• Psychology of Religion in Uzbekistan DOI: 10.24412/2181-1385-2022-02-272-275 272
  • Alimardon Kozimjon o‘g‘li Jalilov
  • International Islamic Academy of Uzbekistan Volume 3




    Download 436,15 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana04.07.2024
    Hajmi436,15 Kb.
    #266552
      1   2   3   4
    Bog'liq
    shaxsni-o-zini-o-zi-anglashining-psixologik-jihatlari



    International Islamic Academy of Uzbekistan 
    Volume 3 | IIAU Conference 1 | 2022
    Google Scholar indexed 
    Scientific-Theoretical and Practical Issues of 
    Psychology of Religion in Uzbekistan 
    DOI: 10.24412/2181-1385-2022-02-272-275 
     
     
     
     
     
    272
     
    May 21 
    https://ares.uz/ Republican Scientific and Practical Conference 
    SHAXSNI O‘ZINI-O‘ZI ANGLASHINING PSIXOLOGIK JIHATLARI 
    Alimardon Kozimjon o‘g‘li Jalilov
    O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi magistranti 
    alimardonabdujalilov148@gmail.com
     
    “O‘z-o‘zingni anglagin va bilgin” 
    Suqrot
    Insoniyat paydo bo‘lganidan buyon to hozirgi kungacha insonni o‘zi haqidagi 
    masalalar qiziqtirib kelgan. Inson aslida kim ekanligi, qanday paydo bo‘ganligi, qay 
    tariqa yashaganligi va qay tartibda yashashlari kerak ekanligi va boshqa mavzular 
    haqida turli xil tortishuvlar va savollar paydo bo‘lgan. 
    Merriyam-Vebster lug‘atiga binoan, o‘z o‘zini anglash tushunchasi – «o‘ziga 
    tegishli bo‘lgan va undan kelib chiqadigan harakatlar yoki holatlarni anglash» deb 
    ta’riflanadi.
    O‘z–o‘zini anglashning psixologik xususiyatatlari ijtimoiy psixologiya 
    fanida o‘z – o‘zini anglash, ahloqiy o‘z–o‘zini anglash ijtimoiy-ruhiy hodisa, jarayon 
    sifatida alohida ilmiy nuqtai nazardan to‘liq o‘rganilmaganligi tufayli uni tahlil qilish 
    ahloq, milliy xarakter, milliy ma’naviyat va qadriyat kategoriyalari bilan bevosita 
    bog‘liq ravishda amalga oshirilmoqda. Ushbu kategoriyalarni o‘ziga xos tarzda 
    yoritish psixologiya fanining asosiy tushunchasi hisoblanmish shaxsni yaqqol 
    anglash, uning guruh (jamoa)dagi roli, shaxslararo munosabatdagi ahamiyatini 
    o‘rganish imkoniyatini yaratadi. XX va XXI asr psixologiya fanida ushbu masalaning 
    ijtimoiy – psixologik tabiatini tushuntirishda ikki xil qarash va yondashuv vujudga 
    kelgan bo‘lib, ular o‘zaro bir – biridan keskin darajada tavofutlanib turadi. Birinchi 
    yondashuv talqinicha o‘z –o‘zini anglash – bu o‘z yo‘nalishini o‘zgartirgan ongning 
    aynan o‘zidir. Mazkur talqin rus psixologiyasida keng tarqalgan bo‘lib, 
    L.S.Vigotskiy, 
    A.N.Leontev, 
    V.V.Stolin 
    va
    ularning shogirdlari tomonidan tadqiq qilib kelinadi. Ikkinchi yondashuv mohiyati 
    S.L. Rubinshteynning Ilmiy ishlarida o‘z aksini topgan. Birinchi yondashuvning 
    namoyondalari talqinida o‘z–o‘zini anglash: L.S. Vigotskiyning shaxsiy fikricha, 
    o‘z–o‘zini anglash turli xil ma’nolar orasida birlikni (umumiylikni) vujudga 
    keltiruvchi jarayon sifatida va o‘zlashtirilgan ong tariqasida namoyon bo‘ladi. A.N. 
    Leontev talqiniga qaraganda, individual ongdagi mohiyat bilan 
    mazmun o‘rtasidagi ziddiyat o‘zini – o‘zi anglashning 
    sababchisidir. V.V. Stolinning ta’kidlashicha, o‘zini – o‘zi 



    Download 436,15 Kb.
      1   2   3   4




    Download 436,15 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    International Islamic Academy of Uzbekistan Volume 3

    Download 436,15 Kb.
    Pdf ko'rish