• Shakllantirilayotgan kompetensiyalar
  • Tezkor savol javoblar” - Din tushunchasi.. - Dinning mohiyati.. - Dinning paydo bo‘lishi .. Yangi mavzu bayoni
  • Mavzu: Dinning jamiyatdagi o‘rni va vazifalari




    Download 160.57 Kb.
    bet1/46
    Sana06.09.2023
    Hajmi160.57 Kb.
    #80368
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
    Bog'liq
    1-kurs majmua
    55555555555, 6 класс канрол раабота, Umumiy pedagogika yakuniy savollar javobi, garmonlar, Anatomiya 50, OPERASION HISOB YORDAMIDA DIFFERENSIAL TENGLAMALAR VA TENGLAMALAR, KOMPLEKS HADLI QATORLAR. TEYLOR QATORI.LORAN QATORI., Ikki o’lchovli integralva uni hisoblash, Ikki o‘lchovli integralni qutb, MODULNING MAKSIMUM PRINSIPI. KOSHI TURIDAGI INTEGRAL. YUQORI TARTIBLI HOSILANING MAVJUDLIGI. ANALITIK FUNKSIYANING YUQORI TARTIBLI HOSILASI., MUSTAQIL ISH YUZI (5), Matritsalar, ular ustida bajariladigan arifmetik amallar. Matritsa turlari. Matritsa ditermenanti. Teskari matritsalarni topish usuli, Ko\'p òzgaruvchili funksiya tushunchasi.Funksiya limiti, uzluksizligi. Xususiy hosilalar, Fure qatori. Fure koeffisiyentlari. Juft va toq funksiyalarni Fure qatoriga yoyish., Laplas operatorining silindrik va sferik koordinatalarda ifodalanishi. Maydonlar nazariyasining tadbiqi.Laplas operatorining silindrik va sferik koordinatalarda ifodalanishi. Maydonlar nazariyasining tadbiqi

    Sinf: X_____________ Din tarixi Sana: __________
    Mavzu: Dinning jamiyatdagi o‘rni va vazifalari
    Dars maqsadi:
    a) Ta`limiy maqsad: Din tushunchasi, dinning mohiyati, dinning paydo bo‘lishi haqidagi ta’limotlarning mohiyati haqida bilimlarga ega bo’lish
    b)Tarbiyaviy maqsad: Yurtga fidokorlik, uni asrash kabi tuyg’ularni shakllantirish.
    c) Rivojlantiruvchi maqsad: Tarixiy bilimlarini shakllantirish
    Shakllantirilayotgan kompetensiyalar:
    TK: Dinnig jamiyatdagi o’rni va asosiy vazifalari haqida o‘z fikrini og‘zaki bayon qila olish, mavzudan kelib chiqib savollar tuza oladi va mavzu yuzasidan berilgan savollarga javob bera olishi va tarixiy voqeilikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish , o’rganilgan tarixiy davrlarga munosabat bildirib, xulosa chiqara olishi, qo’shimcha adabiyot va manbalardan foydalana olishini singdirish.
    Dars turi: Yangi tushuncha berish.
    Dars metodi:”Aqliy hujum” ko’rinishlar
    Dars jihozi: Darslik , bukletlar, xarita, tarqatma material
    Darsning borishi:
    I. Tashkiliy qism:
    a) Salomlashish
    b) Davomatni aniqlash.
    c) Dunyo yangiliklarini so’rash
    O`tilgan mavzuni mustahkamlash.
    Tezkor savol javoblar”
    - Din tushunchasi..
    - Dinning mohiyati..
    - Dinning paydo bo‘lishi ..
    Yangi mavzu bayoni:
    Bugungi barkamol avlod barcha bilimlar qatori dunyo xalqlari dinlaridan ham xabardor bo’lmog’i lozim.
    Siz 10- sinf “ Dinlari tarixi”ni o’rganish jarayonida diniy tasavvur, din nima ekanligi va ularning qanday paydo bo’lganligi hamda har bir dinning o’ziga xos ta’limoti, urf-odatlari va bayramlari haqida bilib olasiz.
    O‘zbekiston Respublikasida vijdon erkinligining konstitutsion ta’minlanishi fuqarolarda din va diniy qadriyatlarga nisbatan adolatli va xolisona munosabatni belgilash imkoniyatini yaratdi.
    Yangi tahrirdaga qonun Respublikamiz Konstitutsiyasi tamoyillariga asoslanib, vijdon erkinligini amalga oshirishning oqilona demokratik yechimini topdi. Qonun fuqarolarning har qanday dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga e’tikod qilmaslikdan iborat kafolatlangan konstitutsiyaviy huquq va manfaatlarini himoya qilishni ta’minlamoqda.
    Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlashga qaratilgan ma’naviy omillar tobora birinchi o‘ringa chiqib borayotgan hozirgi sharoitda xalqimizda, xususan yoshlarda din va undagi real qadriyatlarga ma’naviy madaniyatning bir qismi sifatida qarash shakllanmoqda. Yoshlarda milliy va diniy qadriyatlar hamda dinlar tarixini o‘rganishga qiziqish ehtiyoji ortmoqda. Hozirgi zamon fani va ilg‘or qarashlari asosida tayyorlangan ushbu «Dinshunoslik» o‘quv qo‘lanmasi talabalarga ibtidoiy dindan tortib jahon dinlarigacha, ularning kelib chiqishi, mohiyati, tarixi, evolyusiyasi, hozirgi holati, insoniyat hayotidagi tutgan o‘rni haqida umumiy ilmiy ma’lumot berishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi an’anaviy islom dini keng tarqalgan xududlardan ekanligini hisobga olib, bu mintaqada VIII asrdan boshlab islom yagona hukmron dinga aylanganligi sababli uning shaxs, oila, jamiyat hayotiga kirib borishi, madaniyati va ma’naviyatni boyitishga qo‘shgan xissasi xususida yoshlarni ilmiy, falsafiy, binobarin dunyoviy bilimlar bilan kengroq, batafsil qurollantirish ko‘zda tutiladi. Talabalarga islom ma’naviyati, milliy va diniy qadriyatlarni tarixan mushtarakligi, ularning umuminsoniy qadriyatlarga uyg‘unlashishi, hozirgi mustaqil O‘zbekiston sharoitidagi ahamiyatini tushuntirish tavsiya etiladi. Shuningdek, Milliy g‘oya va axloqiy madaniyatni shakllantirishning diniy ildizlari izohlanadi.
    Milliy va islomiy kadriyatlarning tarixan mushtarakligi, ularning umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlashishi kabi muammolarga ko‘proq e’tibor qaratilgan. Mazkur qo‘llanma talabalarda din, uning turli shakllari, ta’limotlari, yo‘nalishlari, mazhablari haqida ilmiy xulosalar chiqara oladigan, diniylik va dunyoviylik munosabatlarini asosli taxlil qila oladigan ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga qaratilgan.

    Download 160.57 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




    Download 160.57 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Dinning jamiyatdagi o‘rni va vazifalari

    Download 160.57 Kb.