|
Adabiyot fanini o’qitishda zamonaviy ped texnalogiyalardan foydalanishning o’rni va ahamiyati
|
bet | 1/2 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 33,05 Kb. | | #136182 |
Bog'liq 44-48
www.pedagoglar.uz
ADABIYOT FANINI O’QITISHDA ZAMONAVIY PED TEXNALOGIYALARDAN FOYDALANISHNING O’RNI VA AHAMIYATI
Xusanova Munira Shomuratovna
Ohangaron shahar kasb-hunar maktabi ona tili adabiyot fani o’qituvchisi
Annotatsiya: O‘qitishning asosiy ashyolari bo‘lmish darslik, metodik qo‘llanma, metodik tavsiyalami yangilash va takomillashtirish bilan birga ruhan sog‘lom, aqlan barkamol, o‘z fikri hamda qarashlariga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash ham ustuvorlik kasb etmoqda. Yoshlar tarbiyasida bir xil fikrlaydigan, yagona xulosaga keladigan avlodni shakllantirish o‘miga ma’naviy sifatlaming yetakchiligi, bola tuyg‘ularining injaligi, uning ko‘ngil istaklari, ma’naviyat shakllantirishda milliy an’analarga tayanish lozimligigada diqqat qaratilmoqda.
Kalit so’zlar: adabiyot fani o’qitish metodologiyasi, pedagogik texnologiya, yoshlar tarbiyasi.
Adabiyot о‘qitish metodikasi badiiy adabiyot o‘qitilish jarayoniga bog‘liq qonuniyatlarni o‘rganadi. Unda adabiyotshunoslik bilan pedagogikaning ayrim xususiyatlari uyg‘unlashadi. Ya’ni adabiyotshunoslik alohida fan sifatida adabiyot tarixi, nazariyasi va adabiy jarayon muammolari bilan shug‘ullansa, pedagogika bola tarbiyasi qonuniyatlari bilan mashg‘ulligi ma’lum. Ammo bu ikkala fan ham uzluksiz ta’lim jarayonida adabiyotdan nimani va qanday o‘qitilishi kerakligi masalasini hal qilib bera olmaydi. Shu ma’noda adabiyot o‘qitish metodikasi alohida fan sifatida filologik ta’lim uchun zarur hisoblanib, uning o‘z obyekti va predmeti, maqsad va vazifalari, mazmuni va metodlari mavjud. Adabiyot o‘qitish metodikasi fani adabiyot darslarining ta’lim muassasalarida o‘rganiladigan boshqa o‘quv fanlaridan farqini ko‘rsatish; adabiy ta’limdagi an’anaviy va novatorlik yondashuvga xos jihatlami o‘rganish; pedagoglarda adabiy ta’lim uchun optimal variantlami belgilashda zarur bo‘ladigan ko‘nikmalami shakllantirish; adabiyot darslarida o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati hamda ulaming
o‘zaro munosabatidagi o‘ziga xosliklar bilan tanishtirish singari vazifalami o‘z ichiga oladi. Shundan kelib chiqiladigan bo‘Isa, «Adabiyot o‘qitish metodikasi» fanining vazifalari о‘qitish jarayonida ta ’limning samarali metod va usullaridan foydalanish уо‘llarini о‘rgatish, badiiy asar tahlilida о ‘quvchi та ’naviyatiga ijobiy ta’sir ко‘rsatadigan jihatlami ochish hamda undan maqsadga muvofiq tarzda foydalana bilishga yo‘naltirishdan iborat. Adabiyot va badiiy so‘zning mohiyatiga kirish masalalari Sharq xalqlari, jumladan, o‘zbek xalqi hayotida har doim juda katta ijtimoiy- ma’naviy ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Ilm-u fan taraqqiyoti ko‘z ilg‘amas darajada tezlashgan davrda fanlararo integratsiya uzluksiz ta’limni yo‘lga qo‘yishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Integratsiya atamasi lotincha integrati so‘zidan olingan bo‘lib qo ‘shilish, birlashish ma’nolarini anglatadi. Ma’lumotlami integratsiyalash har xil manbalarda mavjud bo‘lgan materiallami ma’lum maqsad asosida birlashtirib taqdim etishni nazarda tutadi. Integratsiyalashgan ta’lim va fanlararo aloqa bir-birini to‘ldiradigan ikki xil tushuncha. Fanlar-aro aloqada o‘quvchining ma’lum bilimlami o‘zlashtirish jarayonida u yoki bu muammoni imkon qadar chuqur anglash hamda olingan bilimlami amaliyotga samarali joriy etishiga imkon berish maqsadida о‘quv fanlari orasida o‘matiladigan aloqa nazarda tutiladi. Integratsiya esa fanlararo aloqaga, ya’ni umuman fanlar, o‘quv fanlari, ulaming bo‘lim va mavzulari bo‘yicha olingan bilimlarga tayanilgan holda o‘rganilgan masalaga xos bo‘lgan yetakchi g‘oyalar hamda hodisalaming izchil, har jihatdan chuqur hamda serqirra ochilishi demakdir.
Ta’lim tamoyillari (prinsiplari - lotincha principum - negiz, boshlang‘ich) - ta’lim kechimini tashkil etishda tayaniladigan eng muhim qoida va qarashlar tizimi. Tamoyillar pedagogik amaliyotni to‘g‘ri tashkil etish ehtiyoji natijasida vujudga kelgan. Tamoyillar o‘qitish jarayoniga qo‘yiladigan talablar majmuasidir. Ta’lim tamoyillarini quyidagilarga ajratish mumkin:
rivojlantimvchi ta’lim va tarbiya tamoyili;
ta’limning hayot bilan bog'liqligi tamoyili;
ta’limning ilmiyligi tamoyili;
ta’limning tizimliligi va izchilligi tamoyili;
o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchilarning ongliligi va ijodiy faolligi tamoyili;
ta’limning ko‘rsatmaliligi va o‘quvchilarning nazariy fikrlash qobiliyatini o‘stirish tamoyili;
ta’lim jarayonida o‘quvchilaming mustahkam bilimga ega bo‘lish tamoyili;
ta’limning o‘quvchilar shaxsini e ’tiborga olgan holdagi jamoaviyligi tamoyili va
h.k.
Fanlar-aro aloqa xarakteridagi integratsiyalashgan darslar tizimi ma’lum o‘quv fani
bo‘yicha yil davomidagi mashg‘ulotlaming maksimal qismini tashkil etishi lozim. O‘zlashtirilgan bilimlarning har xil aspektda ochilishi, masalan, biror badiiy asar mazmunidagi voqea-hodisalaming ham geografik, ham biologik, ham botanik, ham psixologik bilimlarga tayanilgan holda va insoniy tuyg‘ular asosida ochib berilishi shakllanib kelayotgan shaxsning fikrlash,his qilish, qayg‘udosh bo‘lish singari jihatlardan rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Kasb-hunar maktablarida ta’lim, fan va maktab integratsiyasi ta’limiy, ilmiy va amaliy potensialdan umumiy manfaatlar yo‘lida foydalanishni nazarda tutadi. Ma’lum faoliyatlarning integratsiyalashuvi jarayoni samaradorlik va tejamkorlikni ta’minlaydi, ilmiy jarayonni jadallashtiradi, ayni zamonda dunyo hamjamiyatidagi fan va kasb-hunar maktablaridagi ta’limni intellektual potensialidan unumli foydalanish imkonini beradi. Adabiy ta’limda mavjud tajribalami umumlashtirish, tahlillash va foydalanish bu jarayonning barcha ishtirokchilariga katta samara keltirishi mumkin. Adabiy ta’lim, fan va maktabning integratsiyalashuvi bo‘lajak o‘qituvchini tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagogik yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlari adabiy ta’limi jarayonini integratsiyalashni quyidagi tizimda ko‘rish mumkin:
o‘quv, ilmiy va maktab amaliyoti kompleksi integratsiyasi;
Kasb-hunar maktablari va maktab tizimi integratsiyasi;
adabiyot о‘qitish metodikasi kafedrasi va maktab o‘quvmetodik birlashmalari integratsiyasi;
ilmiy-o‘quv va amaliy markazlar integratsiyasi;
talabalami ma’lum yo‘nalishlarga individual tayyorlash integratsiyasi;
mutaxassislar va talabalarning ijodiy jamoasi integratsiyasi
Adabiy ta’limni integratsiyalash bo‘yicha taqdim etilgan bu shakllaming har biri alohida ta’lim muassasalari va turli shartsharoitlarda o‘z xususiyatiga ega, albatta. Ayni zamonda, ta’lim amaliyotini integratsiyalashning bu shakllarida ulaming barchasi uchun umumiy bo'lgan jihatlar ham mavjud.
Adabiy ta’lim jarayonida modulli ta’lim texnologiyasidan foydalanish uchun avval quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
mazkur yo‘nalishning xususiyatlarini ochib beradigan metodik majmualar yaratish;
ta’lim jarayonini tashkil etish uchun uni zaruriy didaktik ashyolar bilan ta’minlash;
ta’lim amaliyotini nazariy-metodik va amaliy-tashkiliy jihatdan to‘g‘ri uyushtira bilish.
Adabiyot o‘qitishning modulli texnologiyasi - ta’limning belgilangan tamoyillariga muvofiq tarzda rejalashtiriladi va amalga oshiriladi. Bunda motivatsiya (o‘quvchining bilishga bo‘lgan ichki ehtiyoji), modullilik, muommalilik, hamkorlikka asoslanish, subyekt-subyekt munosabati, didaktik o‘yinlar, audio-vizual tamoyillar nazarda tutiladi.
Asar ustida ishlashda modulli ta’lim texnologiyasidan foydalanilganda quyidagi izchillikka amal qilinadi:
modulli ta’lim uchun zarur shart-sharoitni yaratish;
modulning maqsadi va mazmunini belgilash;
nazariy va amaliy ma’lumotlami ajratish;
ta’lim amaliyotini rejalashtirish;
o‘quv hamda didaktik materiallar, texnik vositalami tayyorlash;
amaliy mashg‘ulotlami tashkil etish;
zaruriy nazariy bilimlami mustahkamlash;
o‘quvchilaming nazariy va amaliy bilimlarini aniqlash;
o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalami baholash
Bugungi iqtisodiyot sharoitining har qanday yo‘nalishdagi mehnat bozorida o'ziga munosib o‘rinni egallash uchun har bir mutaxassisdan raqobatbardoshlik talab qilinadi. Bu, o‘z navbatida, barcha sohalar xodimlaridan kasbiy kompetentlilikni taqozo etsa, adabiyot o‘qituvchisidan ma’naviy mukammallik ham talab qilinadi. Adabiyot o‘qituvchisining o‘quvchilar oldida obro‘-e’tibori baland bo‘lishi uchun har ikki xususiyat uyg‘unlashtirilishi maqsadga muvofiqdir. Chunki adabiyot o‘qituvchisi inson ko‘ngli bilan ishlaydi. Adabiyot darslari ko‘ngil tarbiyalash darslaridir. Faqat bilim bilan qalbga kirib bo‘lmaydi. Shuningdek, hurmat, e’tirof, obro‘ singari tushunchalar borki, ulami talab qilib, so‘rab yoki sotib olib bo‘lmaydi. Ulami shaxsiy fazilatlar, ma’naviy yetuklik va bilimlilik bilan qozonish kerak bo‘ladi.
|
| |