|
Dinshunoslik
|
bet | 12/75 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 0,69 Mb. | | #117499 |
Bog'liq Dinshunoslik maruzaShomanizm. Shomonizm ham kishilik jamiyatining eng qadimgi davrlaridagi dinlaridan biridir. «Shomon» tunguscha so‘z bo‘lib «o‘ta hayajonlangan», «jazavali kishi» degan ma’noni anglatadi. Bu dinning ruhoniysi shomon hisoblangan. Shomonizmda ayrim kishilar alohida ilohiy qudratga ega ekanligiga ishonadilar. Shomonlar o‘z qavmlarini, odam yaxshi va yovuz ruhlar, arvohlar panohida, homiyligida yashaydi, odamning sog‘lig‘i, baxti va taqdiri shularning qo‘lida, deb ishontiradilar.
Shomonlar odamlar va ruhlar o‘rtasida vositachilik qila olish qudratiga ega bo‘lgan kishilardir. Odamlar shomonlar kelajakni oldindan aytib berish, uzoq joylardagi voqealarni bilish, kasalliklarni daf etish, tabiat xodisalarini o‘zgartirish va boshqalarga qodir deb qarab ularga ishonganlar. Shomonlar g‘ayritabiiy qobiliyatiga ega bo‘lib, ashula aytish, raqsga tushish, nog‘ora, childirma chalish yo‘li bilan jazavaga tushib, yovuz va sahiy ruhlar bilan bevosita aloqa va munosabatda bo‘lish orqali kasalliklarni davolash, tabiat kuchlarini jilovlash, pol boqish amallarni bajarishgan.5
Shomonlar odamlar diqqatini o‘ziga qaratish uchun turfa rasm-rusmlarga rioya qilishgan, turli buyumlar osilgan maxsus kiyimlarni kiyishgan, qo‘ng‘iroqli childirma va nog‘oralardan foydalanganlar.
Xulosa shuki, shomonizmning totemizm, fetishizm, animizmdan farqi bor. Bu dinlarda odamlar hayvonlar, o‘simliklar, turli buyumlar va ruhlarga sig‘ingan bo‘lsa, shomonizmda odamlar odamga-shomonga ishongan va sig‘ingan.
Sehrgarlik (magiya). Ibtidoiy din shakllaridan yana biri sehrgarlikdir. Sehrgarlik odamga, hayvonga, tabiatga ma’lum maqsadni ko‘zlagan holda g‘ayritabiiy yo‘l bilan ta’sir etish uchun qilinadigan hatti-harakatlar, duolar va ishlardir.
Sehrgarlik yolg‘on va ko‘zga ko‘rinmaydigan sehrli aloqa va ta’sirlarning tabiatda mavjudligiga ishontirish, ayrim xollarda odam bilan tabiat orasidagi munosabatlarga ham o‘zaro ta’sir o‘tkazish, bir odamning ikkinchi bir shaxsga ta’sir qila bilish qobiliyatiga ega ekanligini uqtirishdan iborat diniy e’tiqoddir.6
Sehrgarlik yo‘li bilan ko‘pincha havf-xatardan saqlanish yoki dushmanga zarar yetkazish maqsadida uzoq masofadan bo‘lsada, jismoniy xamda nojismoniy ta’sir o‘tkazishga harakat qilingan. Bu ish bilan jodugarlar, azoyimxonlar, folbinlar, duoxonlar, baxshilar shug‘ullanganlar.
Sehr-jodu qilishning turlari turli-tuman bo‘lib, unga asosan quyidagilar kiradi. Birovga yoki dushmanga ziyon-zahmat yetkazish, xarbiy sehrgarlik, muhabbat sehrgarligi, isitma-sovutma, kasallikdan davolash sehrgarligi, yomon yoki yovuzlikdan qo‘riqlash sehrgarligi va boshqalar.
Sehrgarlik barcha dinlarda ham muhim o‘rin olganligi bilan ajralib turadi.
Xulosa shuki, sehrgarlik odam, hayvon va tabiatga g‘ayritabiy yo‘l bilan ta’sir o‘tkazish maqsadida ma’lum kishilar tomonidan bajariladigan hatti-xarakatlardir.
|
| |