|
Бу фасл номи ва ичи бир-бирига мос эмас. Тарихий давр ва тарихий образлар тўлиқ очилмаган
|
bet | 6/8 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 55,43 Kb. | | #138280 |
Bog'liq romanda syujet (2)Бу фасл номи ва ичи бир-бирига мос эмас. Тарихий давр ва тарихий образлар тўлиқ очилмаган
II.2. Romanda to‘qima obrazlarning badiiy tajassumi.
Romanda tarixiy voqealar to`g`ri berilgan , lekin ba`zi o`rinlarda xayoliy , uydurma voqealar , to`qima obrazlar ishtirok etgan . Voqeiy – tarixiy obrazlar : Navoiy , Majididdin , Husayn Boyqaro , Nizomulmulk , Xadichabegim, Badiuzzamon , Muzaffar Mirzo , Mo`min Mirzo , Binoiy , Jomiy va boshqalar . To`qima obrazlar : Sultonmurod , Zayniddin , Arslonqul, Dildor , To`g`onbek va boshqalar romanning tarixiy – badiiy to`qimasiga kiradilar. Ana shunday to`qima obrazlardan biri – Sultonmurod . Romanda Sultonmurod ijobiy qahramon sifatida tasvirlanadi . Roman Hirot madrasalaridan birining ta`rifi bilan boshlanadi. “Gavharshod “ madrasasi hujrasidagi to`rt personaj munosabatida , ularning fikr va qarashlarida Navoiy haqida suhbatlar borib , to`rt qahramon tasvirlanadi. Shulardan biri Sultonmurod ularga qaraganda eng yoshi kichik bo`lsa ham eng aqllisi , ilmga chanqog`i edi. Sultonmurod quyidagicha tasvirlanadi : “ Shaxrisabzdan tahsil uchun kelgan , do`ng peshonali , miqti gavdali , o`tkir yirik ko`zli , o`n sakkiz yashar . Bu yigit Shaxrisabzda mashhur sangtarosh ustaning o`g`li edi. U o`n to`rt yashar vaqtida Samarqandda bir domlasi unga shunday degan edi : “ Qadim zamonda bir olim o`tgan ekan .U , agar rubi maskundagi barcha olimlarning xotiralaridan barcha ulum va funun banogoh ko`tarilsa , u ilmlarning hammasini asliday tirgizishga qodirman der ekan . O`g`lim, sizda o`shanday zako va iste`dod ko`raman . Sa`y – harakatni also qo`ldan boy bermangiz !” Ilmlarda ana shu afsonaviy olimning darajasiga ko`tarilish Sultonmurod g`oyasi edi. Sultonmurod obrazi o`ziga xos konfliktlar asosida taraqqiy etadi, toblana boradi. Dildorga ko`ngil qo`ygan va chuqur insonparvarlik hislariga to`lib – toshgan Sultonmurod o`ziga butunlay qarama – qarshi bo`lgan , kishi muhabbatining poymolchisi , jaholat va yovuzliklar ifodachisi To`g`onbek bilan to`qnashib boradi. Ikkinchi tomondan , u ilg`or g`oyalar egasi sifatida Majididdin kabi qora kuchlar namoyondalari , bundan tashqari , shayxulislom g`ovlari bilan to`qnashadi va ko`pgina dramatik holatlarni boshidan o`tkazadi . Bulardan tashqari , boshqa bir kishining seviklisi – Dildorga ko`ngil qo`yib , g`am va g`ussalarni boshidan o`tkazadi . Bular hammasi Sultonmurod xarakterini alohida yorqin ochib beradi , kitobxonda unga nisbatan chuqur e`tiqod uyg`otadi . Ammo Sultonmurod obrazi asosiy syujetga bog`liq bo`lsa- da , mas`uliyatli paytlarda , u bilan yetarli darajada chirmashib ketmaydi. Muallifning diqqat markazida turgan Alisher Navoiy obrazini ochishga kam yordam beradi. To`g`ri , Alisher Navoiy Asrtaboddan qaytgach , Sultonmurodni yomonlik kuchlaridan himoya qiladi va uni yana madrasaga o`rnashtirib qo`yadi , o`z hisobidan maosh belgilaydi. Bu bilan yozuvchi Alisher Navoiyni fan va madaniyat homiysi sifatida ko`rsatmoqchi bo`ladi. Biz romanni o`qish davomida Sultonmurodning ijobiy obraz ekanligini , uning ishalarida , yurish – turishi , odamlarga bo`lgan munosabati , muomola madaniyati , xalq uchun jonini fido qilishi , o`zini ilmga bag`ishlashi , kelajak avlod uchun qayg`urishini quyidagi so`zlari orqali yaqqol bilib olamiz . Sultonmurodning Shahobiddinga qilgan nasihati : “ – Ko`p yaxshi niyat yozing , taqsir, - dedi Sultonmurod lablarining uchidagi tabassum bilan . – Olimlar uchun eng faxrli ish budir . Chunkim, kitoblar odamzodning fikr durlarini to`plab , ularni asrlarga qoldiradilar .Biz va siz bir hovuch tuproqqa aylanurmiz, lekin kitoblar to`nch va toshdan yasalgan haykallar kabi abadiy saqlanurlar .” Asarning boshidan oxirigacha Sultonmurodning qilgan o`y – mulohazalari , tafakkuri , dunyoqarashi va fikrlari nafaqat o`sha davr , balki biz uchun ham ezgulikka xizmat qiladi.
Yozuvchi Oybek romanda Navoiy boshliq ilg`or kuchlar : Sultonmurod , Arslonqul , Zayniddin kabilarning xalq hayotini yaxshilashga intilishini , ilm va san`atni rivojlantirishga qiziqtirishini , taraqqiyotga undashini aks ettiradi. Unda ikki zid kuchning kurashi – gumanizm , adolat , ilm va aqlning zulm ,taassub , manfaatparastlik va shuhratparastlik bilan kurashi tarzida tasvirlanadi. Yurtning birligi xalqning tinchligini ta`minlash , badiiy yodnomalar ijod etishni hamma narsadan yuqori qo`ygan Navoiy ; ilmning bepoyon dovonlarini ochishga intilgan , ilm va do`stlari yo`lida qalbini band qilgan qiz muhabbatini fido etgan Sultonmurod ; zolimlarning jabrini o`z qamchisi bilan savalaydigan , tinimsiz ,do`stlariga kuydi – pishdi xattot Zayniddin – yorqin kuchlar timsolidir . Romanda Zayniddin obrazi quyidagicha tasvirlanadi : “ Hirotlik mullabachcha , o`rta hol oilaga mansub , qaddi – qomati nozik, xushmuomola , xushsuhbat , havoyi tabiatli yigirma – yigirma bir yashar yigit edi . U to`rt- besh yildan buyon tahsil ko`rib ,ba`zi ilmlarda ancha ilgarilagan.Arab va fors tillarini yaxshi egallagan, lekin havoyi tabiatli bo`lishi va hayotda ziynatni , xursandchilikni sevishi orqasida tahsilga ancha qunt qilmaydi. Ko`proq vaqtini san`atlarga bag`ishlaydi. Madrasa ahli orasida u o`zining “ Husnixati “ ya`ni chiroyli yozishi bilan mashhur . Bundan tashqari yaxshi kuylaydi, g`ijjakni go`zal chaladi; keying vaqtlarda otasi bilan orasi buzilib qolgach , faqirlikka tushdi.Bu madrasada va o`zga madrasalardavbo`lgan aslzoda , “ Sohib davlat “ (boy, davlatmand) talabalarning va Hirotdagi bekzoda , vazirzodalarning kechki bazmlariga , yig`inchoqlariga borib kuyi , sozi bilan o`ltirishni qizitib , qornini to`ydirar edi.” Asar bilan tanishishimiz mobaynida Zayniddin obraziga xos xususiyatlarni kuzatib boramiz : Ushbu obraz hazilkash gapga chechan , sinchkov kabi xarakterga ega . Buni Sultonmurodning ma`nodor so`zlari : “ Zayniddinning so`zlarida aql ko`proq haqiqat ko`radi” Do`stim Zayniddin har kuni besh karra takrorlaydigan namozda xato qilishi mumkin, lekin, umuman Hirot voqealarining ichini bilishda hech vaqt xato etmaydi.”kabi so`zlari yana bir bor isbotlaydi. Zayniddin obrazi turlicha holatlarda tasvirlanadi: u goh shoirlar , goh xattotlar , goh o`zga xuroson xalqi bilan turli majlislarda vaqt kechirib yurar edi. U darslar bilan juda siyrak mashg`ul bo`lib , xattotlik san`atida mahoratini oshirishga tirishar , musiqa bilan ko`proq shug`ullanar edi. Zayniddin xattotlik san`atida katta iste`dod egasi edi. Zayniddin obrazini qahramon darajasiga ko`tarish mumkin . Chunki , u ham Alisher Navoiy , Sultonmurod , Arslonqul kabi yurt tinchligi , xalq farovonligi , vatanning obodligi va ozodligi yo`lida ular bilan bir safda turib jonbozlik ko`rsatdi va ijobiy qahramon sifatida xalqimizning xotirasiga muhrlandi.
|
| |