|
Mavzu: Toʻxtatgichlar tuzilishi va sozlashni oʻrganish Reja
|
bet | 1/4 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 327,37 Kb. | | #124461 |
Bog'liq MTTM TAQDIMOT 2
Fargʻona politexnika instituti
Mexanika mashinasozlik fakulteti Texnalogik mashinalar va jihozlar yoʻnalishi 19-21 guruh talabasining “Materiallarni texnalogik transportlovchi mashinalar va jihozlar “ fanidan tayyorlagan taqdimot loyihasi
Bajardi Tursunova Muazzamxon
Tekshirdi: Hoshimov Avazbek
Mavzu:Toʻxtatgichlar tuzilishi va sozlashni oʻrganish
Reja:
- Toʻxtatgichlar haqida umumiy maʼlumotlar
- Toʻxtatgichlar turlari
- Elektromagnitli ikki kolodkali toʻxtatgich (T.I.T)
- Elektrogidravlik turtgichli ikki kolodkali toʻxtatgich (T.I.T-300)
Toʻxtatgichlarni asosiy vazifasi koʻtarish tashish mashinalarda yukni kerak boʻlgan balandlikda ushlab turish, hamda mashinani va mexanizmlardagi aylanuvchi va yuruvchi qismlarni toʻxtatishdan iboratdir. Ular ilashish va ishqalanish hisobiga ishlaydi.
Ishlash usuliga koʻra normal ochiq va normal yopiq toʻxtatgichlar boʻladi. Kranning normal ochiq toʻxtatgichi prujina kuchi ta’sirida har doim ulangan holatda boʻladi.
Toʻxtatgich uzilganda (ajratilgan) mexanizm ishlay boshlaydi. Normal yopiq toʻxtatgich ham uzilgan (ajratilgan) holatda boʻladi. U ulanganda mexanizm toʻxtaydi. Normal ochiq toʻxtatgichni boshqarish oson va u tezliklarni ravon rostlaydi. Boshqarish usuliga koʻra boshqariladigan va avtomatik ishlaydigan toʻxtatgich turlari mavjud. Elektromagnitli, elektrogidravlik yoki elektro-mexanik yuritma toʻxtatgichlar avtomatik ravishda ishlaydi. Toʻxtatuvchi detallar konstruktsiya boʻyicha toʻxtatgichlar kolodkali, tasmali, diskli, xrapovikli va rolikli turlarga boʻlinadi. Yuk tezligini rostlash uchun ishlatiladigan toʻxtatgichlar tushiruvchi, yoki mexanizmni qoʻzgʻalmas holatda ushlab turuvchi toʻxtatgichlar stoporlovchi deyiladi.
1.Toʻxtatgichlar haqida maʼlumot
Yukni koʻtarilgan holda ushlab turish yoki harakatdagi mexanizmlarning teskari tomonga aylanib ketmasligini ta’minlash uchun ishlatiladigan qurilma toʻxtatgich deyiladi. Ishlash printsipi boʻyicha toʻxtatgichlar quyidagi turlarga boʻlinadi.
- Xrapovikli toʻxtatgichlar
- Tishli toʻxtatgichlar
- Friktsion toʻxtatgichlar
- Rolikli toʻxtatgichlar
|
| |