|
Dinshunoslik
|
bet | 11/75 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 0,69 Mb. | | #117499 |
Bog'liq Dinshunoslik maruzaFetishizm. Fetishizm ham eng qadimgi, ya’ni ibtidoiy din shakllaridan biri. Fetishizm – portugalcha «fetisho», fransuzcha «fetish» so‘zidan olingan bo‘lib «sehrli narsa», «sehrli buyum» degan ma’noni bildiradi. Fetishizm – jonsiz narsalarda qandaydir g‘ayritabiiy kuch bor deb ularga ishonish, sig‘inish, ulardan madad kutish demakdir. Fetishizm xilma-xil shaklda namoyon bo‘lib kelgan va u xozirgi barcha dinlarda ham uchraydi.
Bunday fetish tosh, tayoq, daraxt, birorta narsa, moddiy buyumlar bo‘lishi mumkin. Bunday fetishlashtirilgan buyumlar keyinchalik tumor, sanam, but qabilar bo‘lgan, ular xozir ham uchrab turadi. Ibtidoiy odamlar mazkur buyum-fetishlar mo‘jizali, o‘zlarining hayotiga ta’sir qilish qobiliyatiga ega ekanligiga ishonganlar, undan madad va yordam kutganlar.
Shunday qilib fetishizmning mohiyati ibtidoiy odamlarning dahshatli tabiat kuchlari oldida ojizliklari natijasida xurofiy qo‘rqinch tuyg‘ulari asosida qandaydir g‘ayritabiiy kuchdan madad kutish, uning himoyasiga umid bog‘lashdan iborat diniy xis-tuyg‘udir, deb aytishimiz mumkin.
Ikona (xudo tasviriga), «muqaddas» daraxt va toshlar, aziz avliyolar ularning qabrlariga, har xil tumorlarga, ko‘zmunchoq va boshqalarga sig‘inish, ularni muqaddas deb bilish fetishizmning bizgacha yetib kelgan qoldig‘idir.
Animizm. Animizm ham ibtidoiy din shakllaridan biridir. Animizm – lotincha «anima» so‘zidan olingan bo‘lib, jon, ruh degan ma’noni anglatadi. Bu nom ingliz etnografi E.Teylor tomonidan kiritilgan. Animizmning mohiyati kishi ruhining, jonining borligi va uning o‘lmasligiga ishonishdir. Animizmda ruhlar tabiiy xodislarni boshqaradi, unga ta’sir o‘tkazadi deb hisoblanadi. Bu ruhlar yo sahiy yoki kishilar baxtiga, hayotiga tahdid soluvchi bo‘lishi mumkin deb tasavvur qilingan. Ibtidoiy odamlar vafot etgan kishilarning ruhlari abadiy, o‘lmas deb hisoblab, ularga sig‘inganlar. Ular o‘z tanalari tuzilishini, kishi o‘lishi, tush ko‘rishi va jasadlari bilan bog‘liq xodisalarni tushuna olmay, jonni mavjud bir narsa deb bilib, kishi o‘lishi bilan jon tanani tark etib ketadi, boshqa narsalarga ya’ni hayvonlarga, yosh chaqaloq bolalarga o‘tadi deb tasavvur qilganlar. Uyquni jonning kishi tanasini vaqtincha tashlab ketishi, tushni esa kishi uxlab yotganda jonning boshqa o‘lib ketgan kishilarning joni bilan uchrashuvi deb bilganlar.
Animizmga e’tiqod qilganlar odam o‘lgandan so‘ng jon tanadan chiqib ketadi va o‘lmaydi, abadiy yashaydi deb hisoblaganlar. Shu asosda ruhning o‘lmasligi to‘g‘risidagi tasavvurlar yuzaga kelgan. Shu bilan birga ibtidoiy odamlar har bir narsaning o‘z ruhi-joni bor deb tasavvur qilgan.
Qadim Turkistonda marhumning jonini, ruhini «arvoh» deb atashgan. Arvoh esa uzoqqa ketmay shu joyda aylanib yuradi, uydagi barcha ishlardan xabardor bo‘lib turadi deb o‘ylaganlar. Arvohlarni rozi qilish, g‘azabini keltirmaslik maqsadida har xil qurbonlik marosimlarini o‘tkazganlar.
O‘tgan ajdodlar arvohiga sajda qilish, ularni xotirlash, tabiat va tabiat kuchlariga sig‘inish natijasida muqaddas joylar, avliyolarning qabrlari vujudga kelgan.
|
| |