Mavzu: Birlashish Gorizontal birlashish, Vertikal va Konglomerat birlashish




Download 206.43 Kb.
bet1/2
Sana27.06.2022
Hajmi206.43 Kb.
#24479
  1   2
Bog'liq
Birlashish
GLOSSARIY (2), Reja Kirish Yalpi milliy mahsulotning mazmuni, tarkibiy qismlar, Dilshod akaga, 12, 1 Informatika va axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqs-kompy.info, Умумтаълим мактаби ўқитувчиларининг иш ҳақи миқдорлари энди қандай ўзгаради, 5-mavzu, Keyingi haftada berilgan vazifalarning turlari., EconomicsofTourism Vol1, vliyanie-blokcheyna-na-razvitie-ekonomiki

Mavzu: Birlashish
1. Gorizontal birlashish, Vertikal va Konglomerat birlashish.
2. Oddiy Kurno birlashuvining rentabelligi. Kurno qo’shilishining
samaradorligini tahlil qilish.
3. Birlashish va qo’shilib ketish. Birlashish va qo’shilib ketish sabablari.
4. Amerika Qo’shma Shtatlarida birlashish faoliyati.
5. Boshqa mamlakatlarda birlashish faoliyati.
6. Birlashish samaradorligi va rentabelligi bo’yicha empirik dalillar.
Reja:
1. Gorizontal birlashish, Vertikal va Konglomerat birlashish.
Korporativ birlashish va qo‘shib olishlar shuningdek, korporativ miqyosda qayta tarkiblash bugungi kun korporativ moliyaviy munosabatlarning va korporativ boshqaruvning tarkibiy qismiga aylanib ulgurdi. Bu borada har kuni butun dunyo miqyosida qator bitimlar tuziladi va tuziladigan bitimlar asosida ikki kompaniya yanada yirikroq kompaniyani tashkil etish maqsadida o‘zaro birlashadi. Bundan tashqari, kompaniyalarning o‘zaro birlashishi bilan bir qatorda, birlashishga teskari bo‘lgan ajralib chiqish yoki bo‘linish amaliyotlari ham amalga oshiriladi. Kompaniyalarning bo‘linishi va ajralib chiqishidan ham asosiy maqsad foydani maksimallashtirishga qaratilishini ta’kidlash lozim. Quyida kompaniyalarning o‘zaro birlashishi, qo‘shib olish jarayonlari va ularning o‘ziga xos jihatlari xususida atroflicha to‘xtalib o‘tamiz.
Korporativ moliyaviy taraqqiyotning bugungi bosqichida har qanday korporativ tuzilma o‘z rivojlanish strategiyasini belgilashda o‘z tashkiliy tuzilmasi doirasida rivojlanish yoki boshqa mustaqil iqtisodiy sub’ektlar bilan birlashish orqali rivojlanishga e’tibor qaratadi. Bunda korporativ moliyani boshqarishning sub’ektlari hisoblangan moliyaviy menejerlar tomonidan moliyaviy rivojlanish strategiyalaridan qaysi biri kompaniya uchun foydali ekanligini aniq hisob-kitoblar asosida belgilab beradi
Birlashish va qo‘shib olish bitimlari orqali yangi biznesni tashkil etishdan asosiy maqsad sifatida biznesga qo‘shimcha elementlarni birlashtirish va integratsiyalash hisobiga kompaniyaning strategik ustunligini ta’minlashni keltirish mumkin. Murakkab moliyaviy-iqtisodiy holatlarda birlashish va qo‘shib olishlar kompaniyalar uchun yanada ko‘proq dolzarblik kasb etadi. Moliyaviy jihatdan yuqori salohiyatga ega kompaniyalar bozorda yanada raqobatbardosh bo‘lgan kompaniyani tashkil etish maqsadida nisbatan kuchsiz bo‘lgan kompaniyalarni o‘ziga qo‘shib olishga harakat qiladi. Shuningdek, moliyaviy jihatdan o‘zaro teng kuchga ega kompaniyalar bozorda o‘z ulushini ko‘paytirish yoki o‘z samaradorligini oshirish maqsadida o‘zaro birlashadilar. Keltirib o‘tilayotgan ustunlik jihatlar tufayli qo‘shib olinuvchi kompaniyalar ko‘p hollarda o‘zlarini boshqa kompaniyalar xarid qilish usuli orqali qo‘shib olishga rozi bo‘ladi. Chunki, ular keskin raqobat muhitida o‘zlarining mustaqil ravishda jon saqlab qola olishlariga ko‘zlari etmaydi. Odatda, ko‘pchilik kompaniyalar o‘rtasidagi birlashish va qo‘shib olishlarni o‘zaro sinonim atamalar va butunlay bir xil jarayonlar sifatida qabul qiladi. Aslida esa ushbu ikki atama o‘rtasida ma’lum farqlar mavjud. “Qo‘shib olish” atamasi ba’zan birlashishning har qanday shakliga nisbatan ham qo‘llaniladi. Buning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud.
Bir kompaniya boshqa bir kompaniya ustidan nazorat o‘rnatsa va o‘zini ushbu kompaniyaning yangi xo‘jayini, deb e’lon qilsa, bu bitim qo‘shib olish deb ataladi. Yuridik nuqtai nazardan, qo‘shib olingan kompaniya o‘z faoliyatini tugatadi, qo‘shib olgan kompaniya esa xarid qilingan (qo‘shib olingan) kompaniyaning butun boshli biznesini va aksiyalarini o‘z tasarrufiga oladi. Birlashish jarayonida esa yuqorida ta’kidlanganidek aksariyat hollarda moliyaviy jihatdan o‘zaro teng kuchga ega bo‘lgan ikki kompaniya o‘z biznesini bitta kompaniyaga birlashtirgan holda davom ettirishga qaror qiladi. Mazkur holatda ham bir kompaniyaning boshqasini sotib olishi va o‘zaro kelishgan holda qo‘shib olingan (xarid qilingan) kompaniya bilan o‘zaro birlashdi, deb e’lon qilish holatlari uchraydi. Haqiqatda esa bir kompaniya boshqasini qo‘shib olgan bo‘ladi. Bu amaliyotning afzallik tomoni shundaki, qo‘shib olingan kompaniya uchun uning boshqa bir kompaniya tomonidan qo‘shib olinishi qo‘shilib ketgan kompaniya nufuziga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shundan kelib chiqqan holda, qo‘shib olingan kompaniya menejerlari ushbu jarayonni kompaniya nufuziga putur etkazmaydigan tarzda amalga oshirishga intiladi
Agar har ikki kompaniyaning bosh direktorlari o‘z kompaniyalari uchun kelgusida potentsial ustunlik mavjud bo‘lishini anglagan holda ularni birlashtirishga qaror qilishsa, bir kompaniyaning boshqa bir kompaniyani qo‘shib olish jarayonini o‘zaro birlashish deb ham atash mumkin bo‘ladi. Ammo bir tomon o‘zining qo‘shib olinishini istamasa, bunday bitim do‘stona xarakterga ega bo‘lmaydi va bu holat qo‘shib olish, deya baholanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda ta’kidlash mumkinki, birlashishlar natijasida mavjud ikki yoki undan ortiq kompaniyalar asosida yangi kompaniya vujudga keladi. Bunda yangi kompaniya o‘zining tarkibini tashkil etgan asos kompaniyalarning barcha aktivlari va majburiyatlarini o‘z nazorati va boshqaruvi ostiga oladi. Amaliyotda kompaniyalar o‘rtasida qo‘shilish degan tushuncha ham borki, bunda bir necha kompaniyalar o‘zaro birlashadi va buning natijasida ulardan faqat bittasi raqobat muhitida tirik qoladi, qolganlari esa o‘z mustaqil faoliyat yuritish huquqidan mahrum bo‘lgan holda faoliyatini tugatadi.

Download 206.43 Kb.
  1   2




Download 206.43 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Birlashish Gorizontal birlashish, Vertikal va Konglomerat birlashish

Download 206.43 Kb.