|
Guruh talabasi abdilazizova Zuxra Fan nomi : she’r ilmi ta’limi mavzu: Lirik kompozitsiya Reja
|
Sana | 26.05.2024 | Hajmi | 0,65 Mb. | | #254327 |
Bog'liq Презентация Microsoft PowerPoint Fan nomi : she’r ilmi ta’limi MAVZU: Lirik kompozitsiya Reja: Kompozitsiya (lotincha: compositio — tuzilish, birlashish, bogʻlanish) — badiiy asarning mazmunan, harakteri va maqsadi jihatidan bogʻlangan qismlarining joylashishi. Kompozitsiya (lotincha: compositio — tuzilish, birlashish, bogʻlanish) — badiiy asarning mazmunan, harakteri va maqsadi jihatidan bogʻlangan qismlarining joylashishi. "Adabiyotda kompozitsiya — asarni badiiy shakllantirishga xizmat qiladigan turli qismlarning holati, oʻzaro bogʻliqligi, voqea, harakter-obrazlar, lirik chekinishlar, tafsilotlar bayoni va shu kabi maʼlum maqsadga boʻysundiriladi. Asar kompozitsiyasining yaxlitligi uning asosiy shartidir. Ortiqcha personaj, epizod va detallar asar qimmatini pasaytiradi. Shuning uchun ham badiiy asarda hech qanday yetishmovchilik ham, ortiqchalik ham boʻlmasligi kerak. kompozitsiyaning oʻziga xosligi syujet unsurlarining qanday tartib bilan joylashtirilishiga, syujetdan tashqari unsurlar (lirik, falsafiy-publitsistik chekinishlar, qoʻshimcha epizodlar) ning bor-yoʻqligiga, peyzaj, portret, psixologik tasvir, muallif tavsifi kabi vositalarning meʼyori va tartibiga bogʻliq. kompozitsiya yaratish usuli va uslublari turli-tuman. Qadimdan kompozitsiyani asar gʻoyasi bilan uzviy bogʻliq holda tushunib kelingan. kompozitsiya asarning shunchaki tuzilishi emas, balki shu tuzilishning maqsadi, uning nima asosida tuzilganligidir. kompozitsiya asar gʻoyasiga bogʻliq. Tanlangan obraz yoki voqea asarga kiritish uchun muvofiqmi yoki yoʻqmi — buni faqat yozuvchi aytmoqchi boʻlgan gapga nisbatan aniqlash mumkin. Bu ham kompozitsiyaning muhim bir tomoni. kompozitsiya shu jihati bilan asarda mazmunning qay darajada mazmundorligini koʻrsatuvchi muhim omillardan." "Muayyan asar badiiyati haqida so‘z ketganda eng avval uning kompozitsion xususiyatlariga, ijodkor badiiy mahorati haqida so‘z borganda esa kompozitsiya yaratish mahoratiga ayricha e’tibor beriladi. Zero, badiiy asarda voqelik muayyan badiiy shaklda aks etadi, yangi reallik – badiiy voqelik yaratiladi. Ya’ni san’atkor bir butunlik (hayot materiali)dan ikkinchi bir butunlikni – uning badiiy modelini yaratadi, hayot materiali (dispozitsiya)ni badiiy asar (kompozitsiya)ga aylantiradi. Shunga ko‘ra dispozitsiyani kompozitsiyaga aylantira olish iqtidori, iste’dodi ijodkor shaxsning tug‘ma imkoniyatlari sanaladi" Lirik asarlarda qahramonning munosabatini inobatga olgan holda, lirika 2 turga boʻlinadi. Bular: Avtopsixologik va Ijroviy lirika. Avtopsixologik lirika deyilganda, lirik qahramon va shoirning oʻy-fikrlari, his-tuygʻulari bir-biriga oʻzaro mos tushgan payt hisoblanadi. Masalan, bunday turdagi sheʼrlarda shoir oʻz qalbiga murojaat qiladi va oʻzining ichki kechinmalarini qogʻozga tushiradi. Ijroviy lirikada esa shoir oʻzga shaxs ruhiyatiga kirib, oʻzganing tilidan fikr yuritadi va natijada ana shu oʻzga shaxs she'rning lirik qahramoniga aylanadi. Shuningdek, shoir va lirik qahramonning oʻrtasida hech qanday bogʻliqlik yoki oʻxshashlik boʻlmaydi. Yaʼni, shoir oʻzga bir odamning his-tuygʻularini qogʻozga tushiradi va goʻyoki rol oʻynaydi. O'zbek adabiyotida lirik qahramon turlari Romantik lirik qahramon realistik lirik qahramon E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
|
| |