International Islamic Academy of Uzbekistan




Download 436,15 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana04.07.2024
Hajmi436,15 Kb.
#266552
1   2   3   4
Bog'liq
shaxsni-o-zini-o-zi-anglashining-psixologik-jihatlari

International Islamic Academy of Uzbekistan 
Volume 3 | IIAU Conference 1 | 2022
Google Scholar indexed 
Scientific-Theoretical and Practical Issues of 
Psychology of Religion in Uzbekistan 
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-02-272-275 
 
 
 
 
 
273
 
May 21 
https://ares.uz/ Republican Scientific and Practical Conference 
anglashning asosida “Men” likning mazmuni va mohiyati o‘rtasidagi ziddiyat yotadi. 
Ikkinchi 
yo‘nalish 
asoschisi 
S.L. 
Rubinshteyn 
tadqiqotlariga
asoslanib, biz o‘z – o‘zini anglash muammosini tadqiq etishga e’tibor qaratamiz, eng 
avvalo, uning subektiga, ya’ni shaxs (individ)ga qaratishni maqsadga muvofiq deb 
hisoblaymiz. Boshqacha so‘z bilan aytganda, o‘z – o‘zini anglashni shakllantirishning 
manbai ong va undagi ziddiyat bo‘lmasdan, balki insonning ijtimoiy muhitda tarkib 
topishi hamda rivojlanishi sanaladi. Ruhiy faoliyatning maxsus holdagi (vaziyatdagi) 
obektiv shart – sharoitlari sifatida odamlarning hayoti, umumiy yashash sharoiti 
yotadi, — deb yozadi S.L. Rubinshteyn. Insonning o‘z – o‘zini anglash jarayonidagi 
subektligi bilan amalga oshirishga mo‘ljallangan aloqasining shakllanishi va oqibat 
natijada yuzaga keladigan yangi sifatiy holat undagi oldingi ichki ziddiyatlardan 
tamoman forig‘ ekanligini bildiradi. Demak, bu ilmiy yondashuvda o‘z–o‘zini 
anglashning uzluksiz ruhiy jarayon sifatida funksiyalashuvi insonning boshqa 
odamlar to‘g‘risidagi tasavvurlari va ularning unga nisbatan munosabatlari 
o‘rtasidagi ziddiyat bilan belgilanadi. Odatda inson o‘zi haqida fikr yuritar ekan, 
albatta, u o‘zining boshqa odamlar bilan kechadigan o‘zaro munosabatlari natijasini 
tahlil qiladi va ularning samarali ekanligiga asoslanib o‘z “Men”ligini yaratadi. 
S.L.Rubinshteyn va K.A.Abulxanova – Slavskayalar o‘z–o‘zini anglashning ichki 
mohiyati ikki negiz (asos) bilan tavsiflanishini ta’kidlaydilar. Negizning birinchisi – 
insonning atrof – muhit va shaxslararo munosabatlarining mazmunidan iboratdir. 
Uning ikkinchisi esa ana shu munosabatlar to‘g‘risida uni fikr yuritish 
imkoniyatining ifodasidir. Shulardan birinchisi ijtimoiy, ya’ni obektiv xususiyatiga 
ega bo‘lsa, uning ikkinchisi subektiv, binobarin, insonning psixofiziologik va ruhiy 
xususiyatlariga bog‘liqdir. Har ikkala asosning o‘zaro bir – biri bilan mos kelishi yoki 
mos kelmasligi o‘zlik, “Men”lik to‘g‘risidagi aniq, haqqoniy tasavvurlarni vujudga 
keltiradi. Mualliflarning mulohazasicha, ijtimoiylik insonning ongiga va ruhiyatiga 
kirib boradi, ongning, o‘zini – o‘zi anglashning hamda idora qilishning manbai bo‘lib 
qoladi. Oxir oqibatda insonning ijtimoiylashuvi deyilganda – bu yondashuv uni 
ongining ijtimoiylashuvini nazarda tutadi va ana shu tariqa o‘z – o‘zini anglashning 
ijtimoiylashuvdagi o‘rni hamda uning roli huddi shunday tushuntiriladi. Mazkur 
yondashuvga binoan, o‘z – o‘zini anglash jarayonida ruhiyat va ijtimoiylashuv 
o‘rtasida muttasil ravishda o‘zaro munosabatlar vujudga keladi. Munosabatlarning 
o‘zaro mazmuni yuzaga keladi. Bizningcha, insonda o‘z – o‘zini anglashning 
subektliligi bosqichidayoq ijtimoiylik aks etadi. Shuning uchun 
ruhiyat bilan ijtimoiylik o‘rtasidagi masalalarni maxsus muammo 
sifatida ajratish, talqin qilish g‘ayritabiiylikdir. Shaxs o‘z – o‘zini 



Download 436,15 Kb.
1   2   3   4




Download 436,15 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



International Islamic Academy of Uzbekistan

Download 436,15 Kb.
Pdf ko'rish