• 1.Xayvonlar gen muxandisligi.
  • 2. Genetik modifikastiya qilishning usullari.
  • Hayvon hujayralari gen muhandisligi




    Download 29.58 Kb.
    bet1/7
    Sana24.04.2024
    Hajmi29.58 Kb.
    #206274
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    9 Мавзу
    Prezentatsiya, 3wHHMf0nKMdzh0iRXE9oFaZzU6iLRBfU4huquhib, 9 sinf kimyo fanidan konspekt, ЭКОЛОГИЯ, Lesson 7 Eating, Bozor muvozanati va uning ahamiyati, ESMP (Amaliy) 8-semestr, 14.Global kompyuter tarmoqlari, Joriy ABN, xorazm viloyati shovat tumani tetkda elektr energiyani hisobga olishning, 3- Labaratoriya ishi Mobil 021-19 Ahmedov R, 1-2-3-Laboratoriya, dinnnn, 1-Shaxsiy kompyuterlarni ishga tayyorlash, 2-m.O‘chib ketgan malumotlarni tiklash.

    HAYVON HUJAYRALARI GEN MUHANDISLIGI
    Reja:
    1.Xayvonlar gen muxandisligi
    2.Xayvonlarni genetik modifikastiya qilishning usullari
    3. Gen muxandisligi usullari yordamida yaratilgan transgen xayvonlar
    4.Genlarni hayvon hujayrasiga kiritish usullari.
    5.Transgen xayvonlar yaratish yo’nalishlari.
    6.Transgen xayvonlar olish texnologiyasi
    7.Transgen xayvonlar olish tarixi


    1.Xayvonlar gen muxandisligi.Gen injenerligi qisqacha aytganda, genlar ustida turli mani­pulyatsiyalar o’tkazish, ularni to’la o’rganish asosida funksional qisimlariga ega bo’lish, kerakli joyidan kesish, kerakmas qismini olib tashlab, kerak bo’lgan qisimlarini boshqa genlardan yoki sin­tez yo’li bilan olib ulash va shu usulda tayyorlangan duragay yoki rekombinant genni muvofiq organizmga kiritib zarur turlarni yoki preparatlarni sintez qilish va hokazo texnologiyaning yig’indisidir.
    Viruslar bilan prokariot hujayralar orasidagi material­larning ko’chirilishini, tabiiy sharoitda bakterialarda o’tadigan rekombinatsiya mexanizimlarini o’rganish, plazmidalar va mo’’tadil faglarning hujayradagi hayotini tushunish genlar ustida turli manipulyatsiyalar o’tkazish imkonini beradi. Olimlar qo’lida DNK ning kerakli bir qismini bakteriya hujayrasiga ko’chirib o’tqazadigan sistema-plazmidalar ham bor. Bunday transmessiv ko’chirib o’tkazuvchi halqli molekulalar-plazmidalar va mo’’tadil viruslar vektor deb ataladi. Ularni tabiatning o’zi biologlarga taqdim qilgan sovg’a bo’ldi. Shunday ekan, endi bakteriyalarni kul’turada (ular o’sadigan muhitda) insonlar uchun kerakli oqsillarni, fermentlarni sintezlashga majbur qilib bo’lmasmikan?
    Bu g’oyalarni amalda yuzaga chiqishi gen injenerligi yoki gene­tik injenerlik deb atalgan va katta istiqbolga ega bo’lgan yangi sohani dunyoga keltirdi.
    2. Genetik modifikastiya qilishning usullari. Xayvonlarni genetik modifikastiya qilishning ikkita usuli mavjud: somatik xujayralarni ( tana xujayralarini) va jinsiy xujayralarni o’zgartirish usullari bilan. Birinchi usul modifikastiya qilingan individual organizmlar xujayrasinii o’zgarishga, ikkinchi usul esa yangi nasldan naslga beriluvchi xususiyatlarni paydo bo’lishga olib keladi. Somatik xujayralarni modifikastiyalash to’rtta bosqichdan iborat:
    1. Organizmdan xujayralarni olish.
    2. Olingan xujayrasining kulturasini olish.
    3.Genni vektorga ulash va xujayraga transformastiya qilish.
    4. Transformastiyalangan xujayrani organizmga kiritish.
    Bu xayvonlar gen terapeyasining asosiy sxemasidir.
    Jinsiy xujayralarni o’zgartirish organizmga yangi nasldan naslga beriladigan irsiy belgilarni beradi. O’zining avlodlariga yangi irsiy belgilarni beruvchi organizm transgenli organizm deyiladi, yangi organizmga kiritilgan gen transgen deyiladi..

    Download 29.58 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 29.58 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hayvon hujayralari gen muhandisligi

    Download 29.58 Kb.