|
Бу сал тузик, фасл номига мос
|
bet | 7/8 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 55,43 Kb. | | #138280 |
Bog'liq romanda syujet (2)Бу сал тузик, фасл номига мос.
Xulosa
Badiiy asardagi syujetlilik eng muhim masalalardan hisoblanadi. Syujetni qarama-qarshiliklar, xarakterlarning rivojlanishi tarixi, asardagi voqyealar oqimi deb ta'riflashda asosan yirik nasriy va dramatik asarlarga xos xususiyatlar ko‘zda tutilgan. Vaholanki, lirik asarlarda xarakter bo‘lmaydi. Bo‘lganda ham ularning rivojlanishi tarixi ko‘rsatilmaydi, kichik janrlarda voqyealar berilmasligi, ularning oqimi ko‘rsatilmasligi mumkin. Shuning uchun ham syujet faqat asardagi voqealar oqimi, xarakterlarning rivojlanish tarixigina emas, asardagi tuyg‘u va kechinmalar oqimi, ularning rivojlanish mantiqi hamdir.
Asarda har bir personaj o‘z xarakteri va vazifasiga ega bo‘ladi. Ularning barchasi asosiy narsaga, ya'ni voqealar rivojiga birlashtiriladi va shu bilan asar syujetini ochishga xizmat qiladi. Syujet bilan kompozitsiya ajralmasdir. Syujet bo‘shligi kompozitsiyaning bo‘shligini keltirib chiqaradi. Aniq shakllantirilmagan bo‘sh kompozitsiya esa syujetni halok qiladi. Biroq yaxshi ishlangan kompozitsiyaning o‘zi ham muvaffaqiyat keltirmaydi. Kompozitsiyaning qimmati g‘oyaning qimmati bilan belgilanadi. Yaxshi kompozitsiyada ifodalangan g‘oya syujetni ham yaxshilaydi. Demak, syujet asar mazmunini ochish shaklidir.
Syujet kompozitsion tartib orqali yuzaga chiqadi. Kompozitsiya syujetdan kengroqdir. U syujet bilan bog‘liqdir. Asar voqyealarini xronologik tartibda joylashtirmaslik, tugun va yechimini har yerda berish mumkin. Bu ham kompozitsiya bo‘ladi.
Badiiy adabiyotda syujet, asar yoki eserda muallifning izohlagan voqealar, hodisalar yoki qissalar tizimi hisoblanadi. Bu, eser yoki qissada sodir bo'lgan voqealarni, hikoyalarni yoki muallifning tanqid etilgan mavzularini o'z ichiga oladi.
Syujet adabiyotdagi asarlar yoki qissalar yordamida muallifning ko'rsatgichi mavzusi yoki tarjimasini ifodalaydi. Asar yoki qissa odatda bir nechta qadamlardan iborat bo'lib, ana qismda boshlang'ich voqea yoki muammoga duch kelayotgan masalalar, muammo yoki holatlar paydo bo'lishi bilan boshlanadi. Keyin esa bu voqealar, holatlar yoki muammolar o'sib borib, ularning hal qilinishi, ochiqlovchi va muallifning ko'rsatilgan maqsadiga yetishishi yoki yo'qolishi ko'rsatiladi.
Badiiy adabiyotda syujet odatda muallifning maqsadi, fikriy qarashlari, voqealarni tartiblash usullari, voqealar orasidagi bog'lanishlar, asar yoki qissa ichidagi qiyofalar, shaxslar, va ularning hayotlaridagi o'zgarishlar orqali ko'rsatiladi. Bu esa asar va qissalarni o'qiyuvchilarga maqsadli, o'zgarmas va e'tiborli qiladi.
Davr va inson muammosi adabiyotshunoslikda muhim oʻrin egallab kelayotgani, inson xarakteri va ijodkor badiiy olamining mushtarakligi, ijodkor badiiy dunyosining hali ilgʻanmagan jihatlarini, ochilmagan qirralarini tadqiq qilish zarurligini taqozo etmoqda. Abduqayum Yoʻldoshev asarlarini kuzatar ekanmiz, unda bosh qahramon hayotida kechayotgan ruhiy evrilishlarga duch kelamiz. “Tushov”, “Biz boʻlmagan joylarda”, “Bezori” kabi hikoyalari yozuvchining ijodiy shaxs konsepsiyasini belgilab beruvchi asarlar deb ayta olamiz. Bugungi kunda adibning bir qator sara qissalari, hikoyalari nashr qilindi. A.Yoʻldoshevning har bir asari matbuot yuzini koʻrar ekan, ijodkor oʻz uslubi bilan kitobxon qalbini zabt eta oldi. Adib asarlarini oʻquvchi oʻz xayollarida hamda koʻz oʻngida gavdalantira oladi. Buning boisi, muallif, asosan, syujetni oʻz hayotida guvohi boʻlgan voqealarga tayanib aks ettiradi. Buni biz birgina “Bezori” hikoyasi misolida ham koʻrishimiz mumkin.12
Xulosa qilib aytganda, hikoyalarda (сизни мавзуйингиз роман бўйича эмасми)davr va inson muammosi, davrning inson xarakteriga taʼsiri va yozuvchining barqaror xarakterlar yaratish borasidagi mahorati ochib berilgan. Yozuvchi yaratgan xarakterlarni tushunish uchun uning birgina hikoyasini oʻqib chiqish kifoya qilmaydi, negaki, bir asarida yaratgan obraz, xarakter boshqa bir asarida yaratilgan obraz va xarakterning mantiqiy davomidek tuyuladi asarlarda davr va inson muammosining yoritilishida, yozuvchi nuqtai nazari va qahramon tabiati, xarakterlar rangbarangligi va ruhiyat tasviri, maishiy hayot tasvirini gavdalantirishda yozuvchining individual uslubi, nasr va janr imkoniyatlari, badiiy til vositalarining adib ijodidagi oʻrni alohida seziladi. Asarlarda yozuvchi qahramonlarning ichki va tashqi qiyofadoshligi, adibning poetik mahorati, individual poetik uslubga xos ruhiy psixologik ijod uslubining oʻziga xos koʻrinishi deyish mumkin.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkin-ki, “Timsohning ko‘z yoshlari” (воой, кўчирилганда қолиб кетибди-ку, деб ўйлаяпсизми, қойил-э. Хижолат бўлиши керак одам кўчираётиб) qissasi pok va nopok qahramonlar ruhiyatini ochib berib, jamiyatdagi turli xil kamchiliklarni yashirin tarzda ochib bergan asar hisoblanadi. Asardan loqaydlik illatini yo‘q qilish chorasini izlaylik, xayollarimizga berilib, ro‘yo ortidan quvmasdan taraqqiyot sari yo‘l topaylik degan ma’noni anglash mumkin. Bu yo‘lda insonlarni birlikka chaqiradi.
Abduqayum Yo‘ldoshevning "Sunbulaning ilk shanbasi" qissasi sintimentalizm (Sintmentalizm - frans. "his tuyg'u" ) asosiga qurilgan desak mubolag'a bo‘lmaydi. Ushbu qissa azaliy va abadiy muhabbat mavzusida. Asar qahramonlarining bir-biriga bo‘lgan sof muhabbati nafaqat Abduqayumni balki, ushbu qissani qo‘liga olgan har bir kitobxonni hayratga soladi.
Hamxonasining o‘lim oldi holati insonni befarq qoldirmaydi. Xonadoshining betobligi tufayli Abduqayum unga qalban yaqinlashadi. Bu holatda biz yozuvchi asardagi Abduqayum obrazida chin insoniylik hislatlarini aks ettirishga uringanini ko‘ramiz. Suluvning singlisi keltirgan xatni ochib o‘qishidan bosh tortganida esa o‘zbek xalqiga xos milliy andisha ko‘zga tashlanadi.
Suluvning boshqa kishiga turmushga chiqqaniga qaramasdan, har yili sunbulaning ilk shanbasida va'daga vafo qilib, belgilangan joyga kelishi, Abduqayum aka hamxonasining esa sevganiga yetisha olmasligini bilib ham boshqa qizga uylanish hayoliga ham kelmasligida, shuningdek, ular bir-birlari bilan gaplashmasa ham shunchaki bir ko‘rish bilan cheklanishlarida chegarasiz muhabbatni ko‘rishimiz mumkin.
|
| |