkibida xrom, 
volfram va marganetsdan 1% saqlaydi.12XN 2 - bu konstruksion po‘lat bo‘lib 
0,12% uglerod, 2% nikel va1% xrom saqladi. VK - qattiq qotishmali po‘lat 
bo‘lib, volfram vakobaltdan 1% saqlaydi. TVK- qattiq qotishmali po‘lat bo‘lib, 
tarkibida 1% titan, volfram va kobalt saqlaydi.
Bir xil sharoitida XVG navli po‘latdan tayerlangan press formalar VK6 dan 
tayerlanganga nisbatan bir necha marta kam xizmat qiladi. X6VF xrom, volfram, 
vanvdiy qotishmasidan tayerlangani esa 10-15 baravar ko‘p xizmat qiladi. 
Press formalar yuzasining o‘ta silliqligi puansonlar va qolip uchun 12-13 sinfga 
to‘g‘ri kelishi kerak.
Qattiqligi Rokveller eki Brinell usullari bo‘yicha o‘lchanadi. Bunda metall qolip 
yuzasiga chiniqtirilgan mvxrutiysimon po‘lat eki olmos bilan bosiladi. Qattiqlik 
metall yuzasida qolgan iz chuqurligiga binoan xisoblab chiqariladi va NRV indeksi 
bilan po‘lat zoldir bo‘lsa NRV indeksi bilan ifodalanadi. Metall qattiqligi 
puansonlar uchun NRV - 54-58, qolip uchun esa NRV - 58 - 62 bo‘lishi kerak. 


Tabletka tayyorlaydigan mashinalarning maqsadga muvofiq, to‘g‘ri va uzoq vaqt 
ishlashini ta’minlashda qolip diametri bilan puanson diametrlari o‘rtasidagi farq 
ma’lum darajada bo‘lishi kerak. Smith ning ma’lumoti bo‘yicha, 8 - 12 mm 
diametrli qolip teshiqkalari uchun puanson diametri o‘rtasidagi farq 0,05 mm ni 
tashkil qilsa maqsadga muvofiq deb qaraladi. Ayrim mutaxassislar esa bunday 
oraliqni 0,01 - 0,05 mm belgilaydilar. Demak, oraliq farqi kattaligi dori 
moddalarning fizik-kimyoviy xususiyatlaridan va tabletkaning katta-kichikligidan 
kelib chiqishi kerak. Ishlash jarayonida vaqti-vaqti bilan puanson va qolipning 
ishchi yuzalari silliqlanib turiladi. Ayrim xollarda esa uglerod, azot va metall 
bug‘lari bilan ishlov berilib qayta tiklanadi.Tabletka tayyorlash o‘rtacha 80-120 
mPa bosimda olib boriladi. Agar modda qayshqoq bo‘lsa kamroq, tarang bo‘lganda 
esa yuqoriroq bosimda olib boriladi. Bunda taxtakachlangan tabletkani qolipdan 
itarib chiqarish kuchi taxtakachlash uchun sarflangan kuchning taxminan 10% ini 
tashkil etishi maqsadga muvofiq.
Taxtakachlash bosimini belgilash.Buning uchun quyi puansonni qolipga asos 
qilgan xolda 0,3-0,5 g massa solinadi. Keyin yuqori puanson kiygizilib, 
taxtakachlash asbobining plunjeriga joylashtiriladi. So‘ng ushlagich yordamida 
asta-sekin ma’lum bosim xosil qilinadi. Masalan, natriy bromidning og‘irligi 0,5 g, 
diametri 9 mm bo‘lgan tabletkasini tayyorlash uchun 160 mPa (1600 kg/sm
2

bosim etarli bo‘ladi. U quyidagichaxisoblanadi: 
buerda:
R
man
- manometrko‘rsatkichi, atm.; 
26,4 - gidrotaxtakachlashplunjeriningyuzasi, sm
2

S
tabl.
- tabletkayuzasi, sm
2

Tenglamagaqiymatlariniqo‘ysak: 
Demak, og‘irligi 0,5 g, diametri 9 mm bo‘lgannatriybromidtabletkasi OST 
6 4 - 7 - 1 7 0 - 7 5 
t a l a b i g a j a v o b b e r i s h i u c h u n 
4 0 
atmosferabosimko‘rsatkichidataxtakachlashlozim, buesa 160 mPa (1600 g/sm52 0) 
ga to‘g‘rikeladi.
Qolipteshikchasidagitabletkaniitaribchiqarishuchunsarflanadigankuchnianiqlash. 
Bumaqsaddaquyidagitenglamadanfoydalaniladi: 


buerda: 
S
yon.
- tabletkaning yon satxi, ya’niπrh; 
S
yon.
= 2πhr 
r - tabletka radiusi, sm; 
h - tabletka balandligi, sm; 
π - 3,14. 

Download 146.38 Kb.
1   2   3




Download 146.38 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rotatsion, revolver turdagi tabletka tayyorlaydigan mashinalar (RTM)

Download 146.38 Kb.
Pdf ko'rish