|
Mundarija Kirish I bob Syujetning badiiylik funktsiyasi
|
bet | 1/8 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 55,43 Kb. | | #138280 |
Bog'liq romanda syujet (2)
Romanda syujet va uning tarkibiy qismlari.
Mundarija
Kirish………………………………………………………………………………2
I bob Syujetning badiiylik funktsiyasi
I.1. Syujet haqida nazariy ma’lumot…………..……………………........................5
I.2. Syujet va uning turlari……………………………………………….……...…16
II.bob. Badiiy adabiyotda sujetning o’rni va ifoda xususiyatlari.
II.1 Oybek “Navoiy” romanida tarxiy davr va tarixiy obrazlar talqini. ……..……..25
II.2 Romanda to‘qima obrazlarning badiiy tajassumi ……………………………30
Xulosa……………………………………………………………………...……..33
Foydalaniladigan adabiyotlar…………………………………………………..36
Kirish (кенгроқ ёзиш керак)
Adabiyot xalqning yuragi, elning ma'naviyatini ko'rsatadi. Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yo'l topish, ularni ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda adabiyotning ta'sirchan kuchidan foydalanish kerak. Ajdodlar merosini o'rganish, buyuk madaniyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish uchun hamma sharoitlarni yaratamiz.
Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi zamon sharoitida, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda, o‘qitishning hozirgi zamon tizimlari va yangi pedagogik texnologiyalari asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Yangi pedagogik texnologiyalarni xislati shundaki, unda qo‘yilgan maqsadlarga erishish kafolatini beruvchi o‘quv jarayoni rejalashtiriladi va amalga oshiriladi. Darhaqiqat, mashg‘ulotlarning muvaffaqiyatli o‘tishining 80 foizi ta'lim jarayonini to‘g‘ri loyihalashtirish, tashkil etish va uni amalga oshirishga bog‘liqdir.1
Har bir fan singari adabiyotshunoslik ham adabiyotning mohiyati, uning paydo bo‘lish asoslari, rivojlanish tamoyillarini o‘rganadi. Adabiyotshunoslik adabiyotning ijtimoiy fikr taraqqiyotiga ta'siri, adabiyotning boshqa fan, soha, tarmoqlar bilan aloqadorligini aniqlash bilan shug‘ullanadi.
Mana shu holatda ijodkor badiiy asar kompozitsiyasida muhim o‘rin tutadigan voqelik tavsifi bo‘lgan syujetga murojaat etadi. Syujet voqealari boshlanishi (ekspozsiya), tuguni, rivoji, kulminatsiyasi va yechimi qahramonlar o‘rtasida kechadi. Syujet va uning unsurlari haqida ma'lumot berish adabiyotshunoslikda muhim sanaladi. Ushbu jarayonida an'anaviy metodlar bilan bir qatorda innovatsion texnologiyalardan, xususan, interfaol metodlardan foydalanish oliy ta'lim tizimidagi filologik ta'lim yo‘nalishi talabalari uchun foydadan holi bo‘lmaydi. Interfaol metodlar mavzuning tezkor, obrazli va tushunarli yetkazilishida muhim omil bo‘ladi.2
Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o‘zgarishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan, interfaol metodlardan to‘liq foydalaniladi. Interfaol metodlar – bu jamoa bo‘lib fikrlashdan iborat, ya'ni u pedagogik ta'sir etish usullari bo‘lib, ta'lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o‘ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va talabalarning birgalikda faoliyat ko‘rsatishi orqali amalga oshiriladi.
|
| |