|
II.bob. Zamonaviy adabiyotda syujetning o'rni va ifoda xususiyatlari
|
bet | 5/8 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 55,43 Kb. | | #138280 |
Bog'liq romanda syujet (2)II.bob. Zamonaviy adabiyotda syujetning o'rni va ifoda xususiyatlari.
II.1 Oybek “Navoiy” romanida tarxiy davr va tarixiy obrazlar talqini
Oybek yangi o`zbek adabiyotining betakror namoyondalaridan biri.Ijodiy yo`lini lirik shoir sifatida boshlagan . Oybek keyinchalik she`riyat va nasrning barcha janrlarida , ayniqsa , doston va roman janrlarida ko`plab asarlar yaratdi.Oybek ijodi ilk davridan boshlab tadqiqodchilar diqqatini o`ziga qaratib kelgan .O`zbek va rus adabiyotshunoslari hamda yozuvchilari qalamiga mansub o`nlab maqolalardan tashqari, adib ijodiga bag`ishlangan talaygina kitob va risolalar ham mavjud . Bular orasida Homil Yoqubovning “Oybek” ( 1959), “G`oyaviylik va mahorat “(1963) , Matyoqub Qo`shjonovning “Oybek mahorati “, Naim Karimovning “Oybek “ (1986), “Oybek gulshanida qolgan g`unchalar “(1985) singari kitob va risolalar ajralib turadi. Ayni paytda Zarifa Saidnosirovaning “Oybegim mening“kitobida yozuvchining murakkab hayot va ijod yo`li bilan birgalikda badiiy mahorat va ijodiyoti keng yoritilgan .10
Muso Toshmuhammad o`g`li Oybek 1905- yil 10 – yanvarda Toshkentning Gavkush mahallasida dunyoga keldi .1921- yili maktabni tugatib , Navoiy nomidagi ta`lim va tarbiya texnikumiga o`qishga kirdi . U shu yerda Navoiy asarlariga muhabbat qo`ydi.
Oybek talabalik yillaridayoq Alisher Navoiy va u yashagan davr bilan qiziqqan ko`plab tarixiy va badiiy asarlarni mutolaa qilib , bilim doirasini mutassil kengaytirib borgan . U til va adabiyot institutiga xizmatga o`tishi bilan Navoiy hayoti va ijodini adabiyotshunos olim sifatida tadqiq eta boshlaydi.
“Oybek – chin ma`noda serqirra iste`dod egasi . U so`z san`ati va adabiyotshunoslik ilmining barcha tur va janrlarida chuqur iz qoldirgan yozuvchidir .Hamid Olimjon Oybek to`g`risida so`zlab , “U prozada shoir-u poeziyada prozaikdir” deb aytgan edi. Oybek nasrga she`riyatning muattar nafasini olib kirdi va she`riyatni faqat nasrga xos bo`lgan tafsillar marjoni bilan boyitdi.Uning nasriy asarlaridek shoirona til boshqa biror yozuvchida uchramaganidek she`riy asarlarda tasvir mukammalligi ham faqat uning o`ziga xos fazilatdir.”
Oybek buyuk o`zbek shoiri Alisher Navoiyning bolalik yillari haqida hikoya qiluvchi “Alisherning yoshligi “ qissasini yozdi.Ulug` Navoiy Oybekning sevimli siymolaridan biri edi . Bu haqida adib maqolalaridan birida shunday hikoya qiladi: “ Navoiy she`riyati va Navoiy obrazi hamisha kuchli bir quyosh kabi ko`nglimni tortar edi.O`z asarlarimda Navoiy obrazini yaratishga zo`r mayl va istagim bor edi . Yoshligimdan beri Navoiyning o`lmas , adabiy she`rlarini sevib o`qir edim , uning jozibali g`azallari borgan sari ko`nglimga singib bordi, shakl va mazmunlari yuragimni mast va maftun etdi… U mening ko`nglimda , yodimda edi , butun borlig`imni band etgan edi. Yursam – tursam hamisha Navoiyni o`ylar edim. Uning ma`nodor , aqlli ko`zlari hamisha xushfe`l, rahmdil, oliyjanob qiyofasi , asl pok , ulug` qalbini his etardim , ko`z o`ngimda ko`rardim…”2 Oybek 1928-yildan boshlab Alisher Navoiy ijodini chuqur o`rganishga kirishdi.U dastlab , Navoiy ijodiga doir ko`pgina ilmiy maqolalarni o`qib o`rgandi.Keyinroq “Navoiy “, “Guli va Navoiy “dostonlarini nashr ettirdi. Davlat mukofotiga sazovor bo`lgan “Navoiy “ romanida ulug` shoir va mutafakkir hayotining kamolot davri tasvirlanadi.
“Alisherning yoshligi “qissasida Hirotdagi (taxminan 1447- 1452 yillar) tarixiy voqealar , shahzodalarning Shohrux vafotidan keying o`zaro taxt uchun kurashlar va shu davrda o`tgan Alisherning bolalik ( to`rt yoshidan boshlab ) yillari haqida hikoya qilinadi.Qissada Alisher obrazining takomili o`sha vaqtdagi tashqi muhit voqealari va ziddiyatlari bilan uzviy aloqada tasvirlanadi. Hukmron doira orasida mavqei ancha baland bo`lgan Gi`yosiddin va Gulbegim bekaning oiladagi samimiyliklari , o`zlarini sipo ham oqilona tutishlari farzandi Alisherning ham jismoniy , ham aqliy tomondan kamolotida muhim rol o`ynaganligi haqqoniy tasvirlanadi.Yosh Alisher xarakteridagi o`ziga xos xislatlar uning bolalik chog`idayoq namoyon bo`lgan edi .Alisher siymosiga xos bo`lgan aqllilik , kattalarga bo`lgan samimiy hurmat , she`riyatni nozik his etish , g`azallarni g`oyat maromiga yetkazib ifodali o`qish , ayniqsa, “ot choptirishdan fikr yuritish yaxshiroqdir chamamda ” deya fikr yuritishi insonda katta taassurot qoldiradi.
“Oybek ilhom ufqi benihoya keng ijodkor edi.Ko`p millatli adabiyotda Oybekdek olis o`tmishni ham , urush va urushdan keyin voqelik yillarini ham baravar mahorat bilan tasvirlagan adib kam bo`lsa kerak.Mo`g`ullar istilosi davridan XX asrning so`nggi choragiga qadar bo`lgan qariyb barcha muhim tarixiy voqealar uning ijodida rang – barang shakl va uslubdagi asarlarida o`z aksini topdi. Bunday ulkan tarixni o`z xotirasiga jamlash va badiiy ijodda tasvirlash jasorati har kimga ham nasib etavermaydi.”3 (Бу маълумотлар кераксиз бу ерда)
L. Bat,Mirkarim Osim va Oybek XV asrning buyuk mutafakkiri Alisher Navoiy haqida nasriy asarlar bitganlar .Oybekning ushbu romanida Alisher Navoiyning hayot yo`li , o`sha davrdagi mukammal siyosiy voqealar aks ettirilgan .Oybek bu asarning yaratilishi haqida o`z tarjimai holida quyidagicha aks ettirgan:”Navoiy obrazi mening ko`pgina lirik she`rlarimda paydo bo`ldi va nihoyat , 1942 yilda “Navoiy “romanini tamomladim”.Bu asar turli muhokamalardan so`ng 1944-yilda nashr etilgan .O`zbek xalqi tarixida XIV- XV asrlar alohida o`rin egallaydi. Amir Temurning tarix sahnasiga chiqishi bilan yangi va qudratli o`zbek davlatchiligiga asos soladi.Sharqning hozirga qadar iftixori bo`lib kelgan mahobatli inshootlar – me`moriy obidalar bino etildi.Adabiyot , san`at va fan keng tarqqiy etdi. Ana shu taraqqiyotning timsoli va natijasi sifatida Alisher Navoiyning buyuk asarlari yaratidi.Navoiy ijtimoiy , iqtisodiy , madaniy , ma`rifiy hayotiga ham katta ta`sir o`tkazdi.Asarning asosiy qahramonlari :Navoiy , Nizomulmulk, Majididdin , Mo`min Mirzo , Husayn Boyqaro , Badiuzzamon (Navoiyning “Sizlarda Iskandarning soyasi ham yo`q. Sizlar uning navkarlariga ham arzimaysizlar “ degan nadomati unga qarata aytilgan ,),Jomiy kabi tarixiy shaxslar , Arslonqul , Sultonmurod , Dildor , To`g`onbek , Shayx Bahlul , Valibek , Sohib Doro , Xo`ja Afzal , Darveshali (Navoiyning “Siz g`oyat soddasiz . Yolg`iz zohirga qarab hukm qilasiz.Zolimlar borki, bang xayolotini elga karomat deb sotadilar , johillar borki, kitob qo`ltiqlab , olimlik da`vo qiladilar . Mamlakat boshida tili bilan dili bir bo`lgan , yolg`iz xalq manfaatini o`ylagan , oliy ruhli , pok vijdonli insonlar turmas ekan , hayot sabzasi tobora so`lur “degan gaplari unga aytilgan), Zayniddin , Alouddin Mashhadiy .Ayrim tarixchilarda agar Husayn Boyqaro bo`lmaganida Navoiy shoir sifatida bunday yuksallikka erishmagan bo`lardi degan fikr bor. Ehtimol bu fikrda haqiqat urug`lari yo`q emasdir .Ammo eng muhimi shundaki, agar Navoiy bo`lmaganida Husayn Boyqaro ham davlatni va avomni idora etishda bu darajada muvaffaqiyat qozonmagan Husayn Boyqaroning o`zi ham , xalq ham , davlat ham , allaqachonlar ichki nizolar va urushlarning qurboni bo`lgani bo`lardi.Shu so`zlarning o`zidayoq roman markazida Navoiy va Husayn Boyqaro obrazlari turishi yaqqol ko`rinib turibdi.Shubhasiz, Oybekning asosiy maqsadi Navoiyning ulug` inson , shoir va davlat arbobi sifatidagi obrazini yararishdir. Oybekning talqinicha, Navoiy siymosining ana shu uchala qirrasini o`zaro birlashtirib turadigan “magnit maydon”uning insonparvarligidir.Oybek Navoiyning insonparvar shoir va davlat arbobi sifatidagi obrazini yaratish uchun asarga tarixiy shaxslar obrazi bilan birga badiiy to`qima obrazlarni ham kiritgan .Bular birinchi navbatda Navoiyning shogirdi Sultonmurod , uning do`sti Arslonqul va uning sevgilisi Dildordir .Bular roman voqealaridan oddiy xalq vakillari sifatida ishtirok etib Navoiyning ulug` inson , shoir va davlat arbobi sifatidagi obrazini ochishga ko`maklashadi.Husayn Boyqaro , Jomiy , Behzod, Nizomulmulk, Majdiddin singari o`nlab qahramonlar esa Oybek asariga to`ppa – to`g`ri tarix sahifalaridan kirib kelgan. Oybek bu qahramonlar obrazini yaratishda tarix haqiqatiga suyangan.11
Shoir va tarjimon A. Naumovning yozishicha , Oybek u bilan suhbatida “Navoiy “ romanining yaratilish tarixi haqida so`zlagan , unga : “Yozishdan avval men qahramonlarimni aniq tayin ko`rganman , ular mening xayolimda , bir paytlar tarix shudgoriga tashlangan urug`dan o`sib chiqqandek edilar “,- degan ekan .
Adibning bu fikri nafaqat tarixiy shaxslar , balki to`qima obrazlarga ham taalluqlidir.O`sha suhbatdoshning yozishicha , Oybek unga yana bunday so`zlarni aytgan :”Mening stolim ustida o`rta asrlardagi Hirotning o`zim chizgan xaritasi yotardi. Men Hirotda uyqu og`ushiga ketib , Hirotda uyg`onar edim, faqat kechalarigina men yashayotgan Toshkent tushimga kirardi.” Oybekning bu so`zlari uning roman yozishga jiddiy tayyogarlik bilan kirishgani , asar konfliktini tashkil etuvchi kuchlar va bu kuchlarning vakili bo`lgan shaxslarni aniq tayin tasavvur etganidan guvohlik berardi.Roman XV asrdagi Movarounnahr hayotidan olingan . Bu hol adibning shu davrdagi tarixiy sharoitni , Navoiy va Husayn Boyqaro , Navoiy va Jomiy , Navoiy va xalq o`rtasidagi munosabatlarni badiiy tajassumlashtirishni taqazo qilgan , albatta.Oybek shu mavzularni badiiy yoritish jarayonida Navoiy obrazining eng muhim qirralarini ochishga harakat qilgan.
“Inson barcha maxluqotlarning tojidir. U sharafli , sof , go`zal yashamog`i shart”- Navoiyning shoir va davlat arbobi sifatida butun faoliyati shu narsani amalga oshirishga harakat qilgan .Bu , Navoiy yashagan davr uchun , hatto undan keying davrlar uchun ham bir , utopiya , xayoldir .Shu ma`noda Navoiy – xayolparast. Bunday oliy g`oyalar , oliy maqsadlar faqat xayolparastlarning ko`nglida shuuridagina tug`iladi.
Husayn Boyqaro – Amir Temurning munosib avlodi. U qilich tutishni ham , mamlakatni idora qilishni ham , hatto g`azal yozishni ham yaxshi bilardi.Lekin u romanda aytilganidek , “qilichdan ko`ra mayga , jang maydonlaridan ko`ra chaman bog`larda tuzilgan sho`x bazmlarga moyil”. Sharq podsholariga xos bo`lgan ana shu xislat bilan xalqning “sharafli , sof , go`zal “yashashi haqidagi Navoiyning orzu istaklari o`rtasida tubsiz bir jarlik bor.
|
| |