|
Masala bayoni. Dinning ibtidoiy shakllari
|
bet | 10/75 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 0,69 Mb. | | #117499 |
Bog'liq Dinshunoslik maruzaMasala bayoni. Dinning ibtidoiy shakllari
Totemizm. «Totem» so‘zi Shimoliy Amerikada yashaydigan Ojibva qabilasi tilida «uning urug‘i» ma’nosini anglatadi va mohiyatan «odamning hayvonot yoki o‘simlikning muayyan turlariga qarindoshlik aloqasi bor» deb e’tiqod qilish, ehtimol, ma’lum bir jamoaning avvalda asosiy oziqa manbaini tashkil qilgan hayvon yoki o‘simlikka nisbatan e’tibor keyinchalik vujudga kelgan qabila diniy tasavvurlarining asosiy shakllaridan biriga aylangan bo‘lishi mumkin. Urug‘dosh guruhlar o‘zlarini umumiy belgilari va totemlari bo‘lgan hayvon yoki o‘simlikdan kelib chiqqan deb bilar edilar.
Urug‘dosh jamiyatning shakllanish jarayonida totemizm muhim rol o‘ynadi, ayniqsa, qarindosh guruhlarning boshqalardan ajralishiga, «o‘zimizniki», ya’ni «bir totemga tegishli» degan aniq taassurot paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Totemizm ta’sirida paydo bo‘lgan urf-odatlar va me’yorlar asrlar davomida qat’iy ravishda qo‘llanildi. Ayni totemga xos bo‘lmagan begonalar bu jamoa urf-odati va me’yorlaridan chetda hisoblangan.
Urug‘ va qabilalar o‘z totemi nomi bilan, masalan, tuyaqush urug‘i, ilon urug‘i, burgut urug‘i, qurbaqa urug‘i, baliq urug‘i kabi nomlar bilan yuritilgan. Urug‘ a’zolari totem hisoblangan hayvon yoki o‘simlikni o‘ldirish, otish, ovlash, behurmat qilish yoki nobud qilish, taomga ishlatish taqiqlangan. Bunday odatga Tabu (taqiqlash) deyilgan. Keyinchalik bu taqiqlar yo‘qola borgan va totemning faqat ba’zi qismlari – kallasi, buyragi yoki jigarini iste’mol qilish taqiqlangan. Totem hisoblangan hayvonni so‘yish vaqtida undan uzr so‘raganlar, gunohini soqit qilishga uringanlar.
Shunday qilib ibtidoiy odam o‘zini tabiatdan ajratmagan, o‘zi va uni o‘rab olgan borliqdagi narsa va xodisalar orasida qon-qarindoshlik mavjud deb tasavvur qilgan.
Hozirda qo‘llanilib kelinayotgan muchal yillari ham tarixan totemizm bilan bog‘liqdir. Chunonchi, sichqon, sigir, yo‘lbars, quyon, baliq, ilon, ot, qo‘y, maymun, tovuq, it, to‘ng‘iz yillari shu jumladandir.
Insoniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida totemizmning asosiy vazifalari, yuqorida aytib o‘tilganidek, birlashtiruvchilik, tartibga soluvchilik edi. Totemizm diniy shakllarning dastlabkisi sanalsa-da, hozirda ham ko‘plab xalqlarning urf-odatlarida, e’tiqodlarida uning unsurlari saqlanib qolgan (masalan, Hindistonda sigir, Avstraliyada kenguru, qirg‘izlarda oq bug‘u afsonaviy baxt keltiruvchi hayvon sifatida ulug‘lanadi).
|
| |