|
Referat Bajardi: Abdug’aniyeva O’g’iloy Tekshirdi: Yuksalish o’zingni anglashdan boshlanadi. Insoniyat jamiyati tarixiy taraqqiyoti o‘z-o‘zini anglash eng avvalo, insoniy mavjudlikning mohiyatini ma’naviy voqelik, sha’n, qadr-qimmat
|
bet | 1/2 | Sana | 24.12.2023 | Hajmi | 26,62 Kb. | | #127962 | Turi | Referat |
Bog'liq 1. REFERAT
Referat
Bajardi: Abdug’aniyeva O’g’iloy
Tekshirdi:__________________
Yuksalish o’zingni anglashdan boshlanadi.
Insoniyat jamiyati tarixiy taraqqiyoti o‘z-o‘zini anglash eng avvalo, insoniy mavjudlikning mohiyatini ma’naviy voqelik, sha’n, qadr-qimmat, obro‘-e’tibor, or-nomus orqali namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi. 0‘zligini anglay boshlagan kishigina shaxs darajasiga ko‘tariladi. 0‘zligini anglagan inson ma’naviy yuksalishga erishadi, har qanday sharoitda ezgulik sari harakat qiladi. Yuksak rivojlangan jamiyat esa o‘zligini anglagan shaxslardan tarkib topadi. Inson ijtimoiy mavjudot sifatida talqin etilganda, uning mustaqil tafakkurga, e’tiqodga, bunyodkorlik qudratiga, o‘zgalar va butun borliq oldidagi mas’uliyat tuyg‘usiga ega ekanligi nazarda tutiladi. “Men kimman?”, “Bu yorug‘ dunyoga nima uchun keldim?”, “Menga ato etilgan buyuk ne’mat - hayotimni nimalarga safarbar etmog‘im lozim?”. Inson borki, ertami-kechmi ana shu savollarga javob izlay boshlaydi, kamolot sari yo‘l oladi. Bu yo‘lni - o‘zlikni anglash deb aytish mumkin. 0‘zligini anglagan yoki anglay boshlagan kishigina shaxs darajasiga ko‘tariladi. Demak, o‘zlikni anglash, avvalo har bir insonning shaxsi, alohida «meni» bilan bog‘liq.
Mutafakkirlar qadimdan o‘zlikni anglash nimalarga qodir ekanligini chuqur anglab yetganlar. Masalan, Delfadagi Appalon ibodatxonasining devorlariga o‘yib yozilgan va an’ana bo‘yicha yetti yunon donishmandlaridan biri - spartalik Xilonga tegishli deb hisoblangan “0‘zingni o‘zing angla” shiori qadimgi yunon falsafasini o‘zak masalasi bo‘lib qoldi. Yunon mutafakkirlarini bu borada izlanishga da’vat etdi. Eramizdan avvalgi V asrdayoq Protagor, “inson barcha narsalarning o‘lchovidir”, degan mashhur fikrni ilgari surdi. Suqrot uchun esa “o‘zingni o‘zing angla” hikmati donishmandlikning qoidasiga aylandi. R.Dekard “ Agar men har qanday narsa va hodisa haqida fikr yuritadigan bo‘lsam men o‘zimni subyekt sifatida mavjudligimni qis qilaman. Jon Lokk o‘z-o‘zini anglashni insonning ichki kechinmalarini bilishdagi tajriba va amaliy faoliyat sifatida talqin qiladi.
0‘zlikni anglash milliy o‘z-o‘zini anglashga zamin yaratadi. Bir qator tadqiqotlarda milliy o‘z-o‘zini anglash ijtimoiy ong fenomeni sifatida talqin etilib, o‘z o‘rnida 3 ta komponentdan iborat deb ko‘rsatiladi. YA’ni: o‘z-o‘zini bilish; o‘z-o‘zini qadrlash, baholash va emotsional holatini anglab etish; milliy o‘zlikni boshqarish.
Etnomadaniyat va milliy o‘z-o‘zini anglash tushunchalari bir-biri bilan uyg‘un tushunchalardir. Milliy o‘z-o‘zini anglashning asosiy omillari milliy mansublikni chuqur anglash, o‘z millati istiqbolgi oldida mas’ullikni his qilish bo‘lsa, etnomadaniyat ham o‘zbek xalqining kelib chiqishi, uning madaniyati, turmush tarzi, ma’naviy-ma’rifiy xususiyatlarini tarixiy jarayonlarda ravnaq topib xozirgi kunimizgacha rivojlanib kelayotgan ma’naviy hamda madaniy merosidir. Har bir xalqning yuqori darajasida o‘zlikni anglash, milliy g‘urur, vatan fidoyisi bo‘lish, o‘z xalqidan faxrlanish hissi o‘sha davr jamiyati tartib- qoidalariga ko‘ra, ko‘pchilikda bir xil, yuksak saviyada bo‘ladi. Aholining o‘zlikni anglash darajasi fuqarolarning hayot mazmuniga, kundalik turmush-tarziga aylanadi .G.V.Shelepov etnik jamoani “kelib chiqishi va uning etnik o‘z-o‘zini anglashida namoyon bo‘lishi, til, hudud, madaniyat va turmushning ba’zi belgilarining birligi asosida shakllanadigan ma’lum tarixiy va iqtisodiy shart-sharoitlar natijasida paydo bo‘ladigan ijtimoiy jamoaning maxsus ko‘rinishidir” , deb ta’riflaydi.Aslida milliy o‘z-o‘zini anglash millatning moddiy hamda ma’naviy manfaatlarini himoya qiluvchi va rivojlantiruvchi omil hisoblanadi. U faqat milliy manfaatlarni himoya qilish bilan cheklanmaydi, u millatni «harakat»ga keltiradi va birlashtirib turadi. Xususan, millat taraqqiyoti jarayonida iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy sohalarda yuzaga keladigan muammo-larni hal qilishda milliy o‘z-o‘zini anglash omili millatni jipslashtiradi va uni umummaqsadlar yo‘lida harakatga keltiradi. U har qanday millat uchun zarur asosiy o‘ziga xos belgilari tizimida yetakchi o‘rinni egallaydi. Milliy o‘z-o‘zini anglash millat abadiyligini ta’minlashning eng muhim omilidir. Chunki bu salohiyat millatning o‘ziga xosligini va
manfaatlarini himoya qilib turadi. Xitoy faylasufi Shan Yan (mil.avv. 390-338) fikricha, “Nodon xalqni boshqarish oson. Tentak odamlarni og‘ir mehnatga majburlash oson. Aqlli kishilarni esa mashaqqatli mehnatga jalb etish mushkuldir”19. Hadisda “Kimki o‘zligini tanisa, robbini taniydi” deb yozilgan. Bu hadisda buyuk hikmat yashiringan, ya’ni har bir inson o‘zi intilmasa, maqsadlar qanchalik ulug‘ bo‘lmasin, biror-bir natija bermaydi. Shuning uchun ham islom ahli, mutasavvif allomalar insonni “olam mehvari” deb bilganlar.
Hazrat Navoiyning “El netib topqay menikim, men o‘zimni topmasam” - degan so‘zlari bugungi kunda ham chuqur ma’no kasb etadi. Ulug‘ mutasavvuf alloma Bahouddin Naqshband inson o‘z-o‘zini anglab yetish orqali Haqni, Haqiqatni taniydi, Alloh vasliga yetishadi, deydi. Ammo hayotining yakuniy maqsadi bu emas. Dilida Alloh (“dilda yor”) jo bo‘lgan kishi ishga kirishmog‘i (“dast ba kor”) ezgu ishlarga qo‘l urishi lozim. U aslo eldan, xalqdan o‘zini ayirmasligi, aksincha Orif odam Haqni dilda tutgan holda xalq bilan birga bo‘lishi lozim. (“Xilvat dar anjuman”).
«0‘zlikni anglash deganda men tarixiy xotirani tiklash, nasl nasabimiz kim ekanini, kimlarning vorisi ekanligimizni anglab yetishni, shundan kelib chiqib, o‘zimizga xos va mos jamiyat barpo etishni tushunaman» deydi I.A.Karimov.
Agar tariximizga murojat kilsak buyuk shaxslar o‘zligini anglash natijasida
dushmanlardan ona-Vatannni himoya kilib, xalq uchun xizmat qilganligiga guvoh bo‘lamiz.
Ulardan Najmiddin Kubro, J.Manguberdi, A.Temur, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo va yurt
qayg‘usida yashagan jadid ziyolilar yana o‘nlab, yuzlab ulug‘ ajdodlarimiz hayoti, o‘z
taqdirlarini xalq millat butun insoniyat taqdiri bilan uzviy bog‘liqlikda ko‘rganlar. Inson
o‘zligini anglashini ijtimoiy munosabatlar asosida ko‘rishni orzu qilgan hazrat Alisher
Navoiy buni aniq qilib shunday ifoda etgan edi:
“Odame ersang demagil odame -
Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami
Mutafakkirlar e’tirof etganidek, o‘zini anglagan inson, o‘zi uchun nima foydaliligi va
nimalarga qodir ekanligini yaxshi tushunadi. U qo‘lidan keladigan ish bilan shug‘ullanish
asnosida o‘z ehtiyojini qondiradi va saodatga erishadi. Har qanday xato va baxtsizliklardan
xoli bo‘ladi. Buning natijasi o‘laroq, u o‘zga odamlarni qadrlay oladi va ulardan ezgulik
yo‘lida foydalana biladi. Oqibatda o‘zini kulfatlardan asraydi. 0‘zligini anglagan odamda
mehr, muruvvat kuchli bo‘ladi. Manmanlik kabi salbiy qusurlarni xush ko‘rmaydi.
“
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Referat Bajardi: Abdug’aniyeva O’g’iloy Tekshirdi: Yuksalish o’zingni anglashdan boshlanadi. Insoniyat jamiyati tarixiy taraqqiyoti o‘z-o‘zini anglash eng avvalo, insoniy mavjudlikning mohiyatini ma’naviy voqelik, sha’n, qadr-qimmat
|