|
Muammoning o‘rganilganlik darajasi
|
bet | 2/8 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 55,43 Kb. | | #138280 |
Bog'liq romanda syujet (2)Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Syujet va uning unsurlari mavzusi adabiyotshunoslik nazariyasiga oid tadqiqotlarda o‘rganilgan. Xususan, I.Sultonov, H.Umurov , T.Boboyev , D.Quronov , A.Ulug‘ov , E.Xudoyberdiyev kabi olimlarning nazariy qarashlari orqali atroflicha tadqiq etilgan. Ushbu manbalarda syujet haqida umumiy ma'lumot, syujet turlari, uning komponentlari, fabula, konflikt kabi masalalarga e'tibor qaratilgan.
Adabiyotshunoslik nazariyasi sohasida o`rganilishi muhim sanalgan ushbu mavzuni, ya`ni oliy ta’lim muassasalarida “Syujet va uning unsurlari” modulini innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida o‘qitish mazkur jarayon samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Kurs ishining maqsadi - “Syujet va uning unsurlari” o‘qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish mazmunini yoritib berish.
Kurs ishining ob’ekti: “Syujet va uning unsurlari” o‘qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: “Syujet va uning unsurlari” o‘qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish mazmuni, imkoniyatlari va yo‘llari.
Kurs ishining vazifalari:
- “Syujet va uning unsurlari” o‘qitishning nazariy asoslari haqida ma`lumot berish.
- “Syujet va uning unsurlari” o‘qitishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlashtirish.
- “Syujet va uning unsurlari” o‘qitishga doir innovatsion texnologiyalarni tasniflash.
- “Syujet va uning unsurlari” o‘qitish jarayonini loyihalashtirish va rejalashtirish.
- “Syujet va uning unsurlari” innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida o’qitishning amaliy-texnologik jihatlarini ishlab chiqish.
Kurs ishining amaliy ahamiyati: Kurs ishida ishlab chiqilgan innovatsion ta’lim texnologiyalaridan “Adabiyotshunoslik nazariyasi” fanidan ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida samarali foydalanish mumkin.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, to‘rt paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
|
| |