• 1. Gorizontal birlashish va qo‘shib olish
  • 2. Vertikal qo‘shib olish.
  • Mavzu: Birlashish Gorizontal birlashish, Vertikal va Konglomerat birlashish




    Download 206.43 Kb.
    bet2/2
    Sana27.06.2022
    Hajmi206.43 Kb.
    #24479
    1   2
    Bog'liq
    Birlashish
    GLOSSARIY (2), Reja Kirish Yalpi milliy mahsulotning mazmuni, tarkibiy qismlar, Dilshod akaga, 12, 1 Informatika va axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqs-kompy.info, Умумтаълим мактаби ўқитувчиларининг иш ҳақи миқдорлари энди қандай ўзгаради, 5-mavzu, Keyingi haftada berilgan vazifalarning turlari., EconomicsofTourism Vol1, vliyanie-blokcheyna-na-razvitie-ekonomiki
    Qo‘shib olishlar natijasida bir kompaniyaning boshqa bir kompaniyani o‘z nazorati ostiga olishi, unga bo‘lgan mutlaq yoki qisman egalik huquqini qo‘lga kiritgan holda uni boshqarishi, aksariyat holatlarda qo‘shib olinadigan kompaniyaning bozordagi aksiyalarini sotib olish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Moliyaviy tahlilchilar kompaniyalar o‘rtasidagi integratsiyadan kelib chiqqan holda korporativ birlashish va qo‘shib olishlarni odatda uchta tipga ajratadilar
    1. Gorizontal birlashish va qo‘shib olish. Bu tipga bitta tarmoqda faoliyat ko‘rsatuvchi kompaniyalarning o‘zaro birlashishi yoki qo‘shib olinishi holatlarini kiritish mumkin. Bunday kompaniyalar bozorda o‘zaro raqobatchilar hisoblanadi. Bunga 2005 yilda “O‘zuyjoyjamg‘armabank” va “Zaminbank”ning o‘zaro birlashishini misol sifatida keltirish mumkin. 2. Vertikal qo‘shib olish. Vertikal qo‘shib olish o‘zaro bog‘liq tarmoqlarda yirik kompaniya tomonidan biznesning turli bosqichlaridagi kompaniyalarni o‘ziga jalb etish orqali faoliyatni tashkil etishni ko‘zda tutadi. Masalan, aviakompaniyalarning turizm agentliklarini o‘ziga qo‘shib olishini vertikal qo‘shib olish sifatida keltirish mumkin. 3. Konglomerat qo‘shib olish. Faoliyat yo‘nalishlari o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan kompaniyalarning biri tomonidan ikkinchisining qo‘shib olinishi konglomerat qo‘shib olishni anglatadi. Bunga misol sifatida kompyuterlar ishlab chiqaruvchi kompaniyaning ichimlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniyani qo‘shib olishini keltirish mumkin
    O‘zaro birlashayotgan yoki qo‘shib olinayotgan kompaniyalarning mamlakatlarga mansubligidan kelib chiqqan holda birlashish va qo‘shib olishlarni quyidagi ikki turga ajratish mumkin: – milliy birlashishlar – bitta davlatda joylashgan kompaniyalarning o‘zaro birlashishi; – transmilliy birlashishlar – turli davlatlarda joylashgan kompaniyalarning o‘zaro birlashishi yoki boshqa mamlakatlarda joylashgan kompaniyalarni qo‘shib olish.
    Kompaniyalarning foyda hajmini maksimallashtirish va bu orqali kompaniya bozor qiymatini oshirishga bo‘lgan intilishlaridan kelib chiqib, korporativ birlashish yoki qo‘shib olish bo‘yicha bitimlarni amalga oshirishga undovchi asosiy ta’sir elementlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: - qo‘shib olinadigan kompaniyaga yuqori darajali boshqaruv tizimini olib kirish va zamonaviy boshqaruv texnologiyalarini joriy etish orqali faoliyat samaradorligini oshirish. - ta’minotchilar bilan ishlash samaradorligini oshirish.
    - takrorlanuvchi vazifa va funktsiyalarlarga barham berish. - moliya bozorida ustunlikka ega bo‘lish. - resurslar bo‘yicha bir-birini to‘ldirish imkoniyati. - yirik shartnomalarni qo‘lga kiritish imkoniyati. - o‘zaro raqobatni chetlab o‘tish va monopoliya o‘rnatish imkoniyati. - faoliyatni diversifikatsiyalash imkoniyati. - qo‘shimcha axborotlarni qo‘lga kiritish imkoniyati. - kompaniyaning bozor bahosi bilan uning aktivlari o‘rtasidagi salbiy tafovutdan foydalanish imkoniyati. - kompaniyaning likvidatsion qiymati bilan aktivlar qiymati o‘rtasidagi tafovutdan foydalanish (bo‘lib-bo‘lib sotish) imkoniyati. - qo‘shib olinishdan himoyalanish imkoniyati.
    Kompaniyaning boshqa bir kompaniya bilan o‘zaro birlashishida yuridik jarayonlarning asosiy uchta turi amal qiladi: 1. Qo‘shib olish yoki konsolidatsiya. 2. Aksiyalar nazorat paketini sotib olish yo‘li bilan birlashish. 3. Kompaniya aktivlarini sotib olish yo‘li bilan birlashish. Korporativ birlashishlarning bunday turlari yuridik nuqtai nazardan o‘zaro farqlanadi. “Qo‘shib olish” atamasi ba’zan birlashishning har qanday shakliga nisbatan ham qo‘llanilishi haqida yuqorida ham to‘xtaldik. Atamalarni o‘zaro farqlash maqsadida qo‘shib oluvchi korxonani xaridor (bidder) atamasi bilan, qo‘shib olinayotgan korxonani qo‘shib olish ob’ekti (target firm) atamasi bilan ataymiz. Bunda xaridor kompaniya qo‘shib olinishi mo‘ljallangan kompaniyaga pul mablag‘larini yoki qimmatli qog‘ozlarni taklif etadi. Bunda taklif etilayotgan pul mablag‘i yoki qimmatli qog‘ozlar birlashish uchun kompensatsiya sifatida gavdalanadi. Qo‘shib olishda bir kompaniyaning boshqasi bilan to‘liq birlashishi ko‘zlanadi. Qo‘shib olayotgan kompaniya o‘z nomini saqlab qoladi va qo‘shib olingan korxonaning barcha aktivlari va majburiyatlariga egalik qila boshlaydi.
    Download 206.43 Kb.
    1   2




    Download 206.43 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Birlashish Gorizontal birlashish, Vertikal va Konglomerat birlashish

    Download 206.43 Kb.