|
Toʻxtatgichlarning turlari
|
bet | 2/4 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 327,37 Kb. | | #124461 |
Bog'liq MTTM TAQDIMOT 22.Toʻxtatgichlarning turlari
Friktsion toʻxtatgichlar. Koʻtaruvchi mexanizm valiga mahkamlangan shkiv 1 va alohida kulachok 2 dan iborat boʻladi. Kulachok oʻz massasi yoki prujina ta’siri ostida shkivga qisiladi. SHkiv yuzasi bilan kulachok orasidagi ishqalanishni oshirish uchun kulachokka pona shakli beriladi. Friktsion toʻxtatgichlar ravon ishlaydi, ammo unchalik ishonchli boʻlmaydi va ish yuzalari notekis yeyiladi. SHuning uchun ham yuk koʻtaruvchi mashinalarda asosan xrapovikli va rolikli toʻxtatgichlar ishlatiladi.
Friktsion toʻxtatgich.
A) yassi ishqalanish; b) ponasimon yuzali.
Xrapovikli toʻxtagichlar. Bu toʻxtatgichlar koʻtarish mexanizmi yuritmasi vali 2 ga oʻrnatilgan xrapovik yoki tishli gʻildirak 1, mexanizmning qoʻzgʻalmas elementiga mahkamlangan oʻq 3 va shu oʻqqa oʻrnatilgan tirgak 4 dan tashkil topadi. Yuk koʻtarganda xrapovik val bilan birgalikda strelka koʻrsatgan yoʻnalishda aylanadi, tirgak esa bemalol uning tishidan sirpanib oʻtadi. Valning aylanish yoʻnalishini oʻzgartirish vaqtida tirgak xrapovik tishga tiraladi va yukning pastga tushib ketishiga toʻsqinlik qiladi. Yukni tushirish vaqtida tirgakni xrapovik bilan ilashishdan chiqarish kerak.
Xrapovikli toʻxtatgich.
a) toʻxtatgich sxemasi; b) sobachka hisobi.
Rolikli toʻxtatgichlar . Korpus 1, vtulka 2 va vtulka chuqurchalariga qoʻyilgan roliklar 3, prujina 4 va shtift 5 dan iborat. Vtulka val 5 ga qarama-qarshi yoki u bilan bir tomonga, lekin valning aylanish tezligiga nisbatan kam tezlikda aylansa, vtulka korpusida erkin aylanadi. Agar vtulka val bilan bir tomonga aylanib, tezligi undan ortib ketsa, roliklar vtulka bilan birga korpus 1 orasiga qisilib qoladi. Shundan keyin korpus vtulka ham val bilan birgalikda aylanadi. Chunki vtulkaning aylanish tezligi ortib ketishiga roliklar yoʻl qoʻymaydi.
Roliklar qattiqligi HRC 59...63 boʻlgan SHX15 markali poʻlatdan tayyorlanadi. Ulanish soni kichik boʻlgan ayrim mexanizmlarda qattiqligi HRC 60...62 boʻlgan U8A markali poʻlat ishlatiladi.
Korpus va vtulka SHX15 (HRC 59...63), 40X (HRC 45...56), U10 (HRC 60...64) markali poʻlatdan tayyorlanadi. Yuk koʻtaruvchi mashinalarda ishlatiladigan rolikli toʻxtatgichlarda rolikning uzunligi, odatda, lp = (1…4) d deb olinadi, bunda d – rolik diametri.
|
| |