BUYUMLAR INTERNETI VA UNDA XAVFSIZLIK CHORALARINI ISHLAB CHIQISH
Iskandar Olimov1, Abduqodir Karimov2 , Yusuf Bo’riyev3 , Ibrohimov Xasanboy4
1 ,2,3,4Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
E-mail:
iskandar.olimov@mail.ru,
karimovabduqodir041@gmail.com,
soccersppt@gmail.com,
hasanboyibrohimov078@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.7853516
Annotatsiya. Ushbu maqolada buyumlar Interneti (Internet of things)ni sathlari, qo’llanilish sohasi xususan buyumlar Interneti sathlari bo’yicha himoyalanish usullari keltirilgan.
Kalit so’zlar: RFID, WNS, Bluetooth, DoS.
Buyumlar Interneti bugungi kunda Inson taraqqiyoti va kelajakdagi ijtimoiy rivojlanishiga, ishlab chiqarishiga ulkan o'zgarishga sabab bo’layotgan texnologiya sifatida rivojlanib bormoqda. Buyumlar Interneti inson va foydalanuvchilarning ko‘p maqsadlarini amalga oshiruvchi,
hamda apparat, yoki qurilmalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani ta’minlovchi rivojlanayotgan texnologiyalar jamlanmasi hisoblanadi. Boshqa so‘z bilan aytganda, buyumlar Internetiga ko‘plab simsiz sensor va datchik tarmoq (Wireless Sensor and Actuator Network, WSAN), radio chastotasini aniqlash (Radio
Frequency Identification, RFID) tarmoqlari tarkibiy elementlari sifatida rivojlanayotgan texnologiyalar jamlanmasi sifatida qarash mumkin [1,2].
Buyumlar Internetining asosiy maqsadi obyektlar o‘rtasida avtomatik tarzda aloqani ta’minlash (ma’lumotni uzatish, qabul qilish, qayta ishlash) kabi jarayonlarni Internet orqali amalga oshirish hisoblanadi va lokal tarmoqdagi obyektlarni global tarmoqqa standart protokollardan foydalangan holda ulanish nazarda tutiladi.
rasm. Buyumlar Interneti (Internet of Things, IoT)
Buyumlar Interneti ko‘plab Radio chastotasini aniqlash (Radio Frequency Identification, RFID), Simsiz sensor tarmoq (Wireless
sensor network, WSN), Bluetooth va boshqa turli tarmoq texnologiyalari jamlanmasidan iborat. Ular o‘rtasida o‘zaro aloqani ta’minlashda 3G, 4G, LTE internet texnologiyalaridan foydalaniladi [1, 3]. Bu orqali buyumlar Intyerneti istalgan vaqtda,