Учебное пособие "Бетонные работы"




Download 4.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana07.03.2024
Hajmi4.17 Mb.
#168500
  1   2
Bog'liq
Beton ishlari. На узбекском языке. — Смазка для опалубки Текиз
Asboblar. Reja-fayllar.org, Umumiy fizika fanidan kurs ishi mavzu akustika elementlari, фребел, report, PresentationProposals, 1. Ахборотни энг кичик ўлчов бирлиги айси жавобда тў ри берилга, Axborotni eng kichik o‘lchov birligi qaysi javobda to‘g‘ri beril, Корхонада тайёрланган қурилиш конструкциялари 1 -lotinлот, Beton texnologiyasi 2 qism, 4-sinf Ona tili fanidan to\'garak hujjatlari, 1 ma\'ruza kvalimetriya (1), Tarmoq protokoli tushunchasi. Turli qatlamli protok, 1-chirak taqvim mavzu ish reja tasviriy san\'at (2) (2)


07.03.2024, 09:49
Beton ishlari. На узбекском языке. — Смазка для опалубки Текиз
смазка-для-опалубки.рф/uchebnye-posobiya/betonnye-raboty-na-uzbekskom-yazyke/
1/15
Смазка для опалубки
Текиз
Вы года Удобство Качество
Главная / Полезное / Записки ординарного инженера из Петербурга / Учебное пособие "Бетонные работы". /
Beton ishlari. На узбекском языке.
Спонсор перевода: АО "ИНЖПЕТРОСТРОЙ"
Перевод: бюро переводов "Benevox"
Muallif: Shvetsov Aleksandr
Muallifning kompetentligi darajasi: qurilish laboratoriyasi rahbari / bosh texnolog / muhandis-materialshunos
1. Beton aralashmasini qabul qilib olish.
Ishlash boshlanishidan oldin:
Ishlarni amalga oshiruvchi (usta, instruktor) amalga oshirishi lozim:
- yetkazib beruvchi zavoddan beton aralashmasini obyektga yetkazib berish rejasini aniqlashtirish.
- beton aralashmasi ko'rsatkichlarining loyiha uchum mos kelishini tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligini tekshirish.
- ishchi hujjatlar va texnologik ish tartibining mavjudligini tekshirish.
- yomg'ir yog'ishi holatida ustini yopish materiallarining mavjudligini tekshirish.
- qo'shimcha uskunalarning borligi va ularning to'g'ri ulanishini tekshirish
- xodimlarning kiyim-bosh va ish-anjomlarini tekshirish.
- yuvish uchun aralashma va sifatsiz beton aralashmasini to'kish uchun joyni nazarda tutish.
Beton aralashmasini uzatishda:
Ishlarni amalga oshiruvchi (usta, instruktor) amalga oshirishi lozim:
- avtobeton aralashtiruvchining ishga yaroqliligini, birinchi galda kranlarning oqmayotganini tekshirish; Tashish jarayonida suv beton aralashmasiga
qo'shilib qolmaganiga ishonch hosil qilish.
- beton nasosining tayyorligini tekshirish. Yuvuvchi aralashma yoki sifatsiz beton aralashmasi konstruksiyaga qo'shilmasligiga ishonch hosil qilish.
Laborant amalga oshirishga majbur:
- obyektda beton aralashmasi harakatchanligini aniqlash uchun standart konusning borligini
- aralashma haroratini tekshirish uchun termometrlar, beton monoliti va atrof muhitning haroratini tekshirish uchun termometrlar (termopar) borligini
- beton aralashmasining zichligini aniqlash uchun uskunalarning borligini tekshirish
- beton aralashmasining qulay tarzda yotqizilishi darajasini o'lchash va zarurat tug'ilganda ishlab chiqaruvchi zavodga tuzatishlarni berish.
- beton aralashmasi zichligini o'lchash va zarurat tug'ilganda ishlab chiqaruvchi zavodga tuzatishlarni berish.
- beton aralashmasidan suv ajralishi va unga havoning kirish darajasini ko'z bilan tekshirish.
- nazorat uchun namunalar tayyorlash (PGSchilar uchun zarur emas)
- nazorat namunalarini tayyorlash uchun shakllar.
2. Beton aralashmasini zichlashtirish uchun foydalaniladigan uskunalar.
Zamonaviy qurilishda beton aralashmasini zichlashtirish vibroto'qmoqlar yoki maydonlar uchun osma vibratorlar yordamida amalga oshiriladi.
Информация



Каталог продукции


На этом сайте используются файлы cookie. Продолжая просмотр сайта, вы разрешаете их использование. Подробнее. 
Закрыть


07.03.2024, 09:49
Beton ishlari. На узбекском языке. — Смазка для опалубки Текиз
смазка-для-опалубки.рф/uchebnye-posobiya/betonnye-raboty-na-uzbekskom-yazyke/
2/15
Ichkariga kiritiladigan vibrator bilan ishlashning xususiyatlari.
P3-P4 harakatchanlikdagi beton aralashmalari past chastotadagi (3000 ayl/daq. dan kam) vibratorlar yordamida samarali tarzda yotqiziladi. P4-P5 va
undan baland harakatchanlikdagi beton aralashmalari yuqori chastotadagi (6000-12000 ayl/daq.) vibratorlar yordamida samarali tarzda yotqiziladi.
Yuqori chastotadagi vibratorlardan foydalanishning afzalligi bo'lib mehnat unumdorligining oshishi, vibratsiya ta'siri jarayonida beton aralashmasi qavat-
qavat bo'lishining kamayishi va unga kirgan havoning dispersiyaliligining oshishi (havo ko'pigi o'rtacha diametrining kichrayishi) hisoblanadi.
Yuqori chastotadagi vibratorlardan foydalanish tajribasining ko'rsatishicha, ularni uzoq muddat davomida xizmat qilishi uchun elektr ta'minotini ulash
kuchlanish barqarorlashtirgichi orqali amalga oshirilishi zarur. YCh vibratolar kuchlanish o'zgarishiga sezuvchan, generatorda xatoliklar yuzaga keladi.
1-Jadval. Vibratorlardan, ularning majburlovchi kuchi bilan bog'liq ravishda, foydalanishning xav .
Vibrator
modeli
Vibroto'qmoqning diametri,
mm
Chastotasi,
ayi/daq
Majburlovchi kuchi,
kN
Samarali radiusi,
sm
Ir ex IRFU 65
65
12000
6,9
100
Ir ex IRFU 58
58
12000
4,7
85
Ir ex IRFU 45
45
12000
2,5
60
Ir ex IRFU 38
38
12000
1,3
50
Ir ex IRFU 30
30
12000
0,8
40
ЭПК-1300/76
76
12600
6,0
ЭПК-1300/51
51
17100
3,9
ЭПК-1300/38
38
19800
2,0
ЭПК-1300/28
28
19800
0,8
ИВ – 116А
76
2800
6,0
ИВ – 117А
51
2800
3,9
ИВ – 113
38
2800
2,0
ИВ – 75
28
2800
0,8
Opalubka uchun xavfning
rangda ifodalanishi
Ta'sir radiusiga 0,5 ga yaqinroq joylashuv. Oqibati.
Vertikal opalubka
Gorizontal opalubka
Ta'qiqlanadi. To'liq birpaytdagi buzilish.
Ta'qiqlanadi. To'liq birpaytdagi buzilish.
Qisman buzilish.
Ta'qiqlanadi. To'liq birpaytdagi buzilish.
Kamdan-kam yuzaga keladigan buzilish.
Nazorat.
Kamdan-kam yuzaga keladigan buzilish.
Nazorat.
Xavfsiz
Xavfsiz
1-chizma. Vibratorning ishchi organi bo'lib vibroto'qmoq hisoblanadi. Chizma vibroto'qmoqdan tarqaladigan vibratsiya ta'sirining tarqalishi ko'rsatilgan.
Vibroto'qmoqning oxirida ta'sir kuchi ancha past. Shuning uchun, vibrozichlashtirish jarayonida vibroto'qmoqni qisman pastda joylashgan qatlamga
ham kiritishadi.
На этом сайте используются файлы cookie. Продолжая просмотр сайта, вы разрешаете их использование. Подробнее. 
Закрыть


07.03.2024, 09:49
Beton ishlari. На узбекском языке. — Смазка для опалубки Текиз
смазка-для-опалубки.рф/uchebnye-posobiya/betonnye-raboty-na-uzbekskom-yazyke/
3/15
2-Jadval. Asosiy xavfsizlik choralari
Ta'qiqla
nadi
Vibroto'qmoqni opalubkaga yaqin keltirish va tirash
Vibroto'qmoqni armaturaga tirash (rezonans)
Vibroto'qmoqni beton aralashmasida gorizontal joylashtirish
Beton aralashmasi qatlamining vibratorlar darajasi chizig'idan balandligi 1,2 dan baland bo'lsa, osma
vibratorlar tizimi yoki ichkariga kiritiluvchi vibratorlarni yoqish
Vibrator ehtimoliy tushishi hududida bo'lish
Tok saqlovchi kabel uchun uzulish xav ni yuzaga keltirish
Momaqaldiroq va yomg'irda ishlash
Ishlayotgan vibratorni uni bir joydan boshqasiga ko'chirish uchun yetarli bo'lgan vaqtdan uzoqroq
muddatda havoda qoldirish
Osma (maydonda ishlaydigan) vibratorlar tizimi bilan ishlashning xususiyatlari.
Osma vibratorlar faqatgina vertikal konstruksiyalarni betonlashtirish uchun ishlatiladi. Monolit qurilishida qulay muqobil variant sifatida, yupqa 70-
100mmli devorlarni betonlashtirish jarayonida 30mmli ichkariga kiritiluvchi vibratordan foydalanish tavsiya qilinadi. Rossiyada, TBMdan tashqari, keng
ko'lamga ega bo'lmadi. TBMda maydon vibrator tizimlari vibrostollarda qo'llaniladi. Videoda "Krasniy Mayak" maydon vibratorlarining ishlashi
ko'rsatilgan
Навесные вибраторы
Навесные вибраторы
3. Betonlashtirishga tayyorgarlik. 
Beton quyiladigan asosning harorati plyus 5°C dan past bo'lmasligi kerak, buning uchun beton asosi va opalubka zarurat tug'ilsa isitiladi.
Konstruksiyalarda harorat bilan bog'liq yoriqlarning yuzaga kelishi oldini olish uchun asosning harorat qiymati yetkazilayotgan beton aralashmasi
harorati bilan birga ko'rsatiladi, shunday shart bilanki, beton aralashmasining harorati asos haroratidan 5°C dan ko'p haroratga baland bo'lmasin Asos
(chok) keyingi betonlashtirishdan 5-6 soat oldin suv bilan namlantiriladi.
Beton asosi nam bo'lishi, tegish yuzasi esa namroq bo'lishi lozim. Beton ho'l emas nam bo'lishi kerak. Ho'l beton beton beton aralashmasi bilan kuchsiz
adgeziyaga kirishadi.
4. Beton aralashmasini yetkazish va taqsimlash.
Har bir seksiyada beton aralashmasini yetkazish, taqsimlash va zichlashtirish ketma-ket qalinligi 40 smdan baland bo'lmagam qatlamlar bilan amalga
oshiriladi. Quyiladigan gorizontal qatlamning tasmasiga beton aralashmasini quyish va taqsimlash beton nasosining beton yurgizuvchisi yoki seksion
beton yurgizuvchisining rezina yengi bilan amalga oshiriladi.
Betonning quyilishi jarayonidagi beton aralashmasining qatlam-qatlamga bo'linishi va armaturaga beton aralashmasining yopishishini oldini olishga
imkon beruvchi ish sharoitlarini ta'minlash uchun armatura panjarasida betononasos yengi uchun texnologik deraza hosil qiladilar.
Betonlashtirishning oxirgi bosqichlarida texnologik derazalar bekitib tashlanadi.
Baland konstruksiyalarni betonlashtirish jarayonida (masalan, ko'priklarning ustunlari) beton aralashmasining harakatchanligi va saqlanuvchanligini
shunday tanlash lozimki, yuqoridan boshlab sanaganda oltinchi qatlam zichlashsin va suyuqlik xossasini butunlay yo'qotsin. Ortiqcha gidrostatik bosim
opalubkaning buzilishiga (qisman yoki to'liq) olib kelishi mumkin.
На этом сайте используются файлы cookie. Продолжая просмотр сайта, вы разрешаете их использование. Подробнее. 
Закрыть


07.03.2024, 09:49
Beton ishlari. На узбекском языке. — Смазка для опалубки Текиз
смазка-для-опалубки.рф/uchebnye-posobiya/betonnye-raboty-na-uzbekskom-yazyke/
4/15
Beton massasini quyish qatlam-qatlam bo'lishning oldini olish maqsadida 2,5mdan baland bo'lmagan balandlikdan amalga oshirilishi lozim. Beton
ishlarining dastlabki davrida harakatchanligi P3 dan baland bo'lmagan beton aralashmasidan foydalanish zarur, chunki nisbatan harakatchan beton
aralashmasi hattoki 2,5m balandlikdan quyish jarayonida qattiq asosga urilish paytida qatlamlarga ajraladi.
Yirik konstruksiyalarni betonlashtirish holatida armatura panjarasida texnologik derazalar hosil qilish muhim. Agar armatura karkasi orqali bir necha
soat davomida beton quyilishi amalga oshirilsa, armatura karkasining yuqori panjarasiga yopishib qolgan beton aralashmasi betonlashtirishning
oxirigacha qotishga yoki muzlashga ulguradi. Shunday qilib, texnologik derazalar bo'lmasa, armaturaning beton bilan adgeziyasi bo'lmaydi.
Qisqa muddatli tez yog'uvchi yomg'ir sharoitida beton quyish faqatgina toza quyilgan betonni namdan ishonchli tarzda himoyalashi mumkin bo'lgan
tent ostida mumkin (yopish mumkin bo'lmasa).
Tentning yo'qligi holatida ishlarni to'xtatish, toza quyilgan beton esa tez va ishonchli tarzda shu maqsadlar uchun oldindan tayyorlab qo'yilgan namdan
himoyalovchi qoplama bilan yopilishi lozim. Yomg'irning tugashidan so'ng opalubkaning turli joylarida yig'ilib qolgan namlik beton quyilishidan oldin
olib tashlanishi va betonlashtirish davom ettirilishi lozim. Betonlashtirish beton aralashmasini pastgi qatlamda taqsimlash va old qismdagi to'siqqa
parallel ravishda harakatlanish orqali boshlanishi lozim.
Qalinligi 40 smdan oshmaydigan har bir tasmaga beton aralashmasini doimo faqatgina bir yo'nalishda quyiladi. Har bir tasmada beton aralashmasini
quyish va taqsimlash betononasosning beton yuritgichni bir texnologik darchadan boshqasiga harakatlantirish orqali amalga oshiriladi, bunda bir
texnologik darcha doirasidagi 1,0 - 1,5m chegarasida beton yuritgich qo'lda qayriladi. Yotqiziladigan tasmaning zichlashtirilishi oldidan beton aralashmasi
butun yuza bo'ylab tekis taqsimlanishi lozim.
Alohida o'nqir-cho'nqirlarning balandligi 10 smdan oshmasligi lozim.
Vibroto'qmoqdan tasmaga quyilayotgan beton aralashmasini qayta taqsimlash yoki tekislashtirish uchun foydalanish ta'qiqlanadi. Betonlashtirishning
sur'atini, umumiy holda, yotqizish joyiga beton aralashmasini yetkazishning amaldagi tezligidan kelib chiqib, keyingi tasmani quyish o'rtasidagi tanaffus
har bir aniq joyda beton aralashmasi tomonidan harakatchanlikning, standart konusning 1,0 - 1,5sm cho'kindisi chegarasida, boy berilish muddatlaridan
oshmasligi sharti bilan - ishchi choklarini hosil qilishning oldini olish uchun, belgilanadi.
Mazkur shartning bajarilishi ko'zda aniqlanishi mumkin: ishlayotgan vibroto'qmoqning asta-sekinlik bilan chiqarilishi holatida betonda o'yiqlarni
qoldirmasligini ko'rish yetarli. Beton aralashmasini birinchi tasmada 1,5 - 2 mga kechga qolish bilan taqsimlanishida ichkariga kiruvchi vibratorlar bilan,
pastdan balandga harakatlangan holda (quyish joyida) zichlashtirish amalga oshiriladi.
5. Vertikal konstruksiyalarni betonlashtirish.
Vertikal konstruksiyalarni betonlashtirish uchun konusning cho'kinishi 15smdan oshmaydigan va to'ldiruvchining yirikligi 20mmgacha bo'lgan beton
На этом сайте используются файлы cookie. Продолжая просмотр сайта, вы разрешаете их использование. Подробнее. 
Закрыть


07.03.2024, 09:49
Beton ishlari. На узбекском языке. — Смазка для опалубки Текиз
смазка-для-опалубки.рф/uchebnye-posobiya/betonnye-raboty-na-uzbekskom-yazyke/
5/15
aralashmasidan foydalaniladi.
Quyish paytida beton aralashmasining oqimi ajralmasligi lozim.
Nisbatan yuqori harakatchanlikka ega beton aralashmasi bilan betonlashtirish hollarida qatlamlarga bo'linish hollari ko'p uchraydi (monolitda ochiq
shag'al ko'rinib qoladi).
Ustunlarni betonlashtirish. Baland ustunlarni betonlashtirish oldidan birlashish joylarini aniqlab olish va qalinligi 3-5sm bo'lgan quyuq sement
aralashmasi solinishi zarur.
Balandligi 5mgacha tomonlari kecimi 0,8mgacha bo'lgan, kesishuvchi ankerga ega bo'lmagan ustunlar to'xtovsiz tarzda butun bo'yiga betonlashtiriladi.
Beton aralashmasi yuqoridan quyiladi va ichkariga kiritiluvchi vibratorlar bilan qatlamma-qatlam zichlashtiriladi yoki osma vibratorlar tizimidan
foydalaniladi.
Agar katta kesimga ega ustunlarning balandligi 5mdan oshsa va ularda kesishuvchi ankerlar bo'lmasa, beton aralashmasi voronkalar orqali xartumlar
bo'yicha quyiladi.
Zichlashtirish ichkariga kiritiladigan yoki osma vibratorlarda amalga oshiriladi.
Hech bir holatda vibroqo'zg'atuvchi (to'qmoq yoki maydon vibratori) 1mdan chuqurroq bo'lgan beton aralashmasi qatlami ostida bo'lganida
o'chirilmasligi lozim. Kesishuvchi ankerlarga ega baland va zich armaturalangan ustunlar opalubkadagi deraza va maxsus cho'ntaklar orqali
betonlashtiriladi. Yoxud beton aralashmasi osma vibratorlar orqali oldinga surilishi mumkin.
Balandligi, kesimi va armaturlanganidan qat'iy nazar ustunlar to'xtovsiz butun qavatning bo'yiga betonlashtirilishi lozim.
Devor va pardevorlar betonlashtirilishi.
3mgacha balandlikdagi devorlar holatida beton aralashmasi bevosita opalubkaga, maydonning uzunligiga qarab bir necha nuqtalarda quyiladi.
Devorlar 0,35-0,4m qalinlikdagi gorizontal qatlamlar orqali, vibroto'qmoqni oldingi qatlamning yuqori qismiga 10-15smga kiritish bilan betonlashtiriladi.
Aralashmani devorning bir nuqtasiga quyish va uni opalubka ichida vibrator yordamida harakatlantirish ta'qiqlanadi. Mazkur holda, beton monolitining
sifatini pasaytiruvchi og'ishgan g'ovak qatlamlar shakllanadi.
3mdan baland devorlarga aralashma bo'g'imli xartumlar orqali voronkalardan yetkaziladi (yoki polipropilen quvurlar orqali).
Devor qalinligi 0,15mdan kam bo'lganida betonlashtirish 1,5m balandlikdagi qavatlar bilan olib boriladi. Mazkur devorlarning opalubkasini bir tomondan
butun balandligiga ikkinchi tomonidan esa qavat balandligiga quradilar. Armatura butun balandlikka o'rnatiladi. Beton aralashmasi past opalubka
tomonidan beriladi va vibratorlar bilan zichlashtiriladi. Qavat betonlashtirilganidan so'ng opalubka balandligi ikkinchi qatlam balandligigacha oshiriladi.
Agar opalubkani qavatma-qavat ornatishning imkoni bo'lmasa, beton aralashmasini yupqa devorlarga maxsus dezara va cho'ntaklardan uzatiladi.
На этом сайте используются файлы cookie. Продолжая просмотр сайта, вы разрешаете их использование. Подробнее. 
Закрыть


07.03.2024, 09:49
Beton ishlari. На узбекском языке. — Смазка для опалубки Текиз
смазка-для-опалубки.рф/uchebnye-posobiya/betonnye-raboty-na-uzbekskom-yazyke/
6/15
На этом сайте используются файлы cookie. Продолжая просмотр сайта, вы разрешаете их использование. Подробнее. 
Закрыть


07.03.2024, 09:49
Beton ishlari. На узбекском языке. — Смазка для опалубки Текиз
смазка-для-опалубки.рф/uchebnye-posobiya/betonnye-raboty-na-uzbekskom-yazyke/
7/15
6. Vibrozichlashtirish.
Vibratsiyalashning davomiyligi beton aralashmasini qavatlarga ajratishni oldini olish shartlaridan kelib chiqib belgilanishi kerak. P3 uchun taxminiy
chegara bir joyda 8-10 soniya, P4 uchun 4-7 soniya, P5 uchun 2-3 soniya. Konusning 55smdan ortiqqa yoyilib ketadigan o'zi tekislanadigan aralashmalar,
odatda, vibrozichlashtirishga duchor qilinmaydi.
Vibroto'qmoqlarni zichlashtirishning bir jinsli darajasini ta'minlash uchun bir joydan ikkinchisiga ko'chirilishi ularning bir yarim ta'sir doirasidan
oshmasligi lozim. Vibroto'qmoqning ta'sir radiusi yetkazib beruvchi zavod pasport bilan aniqlanadi.
Vibroto'qmoqni ichkariga kiritish jarayonida beton aralashmasining yuzasida paydo bo'ladigan pufaklar chiquvchi havo BO'LIB HISOBLANMAYDI. Bu
vibroto'qmoqning tebranuvchan harakatlaridan yuzaga kelgan mikro portlashlar bo'lib, ular faqatgina beton aralashmasining YUZASIDA paydo bo'ladi.
Qisilgan yoki ichkarida bo'lgan havoning chiqish jarayoni kuzatilmaydi.
Videoda tarkibida 3,5% dan ortiq bo'lmagan kichik dispers havo saqlovchi beton aralashmasining zichlashtirilishi ko'rsatilgan. U yerdan hech narsa
chiqmaydi.
Agar siz uzoq muddat davomida vibroto'qmoqni beton aralashmasida "xavoga o'xshagan" narsa undan chiqishini kutgan holda saqlab tursangiz, beton
aralashmasi eritma va shag'alga ajraladi, maydoncha ustasi esa sizga yana bir nuqson uchun minnatdorchilik bildiradi va hattoki haqoratli so'zlar ham
aytishi mumkin.
Vibroto'qmoqni ichga kiritishning tavsiya qilingan vaqtiga qat'iyan amal qiling!
На этом сайте используются файлы cookie. Продолжая просмотр сайта, вы разрешаете их использование. Подробнее. 
Закрыть


07.03.2024, 09:49
Beton ishlari. На узбекском языке. — Смазка для опалубки Текиз
смазка-для-опалубки.рф/uchebnye-posobiya/betonnye-raboty-na-uzbekskom-yazyke/
8/15
Микровзрывы от виброуплотнения
Микровзрывы от виброуплотнения
Vibroto'qmoqning holati beton aralshmasiga nisbatan qat'iy perpendikulyar (normal bo'yicha) bo'lishi lozim.
3-chizma. Vibroto'qmoqning 1,5 radius kam qadami bilan ichkariga kiritilishi jarayonida, masalan 1 radius, ishlarning samaradorligi tushadi va beton
aralashmasining qavatlarga ajralishi oshadi. Vibroto'qmoqni kiritish qadamini kichraytirish faqatgina muayyan nuqtada vibratsiyalashning belgilangan
eng ko'p vaqti havoni chiqarish uchun yetarli bo'lmasagina mazmunga ega.
На этом сайте используются файлы cookie. Продолжая просмотр сайта, вы разрешаете их использование. Подробнее. 
Закрыть


07.03.2024, 09:49
Beton ishlari. На узбекском языке. — Смазка для опалубки Текиз
смазка-для-опалубки.рф/uchebnye-posobiya/betonnye-raboty-na-uzbekskom-yazyke/
9/15
4-chizma. Harbir tasmaning oxirida beton aralashmasining qatlamlarga ajralishini oldini olish uchun, vibratorning uchini beton aralashmasining tasma
chetidan 50-70 smdan kam bo'lmagan uzoqlikda kiritilishi kerak.
Betonni qatlamma-qatlam quyishda har bir qatlamda oldindan quyilgan uzunligi 1,0 - 1,5 m bo'lgan gorizontal maydoncha bo'lishi kerak, beton
aralashmasi yuzasiningning gorizontga qiyalik burchagi uning zichlashtirilishigacha 30° dan katta bo'lmasligi kerak.
Mazkur hududning mukammal tarzda zichlashtirilishi faqatgina beton aralashmasini keyingi tasmaga quyilishidan so'ng amalga oshirilishi lozim. Beton
aralashmasining birinchi tasmada asosning pastgi qismi betonlashtiriluvchi butun kengligi bo'ylab taqsimlanganidan so'ng betononasoslar yoqiladi,
beton yurgizuvchilar ko'ndalang to'siqqacha keltiriladi va beton aralashmasining quyilishi va ikkinchi tasmada taqsimlanishi amalga oshiriladi (keyingi
qatlamning betonlashtirilishi amalga oshiriladi). Beton aralashmasining vibrozichlashtirilishi, shuningdek, betononasos tomonidan uning quyilishi
joyidan 1,0 - 1,5 mga ortda qolib amalga oshiriladi. Vibratsiya, albatta, quyidagi qatlamga "kirish" bilan amalga oshirilishi lozim (1-chizma).
5-chizma. Beton aralashmasini uyumga bo'shatish va beton aralashmasi massasini ichkariga kiruvchi vibrator yordamida harakatlantirish ta'qiqlanadi.
Beton aralashmasini tasma bo'yicha tekis taqsimlash faqatgina betononasos shlangining harakatlantirilishi va (yoki) kurak yordamida amalga oshiriladi.
Gorizontal to'siqlarni tayanchlar qo'yilgan opalubka tizimi orqali betonlashda beton aralashmasini bir uyumga to'kish opalubka tizimining qulashiga olib
keladi.
6-chizma. Vibroto'qmoqni opalubkaga yaqin joyga kiritish ta'qiqlanadi.
Birinchidan, bu opalubkaning buzilishiga va beton aralashmasi eritma qismining tirqishlardan oqib chiqishi ehtimolini oshiradi.
Ikkinchidan, bu qatlam yuzasi sifatining tez yomonlashuviga olib keladi.
На этом сайте используются файлы cookie. Продолжая просмотр сайта, вы разрешаете их использование. Подробнее. 
Закрыть


07.03.2024, 09:49
Beton ishlari. На узбекском языке. — Смазка для опалубки Текиз
смазка-для-опалубки.рф/uchebnye-posobiya/betonnye-raboty-na-uzbekskom-yazyke/
10/15
Tayanch seksiyasining betonlashtirilishi jarayonida betonnqorish qismining ishdan chiqishi, betononasos buzilishi, elektr energiyasining o'chishi va
boshqalar natijasida avariya holatlari yuzaga kelishi mumkin. Betonning qattiqlashuvigacha betonni quyish imkoniyati tiklanishi ehtimoli past bo'lsa,
ustunning betonlashtiriladigan seksiyasida texnologik ishchi chokini tashkil qilish lozim. Hosil bo'lgan chokning yuzasi betonning 1,5 MPa
mustahkamlikka ega bo'lganidan so'ng 20 MPalik suv oqimi bilan ishlov berilishi lozim.
Betonlashtirishni tiklash ishchi chokidagi betonning 1,5 MPa mustahkamlikka ega bo'lganidan so'ng imkon beriladi ("Ko'taruvchi konstruksiyalar"
QMvaQ 3.03.01-97, 2.13-band). Tayanchning har bir seksiyasini betonlashtirish yakunlanganidan so'ng armaturaning chiqib turgan joylarini suv
o'tkazmaydigan mateial bilan yopish lozim. Toza quyilgan betonning qotganidan va suvning "yaraqlashi" yo'qolganidan so'ng opalubkaning ochiq yuzasi
va yondosh yon, hamda ko'ndalang yuzalariga namdan saqlovchi matolar yotqiziladi, armaturaning chiqib turgan joylariga issiqlikdan saqlovchi g'ilo ar
(plyus 5°C haroratdan past bo'lsa) kiygiziladi, betonlashtirishdan 18-24 soatdan so'ng esa plyonkaga ikki qatlam geotekstil va ikkinchi (ustgi) plyonka
qatlami yotqiziladi.
Ayniqsa puxtalik bilan yuzadagi issiqlik himoyalovchi plyonkalar matolar bilan yopilishi lozim (quruq hududlar uchun tavsiyalar). Betondan namlikning
bug'lanishini oldini olish uchun namlikdan saqlovchi qoplamalarning bir-biri bilan va ularning opalubka elementlari bilan mahkam yopishishini
ta'minlash lozim. Quyish paytida beton aralashmasining harorati plyus 10°C dan plyus 20°C gacha.
7. Beton parvarishi.
Beton mustahkamligining vaqt bo'yicha oshishi faqatgina betondan namlikning vaqtidan oldin bug'lanishining oldini oluvchi muayyan harorat-namlik
sharoitlarida mumkin.
Betonning namlik-harorat parvarishi uning 28 sutkalik yoshida kamida 75%lik mustahkamlikka ega bo'lishi uchun zarur bo'lgan vaqt davomida amalga
oshirilishi lozim, ya'ni namlikni yo'qotishga nisbatan kritik va zaruriy sovuqqa chidamlilikni ta'minlovchi mustahkamlik. Beton parvarishi betonning
gidravlik (namlikka oid) qotishini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan choralar majmuasini o'z ichiga oladi.
Yozgi davrda konstruksiyalarni bug' otkazmaydigan material bilan yopish va vaqt-vaqti bilan betonning yuzasini, beton konstruksiyalarining qizigan
ichki qatlamlaridan namlikning chiqishi va atmosfera, hamda quyosh radiatsiyasi tufayli yuzadagi qatlamdan namning bug'lanishini oldini olish
maqsadida, namlantirish lozim.
Bu o'rinda, betonning ochiq yuzasiga suv sepish tavsiya qilinmaydi. Suv sepish suvni o'tkazuvchi material orqali amalga oshiriladi (masalan, geotekstil),
so'ngra konstruksiya bug' otkazmaydigan material bilan qoplanadi (polietilen, poliuretan) va oxirida issiqlik o'tkazmaydigan material bilan qoplanadi
(masalan, ikki qavat quruq Dornit). Issiqlik izolyatsiyasi beton monolitining tez sovushi holatida yoriqlarning hosil bo'lishini oldini olish uchun kerak.
Issiqlik izolyatsiyasi faqatgina yirik monolitlar uchun zarur (folgalangan penopolietilendan foydalaning). Shuningdek, yuzalardan namning bog'lanishiga
to'sqinlik qiluvchi, plenka hosil qiluvchi tarkiblardan qilingan suvoqdan foydalanish mumkin. Biroq, bunday vositalar yirik monolitlar uchun samarasiz va
keyinchalik beton yuzasiga shtukaturka (shpatlevka) qarlami surtilmasligi sharti bilan foydalanilishi mumkin.
Qishki davrda, yuzadagi qatlamda suvning muzlashi va betondagi sementning gidratatsiyasi to'xtashini oldini olish maqsadida, qattiqlashayotgan
betonni isitish yoki issiqlik izolyatsiyasini amalga oshirish zarur.
Sanab o'tilgan choralar tadbiq etilmasa, konstruksiyadagi beton belgilangan muddatlarda loyihadagi ko'rsatkichlarga ega bo'lmaydi.
DIQQAT!
Beton qurishdan qancha tez himoyalansa, oxirgi mustahkamlik shunchalik baland bo'ladi (TBA retsepturasi mustahkamligi sin
doirasida).
DIQQAT!
Quyilgan betonning qotishi uchun harorat-namlik rejimi ta'minlanishi lozim.
Mazkur maqsadlarda betonni yopish ishlari betonlashtirishdan 2...4 soatdan so'ng, issiq ob-havo sharoitida esa 0,5...1 soatdan so'ng boshlanishi zarur.
8. Yoriqlar hosil bo'lishining sabablari va yoriqlar hosil bo'lishining oldini olish
1. Sementning faolligi va betonning tarkibidagi sement miqdori betonning mustahkamligiga bevosita ta'sir qiladi. Biroq, betondagi sement
miqdorining oshishi faqatgina muayyan chegaralargacha ijobiy ta'sir qiladi, undan so'ng mustahkamlikda kam o'zgarish ro'y beradi, ammo betonning
boshqa xususiyatlari yomonlashishi mumkin. Sement miqdorining oshishi bilan betonning qizishi, qisqarishlar hosil bo'lishi va suzuvchanligi oshadi.
Masalan, bir xil solishtirma suv-sement munosabatida B40 sin dagi betonning qisqarish deformatsiyasi B25 sin dagi betondan ko'ra anchagina yuqori
bo'ladi Yirik konstruksiyalarning betonlashtirilishi ichki issiqlik ajralishi tizimi yo'lga qo'yilmagan yuqori ekzotermiyaga (issiqlik quvvati) ega tez qotuvchi
betonlardan amalga oshirishga yo'l qo'yilmaydi.
2. Ekzotermiya (yirik konstruksiyadagi o'z-o'zidan qizish) beton qotishining boshlang'ich davrida (besh sutkagacha) yuzaga keladi. Muayyan
sharoitlarda bu harorat qisqarishlarining va harorat yoriqlarining yoki ichki bosimning hosil bo'lishiga olib kelishi mumkin. Tavsiya: Mos keladigan issiqlik
ajralishiga ega sementni tanlash. Qotish jarayonida konstruksiya ichidagi haroratni monolitning ichiga joylashtirilgan termoparlar (mablag'
yetishmovchiligida, termometr va joylashtirilgan suvli quvurlar). Betonlashtirish vaqtini shunday rejalashtirish lozimki, beton issiqlik ajralishining eng
baland nuqtasi tungi vaqtlarga to'g'ri kelsin. Opalubka va qoplash materiallarining zaruriy issiqlik o'tkazish qarshiligini aniq hisob-kitob qilish.
На этом сайте используются файлы cookie. Продолжая просмотр сайта, вы разрешаете их использование. Подробнее. 
Закрыть


07.03.2024, 09:49
Beton ishlari. На узбекском языке. — Смазка для опалубки Текиз
смазка-для-опалубки.рф/uchebnye-posobiya/betonnye-raboty-na-uzbekskom-yazyke/
11/15
3. Isitilgan beton miqdorlari bilan betonlashtirish. Ikkita ketma-ket keluvchi beton miqdorlari issiqlik ta'sirlashuvi jarayonida (yoki beton miqdori -
havo) texnologik tanaffusdan so'ng yotqizilgan har bir yangi beton miqdori oldingi beton miqdori (yoki havo) qotgan va sovugan haroratdan nisbatan
ancha yuqori haroratda qotadi. Haroratlarning tenglashuvi jarayonida yangi miqdor balandligi bo'yicha chuqur o'tib ketgan yoriqlar paydo bo'lishi
mumkin. Bu alohida miqdorlar bilan betonlashtirish jarayonida hosil bo'ladigan eng salbiy va ko'p uchraydigan holatdir. Tavsiya: isituvchi
transformatorning quvvatini asta-sekinlik bilan pasaytirib borish, qancha pasaytirilsa havo harorati shuncha pasayadi. Oldingi midqoning bir qismini
opalubka ostida, tezkor harorat gradiyentining oldini olish maqsadida qoldirish (ayniqsa qishda juda muhim).
Issiq miqdorning opalubkalari ochilmasin!
Monolitning opalubkasini ochishdagi harorat gradiyenti to'grisidagi ACI 306R ni o'qing. Quyidagi joylarda tayanchning balandligi bo'yicha haroratning
xav i o'zgarishlari yuzaga kelishi mumkin:
a) tayanch ustunining rostverk bilan uchrashadigan joyida;
b) balandlik bo'yicha yondosh beton miqdorlarining chokida;
v) rigel bilan chokda.
Harorat yoriqlari katta uzunlik va chuqurlikka ega. Toza paydo bo'lgan harorat yorog'ini butun uzunligi bo'yicha bolg'a bilan yengil zarbalar orqali urib
chiqish lozim (betonni sindirishlarsiz)
4. Ishchi tarkibi va betonning suv-sement munosabatlari tanlov yo'li bilan, sinov qorishmalaridan tayyorlanadigan namunalarida o'tkazigan sinovlar
natijasida belgilanadi. Yuqori suv-sement munosabatlari (S/S 0,5 dan baland) qisqarishlar va yoriq hosil bo'lishi ehtimolini oshiradi. O'rnatilgan S/Sga
rioya qilmaslikning belgilaridan biri betonning yuzasidagi suv ajralishlaridir. Bilvosita belgisi bo'lib beton aralashmasi zichligining, hujjatda ko'rsatilgan
sifatdan, 30kg/m3dan ko'pga pasayganidir.
Beton aralashmasi harakatchanligini ABQga suv qo'shish orqali oshirish ta'qiqlanadi.
5. Qisqarishlar deformatsiyasi. Qotish jarayonida portland sementdan tayyorlangan beton aralashmasidan qilingan beton monoliti o'z geometrik
o'lchamlarini o'zgartiradi (qisqaradi).
Tavsiya: Deformatsiya choklari uzaytirilgan kam armaturalangan konstruksiyalarda hosil qilinishi lozim (trotuar, tarnov va shunga o'xshaganlarning
beton asosi). Mazkur konstruksiyalarda qisqarishlar deformatsiyasi ko'pincha yoriq va ichki zo'riqishlarga olib keladi.
Deformatsiya choki qotishning birinchi sutkasida kesilishi kerak, chunki betonning qisqarish ehtimoli boshlang'ich muddatlarda ayniqsa baland, birinchi
sutkada oylik qisqarishning 60...70%. Deformatsiya choki sement asosida tayyorlangan qurilish materiallari yordamida yopilishi mumkin emas.
Choklarni yopish uchun cho'zilish va qisqarishga imkon beradigan polimer (polimerbitum) mastikalaridan foydalanish maqsadga muvo q.
Deformatsiya yoriqlari to'g'ri yo'nalgan va odatda yorib o'tuvchi.
6. Haroratning sutkalik o'zgarishlari bilan bog'liq deformatsiyalar. Quyosh radiatsiyasi, shamol va yomg'ir ta'sirida beton monolitida harorat ta'siridagi
qisqarish-kengayish tufayli ahamiyatga molik o'zgarishlar ro'y berishi mumkin.
Tavsiyalar: yo'llar uchun qurilish kompaniyasi tomonidan qabul qilingan reglament va IALga asosan Deformatsiya choklari hosil qilinsin.
7. Beton aralashmasi sifatining tashish paytidagi buzilishi suvni yetkazish kranining buzilishi yoki ABN mashinasi haydovchining ongli ravishdagi
buzg'unchiligi oqibatida ro'y berishi mumkin. Suvni yetkazish kranining ishga yaroqliligi mikserda tekshirilsin. ABQ haydovchilarining "quyuq bo'lib
qolgan" beton aralashmasini suyultirish borasidagi o'zboshimcha harakatlari to'xtatilsin, ularning barchasi betartib! Barcha harakatlar faqatgina
laboratoriya bilan maslahatlashgan holda amalga oshirilsin.
8. Beton aralashmasinig obyektda buzilishi konstruksiyaga ish boshlash suyuqligining yoki betononasosning bo'sh holda ishlaganidan keyin yuzaga
keladigan konditsion bo'lmagan beton aralashmasining quyilishi oqibatida ro'y berishi mumkin. Agar ishga tushirish uchun suyuq sement
aralashmasidan foydalanilsa, beton aralashmasining ABN yordamida quyilishi jarayonida birinchi chiqayotgan bir kub beton aralashmasi utilizatsiya
qilinishini nazorat qiling.
9. Betonni parvarish qilish choralari kechga qolgan paytda toza betonning qurishi qurish yoriqlarining paydo bo'lishi va betonning yuza qatlami
kuchsizlanishiga olib keladi.
Qurish yoriqlari to'g'ri yo'nalgan, kichik uzunlik va chuqurlikka ega.
10. Betonnig yotqizishdan so'ng va uning qotishidan oldin yangi konstruktivga kuchli vibratsion ta'sirlar. Qurilish bo'linmalarining kelishilmagan
harakatlari tufayli, yangi monolit yaqinida svay urish yoki o'tish yo'llari qurish ishlari olib borilishi mumkin. Toza qotayotgan betonga kuchli vibratsion
ta'sirlar jarayonida, muqarrar ravishda, kelajakdagi monolitda (agar u monolitga aylansa) ichki bosim va yoriqlar yuzaga keladi. Bunga misol bo'lib
"Kerch bo'g'ozi orqali transport yo'li" tayanchining betonlashtirilishi vaqtida quvur svayining kopyor yordamida tuproqqa chuqurlashtirilishi hisoblanishi
mumkin.
11. Betonda sifatsiz materiallardan foydalanish tufayli uzoq muddatli xususiyatdagi sabablar: mos kelmaydigan sementdan foydalanib tayyorlangan
betonlarning sulfat korroziyasi holatidagi ettringitining kengayishi, ishqor-silikatlar reaksiyasi (sement toshi portlanditining to'ldiruvchi tarkibidagi
kristall silikatlar bilan geterofazali reaksiya). Ammo, bu quruvchining emas, balki kompaniyaning yetkazib berish bo'limi va uning ichki texnazoratining
muammosidir.
9. Opalubkaning buzilishi.
Betonlashtirishning jarayonida, ko'pincha opalubkaning buzilishi hollari ro'y beradi.
Buzilish ikkita asosiy omil bilan bog'liq:
1. Opalubka konstruksion elementlarining yetarlicha mahkamlanmaganligi.
2. Opalubkaga vibratsiyaning ta'siri.
3. Gorizontal opalubkaning ortiqcha beton aralashmasi bilan yuklanishi (bosib qolishi).
4. Vertikal opalubkaning beton aralashmasi ortiqcha gidrostatistik bosimi bilan devorga ta'siri.
Vibratsiya ta'sirida sodir bo'ladigan buzilishlarni ko'rib chiqamiz. Buzilishning ikki xil prinsipial tarzda farq qiladigan variantini ko'rsatish mumkin: Vertikal
opalubka konstruksiyasining buzilishi. Gorizontal opalubka konstruksiyasining buzilishi.
Vertikal opalubka konstruksiyasi buzilishining asosiy sababi bo'lib hisoblanadi:
На этом сайте используются файлы cookie. Продолжая просмотр сайта, вы разрешаете их использование. Подробнее. 
Закрыть


07.03.2024, 09:49
Beton ishlari. На узбекском языке. — Смазка для опалубки Текиз
смазка-для-опалубки.рф/uchebnye-posobiya/betonnye-raboty-na-uzbekskom-yazyke/
12/15
1. Vibroto'qmoqning balandligi 1,5 metrdan balandroq bo'lgan beton aralashmasi ostiga kiritilishi. Mazkur holatda beton aralashmasi ustununing
gidrostatik bosimi va vibroto'qmoqning tebranishlari amplitudasi qo'shiladi va opalubka konstruksiyasiga ortiqcha bosim tug'diradi. Vertikal
konstruksiyaning buzilishi mahkamlovchi elementlarning buzilishidan boshlanadi (gaykalar uzilib ketadi).
2. Eskirgan yoki yomon sifatdagi anker va gaykalardan foydalanish.
Opalubkaning buzilishini oldini olish uchun quyidagilar zarur:
1. betonlashtirishni faqatgina qavatma-qavat amalga oshirish (40smdan bo'lsa maqsadga muvo q).
2. vibrato'qmoqni armatura panjarasiga tiramaslik
3. opalubkani montaj qilishda faqatgina sifatli gayka va ankerlardan foydalanish.
4. zarur miqdordagi mahkamlash ankerlarini o'rnatish.
5. pastgi ankerlarga ikkitadan gayka o'rnatish
6. baland va massiv konstruksiyalarni betonlashtirishda P4 va undan yuqori harakatchanlikdagi beton aralashmasidan foydalanmaslik
Muhimlarini takrorlaymiz:
Ko'prikning katta kesimdagi baland tayanchini betonlashtirish holatida harakatchanligi OK bo'lgan 15smdan katta bo'lmagan beton aralashmasidan
foydalaning. Bu o'rinda, betonlashtirishning davomiyligi va beton aralashmasining xususiyatlarini shunday rejalashtiringki, pastgi qatlamlarda yotgan
beton aralashmasi (taxminan 3 metr) betonning yangi partiyalari keltirilganida o'z harakatchanligini yo'qotsin, aks holda gidrostatik bosim +
vibratorlarning majburlovchi tebranishlari ko'prik tayanchi butun opalubka konstruksiyasini parchalab tashlashi mumkin.
Gorizontal opalubka konstruksiyasi buzilishining asosiy sababi bo'lib hisoblanadi:
1. vibroto'qmoqni beton aralashmasi miqdoriga gorizontal tarzda joylashtirish.Tayanch ustunlari bo'yicha yo'naltirilgan vibratsiya tayanch ustunlarini
qimirlatadi va ularni siljitadi. Mazkur jarayonda rezonans hodisasi qo'shimcha xavf bo'lib hisoblanadi. Vibroto'qmoqning tebranishlarini qabul qilgan
fanera boshqa turdagi, past chastotadagi tebranishlarni chiqaradi. Ikkilamchi tebranishlarning tayanch ustunlarining o'z tebranishlari bilan mos kelganda
butun konstruksiya darhol buziladi.
2. gorizontal opalubka to'siqlariga ortiqcha miqdorda beton aralashmasini bo'shatish (uyumni to'kish va uni keyinchalik taqsimlash).
3. gorizontal opalubka to'siqlarini ushlab turuvchi ustunlarni kuchsizlantirishga qaratilgan jinoiy buzg'unchilik harakatlari.
Opalubkaning buzilishi oldini olish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur:
1. vibroto'qmoqni faqatgina vertikal tarzada (gorizontal opalubkaga nisbatan normal bo'yicha) saqlash
2. vibroto'qmoqni opalubka va armatura panjarasiga tiramaslik.
3. opalubkaga ortiqcha beton aralashmasini yuklamaslik
4. ichkariga kiritish nuqtasiga ta'sir qilish vaqti zarur bo'lgan vaqtdan (8 sekund) oshmasligi lozim.
5. bevosita betonlashtirish bo'yicha ishlarni boshlashdan oldin opalubka konstruksiyasining tayanch ustunlarini nazoratdan o'tkazish
6. bir tomondan turib tayanch ustunlarinig holatini kuzatish.
7. imkoniyat bo'lsa, tayyor bir joydan ikkinchisiga olib qo'yib bo'ladigan opalubka stollariga ega opalubka tizimlaridan foydalanish.
Agar opalubkaning mahkamlovchi elementi uzilsa yoki opalubkaning tayanch ustunlari siljisa - ishlar darhol to'xtatilishi va
opalubkaning ehtimoliy tushishi hududidan xodimlar evakuatsiya qilinishi lozim. Zudlik bilan opalubka bo'yicha muhandis
chaqirilsin.
10. Temirbeton monilitining ta'mirlanishi.
Defektli monolitni ta'mirlashdan asosiy maqsad - yuzaning talab qilinadigan sin , armaturaning himoya qatlami, zo'riqish ostida ekspluatatsion
yaroqliligini tiklash.
Temirbeton monolitining yaroqsizligini bataraf etish bo'yicha ta'mir ishlari mayda donali betonning o'zi zichlashuvchi, yuqori darajadagi
mustahkamlikka ega ta'mirlash uchun aralashmalaridan foydalaniladi.
Ta'mirlash bo'yicha qo'llanma:
1. Beton monolitidan kuchsizlangan qismlarini olib tashlash - bolg'a bilan urib chiqish va bosim ostidagi suv oqimi bilan ishlov berish. Ishlov berish joyida
25mmli chuqurlikdagi qismlar bo'lishi lozim.
2. Suvning qisman qurishini kutish.
3. Monolitni ta'mirlash joyiga ta'mir opalubkasini o'rnatish.
4. Laboratoriyaning tavsiyalariga asosan ta'mirlash uchun aralashmani tayyorlash. Aralashma uchun yetarli suv miqdori qo'shishga qat'iy amal qilish.
5. Betonlashtirishni amalga oshirish
6. Betonning to'liqsiz qotishini kutish (to'liqsiz qotishning muddatini laboratoriya aniqlaydi va belgilaydi).
7. Toza qotgan ta'mir aralashmasini kesish.
Gidroizolyatsiya uchun belgilangan joylarini shtukaturka qilish ta'qiqlanadi. Shtukaturka yaxshiroq qotishga ulgurmaydi va gidrohimoya xususiyatlariga
ega emas.
Bunday qilish mumkin emas:
На этом сайте используются файлы cookie. Продолжая просмотр сайта, вы разрешаете их использование. Подробнее. 
Закрыть


07.03.2024, 09:49
Beton ishlari. На узбекском языке. — Смазка для опалубки Текиз
смазка-для-опалубки.рф/uchebnye-posobiya/betonnye-raboty-na-uzbekskom-yazyke/
13/15
Ta'mir aralashmasi issiq monolitga shtukaturka sifatida surtilgan. Monolit qattiqlashayotgan ta'mir aralashmasini quritib yuborgan va natijada yoriqlar
hosil bo'lgan.
Rasmda balandligi 3m bo'lgan poydevorning qismi ko'rsatilgan. Poydevor vaqtidan oldin opalubkadan ochilgan, bu esa burchagining buzilishiga olib
kelgan. Ta'mir aralashmasi suvoq belchasi bilan surtilgan, natijada uni barmoqlar bilan sindirib bo'ladi. Armatura himoya qatlamining suv o'tkazmaslik
darajasi nolga teng.
Quyidagicha qilish mumkin:
(chizmalar ishlab chiqilmoqda, kuting)
11. Xavfsizlik choralari
Sement (sementbeton), ohak aralashmasi va ta'mir aralashmasi ishqorlar bo'lib hisoblanadi. Teri yuzasi va ko'zlarning ishqorli aralashmalar bilan
kimyoviy zararlanishining o'ziga xosligi bo'lib, zararlanish jarayonining dastlabki davrida sezilmasligi hisoblanadi. Terining shikastlanishi jarayonida og'riq
hislari kuchsiz yoki umuman yo'q. Og'riq, chidab bo'lmaydigan og'riq keyinroq ma'lum bo'ladi. Kimyoviy kuyish joyida, odatda, uzoq vaqt davomida
tuzaladigan yiringli yaralar shakllanadi. Sement va ishqorli materiallar bilan ishlash jarayonida albatta ShHV (shaxsiy himoya vositalari majmuasi), nam
o'tmaydigan etik va ishton, himoya ko'z oynagi va qo'lqoplaridan foydalaning. Qurilish aralashmalarinig teriga tushishi holatida terini darhol sovunli
suvda yuvib tashlash lozim. Ishqorning ko'zga tushishi holatida qaytib tiklanmaydigan ko'rish qobiliyatining yo'qolishiga olib keladi.
Ko'zga sachrab ketganda darhol suv bilan yuvib tashlang. Qurilish ishlarini olib borish hududida toza suv zahirasini saqlang.
Esda tuting! Terining kimyoviy yonishi sodir bo'lgandan so'ng uzoq vaqt davomida normal tarzda ishlash va yashash mumkin bo'lmay qoladi.
2. Ventilyatsiya kanallari joylashgan joylarni bil, esingda saqla va aylanib o't. Ularni belgilab qo'y, yaxshisi o'rab ol. Yiqilayotgan odam chetlaridan
ushlashga ulgurmaydi va yiqilib tushadi.
3. Balandlikda himoya vositalarisiz va to'siqlarsiz ishlama. Charchagan shaxs ko'pincha masofa hissini yo'qotadi va yiqilib tushadi.
4. Uskunalardagi tok harakatlanuvchi kabellarining butunligini nazorat qil. Betonlashtirish ishlari tok o'tkazuvchi hududlarda amalga oshiriladi, beton
aralashmasi tokni yaxshi o'tkazadi. Elektr toki bilan urib qolishning ehtimoliy xav ga nisbatan e'tiborsizlik qilma. Kabellarni tartibli joylashtirish uchun
besh daqiqa vaqtingni ayama va o'z hayotingni saqlab qol.
5. Brigadir, o'zining va o'zgalarning hayoti uchun qayg'urmaydigan odamlarni aniqla va ularni chetlashtir. Bu bilan senga bo'ysunuvchilarning hayotini
saqlab qolasan.
6. Xavfsizlik talablarini o'rganib chiq, har bir qurilishda odamlar vafot etadi, bu sen bilan ham sodir bo'lishi mumkin.
Esda saqla! Sen bir martalik ishchisan, sen haqingda g'amxo'rlik qilishmaydi. Sening hayoting va sog'lig'ing o'z qo'lingda. Nodon bo'lma!
12. Atama va ta'ri ar.
Бетонная смесь / Beton aralashmasi: zichlashtirish, qotish va qattiqlashishdan so'ng betonga aylanuvchi, kimyoviy qo'shimchalar majmuasi qo'shilgan
yoki qo'shilmagan, suv va to'ldiruvchilar, qo'shimchalar, bog'lovchilarning aralashtirilgan, ishlatishga tayyor bir jinsli qorishmasi.
На этом сайте используются файлы cookie. Продолжая просмотр сайта, вы разрешаете их использование. Подробнее. 
Закрыть


07.03.2024, 09:49
Beton ishlari. На узбекском языке. — Смазка для опалубки Текиз
смазка-для-опалубки.рф/uchebnye-posobiya/betonnye-raboty-na-uzbekskom-yazyke/
14/15
Наполнитель / To'ldiruvchi: dispersiyaliligi sementning dispersiyaliligiga teng yoki undan past bo'lgan tuzilmaviy material. Masalan, mikrokalsit yoki
mineral kukun.
Заполнитель / To'ldiruvchi: disperslik darajasi sementning (bog'lovchi materialning) dispersligidan baland bo'lgan inert material. Masalan, qum va
shag'al.
Бетонирование/ Betonlshtirish: beton aralashmasini opalubkaga quyish bo'yicha chora-tadbirlar majmuasi.
Виброуплотнение / Vibrozichlashtirish: beton aralashmasiga, qisilgan havoni chiqarish, kirgan havoning pufaklari diametrini kichraytirish, qo'shimcha
va to'ldiruvchilarning zich yotishini ta'minlash maqsadida, vibrator bilan ta'sir qilish.
Защемлённый воздух / Qisilib qolgan havo: ABQ va ABN da tashish jarayonida beton aralashmasiga kirib qolgan yirik havo pufaklari.
Вовлечённый воздух / Kirgan havo: beton aralashmasidagi betonning sovuqqa chidamliligini oshiruvchi mayda havo pufaklari (<0,5mm).
Уход за бетоном / Beton parvarishi: beton monoliti qotishi uchun harorat-namlik sharoitlarini ta'minlash uchun chora-tadbirlar majmuasi.
Защитный слой бетона / Betonning himoya qatlami: Beton elementi qirrasidan armatura sterjenening eng yaqin yuzasigacha bo'lgan beton qatlami.
Класс поверхности бетонного монолита / Beton monolitining yuza sin : teksturasi, g'ovaklari va chanoqlarining soniga ko'ra aniqlanadigan beton
yuzasi sifati.
Захватка / Beton miqdori: Monolit konstruksiyadagi yoki uning qismi bo'lgan, muayyan vaqt davomida TBAning bir yoki bir nechta partiyasi bilan
uzluksiz tarzda quyilgan beton miqdori.
Тепляк / Isitiladigan bino: beton monolitini qoplovchi va beton monolitining qotishi uchun plus haroratni ta'minlash maqsadida foydalaniluvchi
vaqtinchalik inshoot.
Холодный шов / Sovuq chok: beton qatlamlarining birlashadigan joyi, ikkinchisini betonlashtirishdan oldin birinchisi allaqachan qotganligi sharti bilan. 
Деформационный шов / Deformatsiya choki: beton monolitidagi, deformatsiya-qisqarish yoriqlarining rivojlanishini bartaraf etadigan kesilgan joy.
Температурно-усадочная трещина /Harorat-qisqarish yorig'i: Betonda qotish va ekspluatatsiya bosqichida harorat va qisqarish ta'sirida yuzaga
keladigan yorig.
Деформационная трещина / Deformatsiya yorig'i: Betonning dastlabki qotishi davrida (7 sutkagacha), kompensatsiya qilinmagan qisqarishi tufayli
paydo bo'ladigan yoriq.
To be continued
Записки ординарного инж енера из Петербурга 

Download 4.17 Mb.
  1   2




Download 4.17 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Учебное пособие "Бетонные работы"

Download 4.17 Mb.
Pdf ko'rish