|
Hayrat ul Abror dostoning boblari boʻyicha tasnifi Reja: Alisher Navoiy hayoti va ijodi
|
Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 0,7 Mb. | | #245870 |
Bog'liq 1- seminar navoiyshunoslik ,,Hayrat ul - Abror" dostoning boblari boʻyicha tasnifi Reja: 1. Alisher Navoiy hayoti va ijodi. 2. Xamsachilik an' anasining boshlanishi. Alisher Navoiy (1441-1501) - buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi. To‘liq ismi Nizomiddin Mir Alisher. Navoiy tahallusi ostida chig‘atoy (eki o‘zbek tili) hamda forsiyda (fors tilidagi asarlarida) ijod qilgan.
Xamsachilik — Sharq xalqlari adabiyotida dostonnavislik shakllaridan biri; "Xamsa" yozish bilan bogʻliq adabiy anʼana. Nizomiy Ganjaviy asos solgan.
Ijodkorlar Nizomiy "Panj ganj"ini ("Besh xazina") tashkil etuvchi "Mahzan ul-asror", "Xusrav va Shirin", "Layli va Majnun", "Haft paykar", "Iskandarnoma" dostonlarining mavzui, syujet va kompozitsiyasi, qahramonlari, vazni, joylashish tartibini saqlagan holda mustaqil asar yaratganlar. Bu badiiy ijodda katta mahorat maktabi sanalgan
Xamsa dostonlarining har biri mavzuyi, qahramonlari, hatto qoʻyilgan masalalarigacha aniqlikka ega boʻlib, bu janrda ijod qilgan yozuvchi oʻz mahoratini ana shu anʼanaviy vositalar yordamida koʻrsatishi, shu orqali oʻz davri ideallarini ifodalashi lozim boʻlgan. Anʼanaga koʻra, Xamsadagi 1-dostonning asosini falsafiy-axloqiy masalalar tashkil etgan. 2—3 dostonlar sevgi orqali aks ettirilgan ijtimoiy-maʼnaviy masalalarni yorituvchi mavzu asosida uyushgan. 4-doston sarguzasht asar boʻlib, unda adolatli shoh masalasi koʻtarilgan. Soʻnggi doston avvalgilarining xulosasi, umumlashmasi boʻlib, unda ijodkorning maʼnaviy-axloqiy, ijtimoiy-siyosiy, falsafiy qarashlari aks etgan. Sharqda badiiy qimmati turlicha boʻlgan 50 dan ortiq xamsalar vujudga kelgan.
Hayrat ul-abror (oʻzbekcha: Yaxshi kishilarning hayratlanishi) — Alisher Navoiy qalamiga mansub "Xamsa"ning birinchi dostoni (1483) boʻlib, pand-nasihat ruhidagi taʼlimiy-axloqiy, falsafiy doston. 3,988 baytdan iborat boʻlib, 64 bob, 20 maqolatdan tashkil topgan. Aruzning sareʼ bahrida yozilgan.
Asar anʼanaviy muqaddima — hamd va naʼt bilan boshlanadi. Navoiyning dunyo haqidagi qarashlari mana shu muqaddimada oʻz aksini topgan. Uningcha, dunyoning boshi ham, oxiri ham, yaratuvchi ham, kuzatuvchi ham Allohdir: Avval oʻzung, mobayn oʻzung, Barchaga xoliq, boriga ayn oʻzung.
Asarda shoir Alloh, borliq, inson haqida shunday fikrlaydi: bir vaqtlar bu jahon pinhon (yashirin) edi. Na yer, na koʻk, na kun, na tun — hech narsa yoʻq edi. Sendan boshqa hech kim, hech narsa yoʻq edi. Nozir ham, manzur ham oʻzing eding. Ishqingdan mast, husningdan masrur eding, husning jilvasiga cheku chegara yoʻq edi. Senga koʻzgu kerak boʻldi va shu maqsad bilan dunyo maydonga keldi. Demak, dunyo sening jamolingga oynadir. Sen dunyoni gʻoyat goʻzal (latif) qilib yaratding, lekin hammasidan insonni ulugʻ (sharif) aylading. Binobarin, Alloh har narsadan ulugʻ va yaqin tutgan inson ham tabiatning, ham jamiyatning gultojidir. Navoiy dunyoni Allohning namoyon boʻlishidir, deb biladi. Inson esa uning markaziy siymosi.
2 bob ustozlar taʼrifiga bagʻishlangan, 2 bob soʻz va undagi maʼno haqida. Soʻng Husayn Boyqaroga, ulugʻ pirlar: Bahouddin Naqshband, Xoja Ahrorga bagʻishlovlar keladi. Nihoyat, 22-bobdan maqolatlar boshlanadi. 1-maqolat iymon, 2-maqolat islom, 3-maqolat shohlar haqida.
Navoiy dostonda umr, uning mazmuni, tabiat, jamiyat va inson munosabatlariga doir savollar qoʻyadi va keyingi dostonlarda muayyan taqdirlar, voqealar misolida ularga javob beradi. Dostonda oʻsha davr ijtimoiy turmushi, xalq hayoti, urf-odatlari, din-diyonat, axloq-odob haqidagi qarashlar oʻz ifodasini topgan.
Eʼtiboringiz uchun tashakkur!!!
|
| |