|
Mavzu: Toʻxtatgichlar tuzilishi va sozlashni oʻrganish Reja
|
bet | 3/4 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 327,37 Kb. | | #124461 |
Bog'liq MTTM TAQDIMOT 2Rolikli toʻxtatgichlar.
Elektromagnitli ikki kolodkali toʻxtatgich (T.I.T)
Bu turdagi toʻxtatgichni kolodkalari shkivga (biriktirish muftasi) prujina 1 bilan siqiladi. Prujina kolodkalariga richaglar 4 va 5 tortqi 2, shtok 3 orqali ta’sir qiladi. Chigʻir elektrodsirkulini tok tarmogʻiga ulangan tok elektromagnit gʻaltagidan oʻtib, gʻaltak va yakor 6 ni yaqinlashtiriladi. Yakor oʻz navbatida prujina 1 ni qisadigan va asosiga sharnirli mahkamlangan 5 richaglar siljiganda toʻxtagich kolodkalari bilan shkif orasida tirqish hosil boʻladi.
Bu tirqish yukni koʻtarish va tushirishda mexanizm barabanining erkin aylanishini ta’minlaydi. Kolodkalarning qochishini cheklash uchun rostlovchi vintli 8, tirgak 7, bor. Prujina kuchi gayka 9, kolodkaning qochishini esa gayka 10 bilan rostlanadi. Richag 5 ni oʻz joyga qaytarish uchun yordamchi prujina 11 oʻrnatilgan.
Elektromagnit gʻaltagini elektr tarmogʻidan prujina 1 kerilib, tortqi shkiv orasida normal bosim hosil boʻladi. Natijada shkivning aylanishiga toʻsqinlik qiluvchi ishqalanish hosil boʻladi.
TIT (TKT) markali tormoz sxemasi
Toʻxtatgichlarni sozlash
1. T.I.T. Turidagi toʻxtatgichlarni sozlash usullari.
1.1 Gayka 10 ni qoʻzgʻatmay kalit bilan ushlab turiladi va magnit yakorini kerakli masofaga qaytguncha toʻxtatgich shtogi 3 ni aylantiriladi. Yakorni normal yurish nominal harakatni 50-70% tashqil qilish kerak.
1.2 Asosiy prujina sozlanadi, gayka 9 mahkam ushlanib kontrgayka 10 yordamida toʻxtatgich shtogi aylantiriladi. Natijada prujina 3 siqiladi, yoki keriladi.
1.3 Toʻxtatgich kolodkalari va shkiv orasidagi yuzaga keladigan tirqishni kichraytirish uchun, sozlash bolti 6 ni siljitib kolodka va shkiv orasida oraliq masofa bir qiymatga keltiriladi.
Elektrogidravlik turtgichli ikki kolodkali
toʻxtatgich (T.I.T-300)
Bunday toʻxtatgichni kolodkalari 20 va 21 richaglari 7 va 27 ga barmoqlar 26 vositasida sharnirli qilib mahkamlangan. Richaglar 7 va 27 ni bir tomoni 1 asosga barmoq 6 bilan qoʻzgʻaluvchi qilib mahkamlangan. Ularni ikki tomoni bir biriga oʻq 24 orqali bogʻlangan. Oʻq 24 ning oʻng tomoni richag 27 ga gaykalar 22 va 25 hamda barmoq 23 vositasida, chap tomoni esa richag 7 ga barmoq 18 bilan qoʻzgʻaluvchi qilib mahkamlangan uch yelkali richag 19 ni kichik yelkasiga barmoq 17 bilan bogʻlangan.
Uch yelkali richag 19 ni oʻrta yelkasiga barmoq 18 yordamida oʻq 8 mahkamlangan. Bu oʻq richag 7 ga payvandlangan tirgak 16 ni teshigi orqali qoʻzgʻaluvchan qilib oʻtkazilgan boʻlib unga prujina 14 kiydirilgan. Prujinani yuqori tomoni tirgak 15 ga taqaladi, ikkinchi tomoni esa qalpoq 10 va gayka 9 vositasida oʻqdan chiqib ketmaydigan qilib qisilgan.
Uch yelkali richag 19 va 9 katta yelkasiga 13 barmoq vositasida elektrogidroturtgich 12 ni qoʻzgʻaluvchan oʻqi mahkamlangan. Kolodaka bilan shkiv orasidagi tirqishni vint 2 va gayka 3 yordamida sozlanadi.
|
| |