Pati yulingan tovuq




Download 20,97 Kb.
Sana04.02.2024
Hajmi20,97 Kb.
#151203
Bog'liq
N.Rasulova. Navoiy haqida rivoyat


PATI YULINGAN TOVUQ
(Qatnashuvchilar ― 5 ta: avtor, Navoiy, Husayn Boyqaro, Majididdin)
Avtor:
― Qahraton qish kunlarining birida podshoh Husayn Boyqaro, uning vaziri Navoiy, saroy amaldori Majididdin birgalikda shahar aylangani chiqishibdi. Husayn Boyqaro ― adolatli podshoh, Navoiy ― dono vazir, Majididdin zolim, ichiqora amaldor ekan.
(Qattiq sovuq boʻlishiga qaramasdan koʻchaning chetidagi doʻkonda etik yamab oʻtirgan kosibni koʻrib qolishibdi. Ular etikdoʻz yonidan oʻtayotganlarida Alisher Navoiy Husayn Boyqaroga qarab debdi:)
― Shohim, ijozat bersangiz, shu kosibga etigimni tiktirib olsam.
― Shuniyam soʻrab oʻtiribsizmi? Bemalol koʻrsatavering, axir shoshilayotgan joyimiz yoʻq-ku! (― debdi Husayn Boyqaro)
(Navoiy usta bilan hol-ahvol soʻrashgandan keyin, ular uchalasi ustaning yoniga kursiga oʻtirishibdi)
(Navoiy:)
― Uchingiz toʻrtga yetmayaptimi, usta, qish kuni uyda oʻtirmay doʻkonni ochibsiz?
(Kosib:)
― E, nimasini aytasiz! Qancha urinsam ham, baribir uchim toʻrtga yetmay turibdi-da.
(Navoiy:)
― Esiz, vaqtida ekmagan ekansiz-da?
(Kosib:)
Ekishga ekdim-u, lekin vaqtida el oʻrib oldi-da.
(Navoiy:)
― Doʻstlaringiz bilan orangiz yaxshimi?
(Kosib:)
― Doʻstlarim ham allaqachon dushman boʻlib ketishgan.
(Navoiy:)
― Uzogʻingiz qanday?
(Kosib:)
― Uzogʻim yaqin boʻlib qolganiga ancha boʻldi.
(Navoiy:)
― Ikkingiz qay ahvolda?
(Kosib:)
― Ikkimning uch boʻlganiga ham koʻp yillar boʻldi-yov!
(Navoiy:)
― Bir tovuq yuborsam, patini yula olarmikansiz?
(Kosib:)
― Boʻlmasam-chi, bunaqa ishni qoyillataman.
(Navoiy:)
― Yana molni arzon sotib yurmang-a
(Kosib:)
― Xotirjam boʻlavering, toʻram, arzon ketmaydi.
(Shu bilan ularning savol-javobi tugabdi. Ular yoʻlda davom etishibdi.)
(Husayn Boyqaro:)
― Kosib bilan savol-javobingizning birortasiga ham tushunmadim.
(Navoiy:)
― Anavi amaldoringiz Majididdin bu gaplarning ma’nosini qanday tushunar ekan, shuni bilish uchun usta bilan sirli gaplashdik.
(Navoiy: «Menga ruhsat bering», ― deb sahnadan chiqib ketadi)
(Husayn Boyqaro Majididdinga:)
― Ayting-chi, taqsir Navoiy bilan etikdoʻz nimalar haqida gaplashishdi ekan, ularning suhbatidan qanday ma’no oldingiz?
Shu savolning ma’nosini chaqsang, qutulganing, Mabodo, ma’nosiga yetmasang, unda oʻzingdan koʻr. Saroyda qorangni koʻrsatma. Uch kun ichida bilib kelmasang, moling talonda, boshing oʻlimda.
(Husayn Boyqaro sahnadan chiqib ketadi, Navoiy kirib keladi)
(Majididdin:)
― Navoiy hazratlari, etikdoʻz kosib bilan suhbatingizning ma’nosini aytib berolaysizmi?
(Navoiy:)
― Yaxshisi, siz oʻsha ustani qidirib toping, uning oldiga borsangiz, mendanam yaxshiroq tushuntiradi.
(Majididdin noiloj oʻsha ustaning oldiga boribdi)
(Usta:)
E keling, taqsir, etigingizning bizbop ishi chiqib qoldimi?
(Majididdin:)
― E, yoʻq, etigim bus-butun, men bu yerga kecha Navoiy bilan oralaringda boʻlib oʻtgan suhbatning ma’nosini bilish uchun keldim.
(Usta:)
― «Hikmat oltindan qimmat», ― deydi donolar.
(Majididdin:)
― E otaginam, kerakli molning narxini surishtirib oʻtirmaydilar, qancha oltin soʻrasangiz beraman, mana olib keldim.
(Usta:)
― Har bir savolga yuz tillodan berasiz.
(Majididdin:)
― Mayli, beraman.
(Usta:)
― Navoiyning: «Uchingiz toʻrtga yetmayaptimi, usta, qish kuni uyda oʻtirmay doʻkonni ochibsiz?» ― degan savoliga «Qancha urinsam ham, baribir uchim toʻrtga yetmay turibdi-da», ― deb javob berdim.
Bahor, yoz, kuzda ishlaganingiz qish fasliga yetmayaptimi, sovuqda doʻkon ochib oʻtiribsiz degan ma’noni anglatadi.
(Usta qoʻlini choʻzadi, Majididdindan yuz tilloni olib qoʻyniga soladi.)
Navoiyning «Esiz, vaqtida ekmagan ekansiz-da?» ― degan savoliga «Ekishga ekdim-u, lekin vaqtida el oʻrib oldi-da», ― deya javob berdim.
Navoiy bu savolida farzandlarim bor-yoʻqligini soʻradi. Men farzandlarim borligini, lekin ular bola-chaqali boʻlib, roʻzgʻori alohidaligini aytdim.
(Usta qoʻlini choʻzadi, Majididdindan yuz tilloni olib qoʻyniga soladi.)
Soʻngra Navoiy: «Doʻstlaringiz bilan orangiz yaxshimi?» ― deb tishlarimning ahvolini soʻradi. Tishlarim tushib ketgan, ovqatni chaynamay yutaman, jonim azobda qolgan, shuning uchun men: «Doʻstlarim ham allaqachon dushman boʻlib ketishgan», ― dedim.
(Usta qoʻlini choʻzadi, Majididdindan yuz tilloni olib qoʻyniga soladi.)
Navoiy: «Uzogʻingiz qanday?» ― deb koʻzlarimni soʻradi.
Koʻzlarim uzoqni koʻrmaydigan boʻlib qolgan. Shuning uchun: «Uzogʻim yaqin boʻlib qolganiga ancha boʻldi», ― deb javob berdim.
(Usta qoʻlini choʻzadi, Majididdindan yuz tilloni olib qoʻyniga soladi.)
Navoiy: «Ikkingiz qay ahvolda?» ― deb oyoqlarim haqida soʻradi. «Ikkimning uch boʻlganiga ham koʻp yillar boʻldi-yov!» ― deb javob berdim. Chunki oyogʻim ogʻrib anchadan beri hassada yuraman.
(Usta qoʻlini choʻzadi, Majididdindan yuz tilloni olib qoʻyniga soladi.)
(Majididdin:)
― Xoʻp, tushunarli. Navoiy: «Bir tovuq yuborsam, patini yula olarmikansiz?» ― dedi. «Boʻlmasam-chi, bunaqa ishni qoyillataman», ― deding. Buning ma’nosi nima?
(Kosib:)
― Bir qoshiq qonimdan kechsangiz, aytaman.
(Majididdin:)
― Kechdim, ayt.
(Kosib:)
― Bu oxirgi savol, avval yuz tillo bering, keyin ma’nosini aytaman.
(Usta qoʻlini choʻzadi, Majididdindan yuz tilloni olib qoʻyniga soladi.)
― Navoiy: «Bir tovuq yuborsam, patini yula olarmikansiz?» ― dedi. «Boʻlmasam-chi, bunaqa ishni qoyillataman», ― dedim. Oʻsha tovuq sizsiz.
Navoiy: «Yana molni arzon sotib yurmang-a», ― degan edilar. Mol arzon ketgani yoʻq. 6 ta savol berildi. 6 karra yuz necha boʻladi. Demak, naqd 600 000 oltin tanga ishlab oldim, ― deb xaltachalardagi oltinni koʻz-koʻz qiladi.
Download 20,97 Kb.




Download 20,97 Kb.