MARKAZIY OSIYONING ANTIK DAVR ME’MORCHILIGI (MIL. AV. IV –MIL. IV ASRLAR)
Annotatsiya: Ushbu maqolada Antik davr shaharsozlik va me‘morchilikdagi o`zgarishlar, Baqtriya shaharsozligi – (Xalchayon, Ayrtom, Dalvarzintepa, Kampirtepa, Marg`iyonaning Erkqal‘a (Marv) va Parfiyaning Niso), Xorazmdagi shaharlar tuzilishi, me‘morchiligi, binolari va ularning badiiy hususiyatlari haqida yozilgan.
Kalit so`zlar: ellinistik davr, bezak, yunon klassik san‘ati an‘analari, memoriy
majmualar, bo`rtma tasvirlar, haykaltarosh, saroylar, zardushtiylik va buddaviylik dinlari.
O`rta Osiyoning ellinistik dunyoga tortilishi uning san‘ati
va madaniyatida
jiddiy o`zgarishlarni yuzaga keltirdi. Bu o`zgarishlar me‘morlik, amaliy va tasviriy san‘at mazmuni va harakterida namoyon bo`la boshladi. O`rta Osiyoning ellinistik davrdagi me‘morligi harakteri uning janubiy rayonlarida seziladi. Bu davrda qurilgan binolar harakterida Axmoniylar davri me‘morligi uslublari bilan birga, grek san‘ati an‘analari mavjud. Ayniqsa, binolarning dekorativ bezalishida shu o`ziga xoslnk ko`zga tashlanadi. Ustunlari grek klassik formasida ishlangan bo`lib, korinf kapitellari toshdan ishlangan tosh ustun va bazadan tashkil topgan. Saroy xonalari plyastrlar bilan bezatilgan. Saroy uchun bezak sifatida sher niqob, tomni bezab turuvchi palmetkali antisfinkslar ishlatilishi ham harakterlidir. Lekin saroyni qurishda mahalliy material - xom g`isht, paxsa ishlatilgan, tomlari tekis qilib
yopilgan. Me‘morchilik san‘atida avvalgidek asosan xom g`isht asosiy qurilish materiali sifatida ishlatilsa ham,
shu bilan birga qumtosh, marmar va pishiq g`isht ishlatila boshlandi, devor pardoziga mahsus qorishmalar, alebastrli qoplamalar kirib kela boshladi. Ayniqsa grek me‘morchilik san‘ati ta‘sirida qurilgan saroylar, gimnasiya, ibodatxonalar me‘morchilik jarayonida muhim bo`ldi. Lekin bu davrga xos me‘morchilik yodgorliklari kam o`rganilgan.Bu davr yodgorligi shimoliy Afgoniston hududidagi Oy xonum yodgorligi shu davr memorligi o`zgarishlaridan dalolat beradi.Uning qurilishi uslubi antik san‘at an‘analari asosida ishlangan pollari mazaika bilan pardozlangan.
Kapitel va ustunlar ham uning ko`rinishiga alohida fayz baxsh etgan. Grek - Baqtriya podisholigi davrida Markaziy Osiyoning janubiy hududlarida me‘morchilik komplekslari yuzaga keladi, shaharsozlik yangi davrini boshidan kechirdi.
Me‘morlikda yangi g`oyalar
rivojlandi, yangi yangi shaharlar barpo etildi. Shulardan biri Dmitriy asos solgan (P asr ) Termiz ( Demet-Termet o`zgarishida) shahri rivojlandi. Bu davrda ayniqsa Ellin san‘ati ta‘siri sezilarli darajadi bo`ldi. O`lkada ko`plab binolar qad ko`taradi. Bino qurishda ellin memoriy uslublari ishlatilgan. Jumladan ustun, kapitel ishlatilgan, pollarga mazaika yotqazilgan, ustunlar ko`p xollarda kapitellar bilan tugallangan. GrekBaqtriya yerlarida mavjud shaharlar kengaytirildi, odamlar yashaydigan katta bo`lmagan aholi punktlari shaharga aylantirildi.
Yangi shaharlar aniq to`rtburchak yoki kvadrat shaklida qurilib, atrofi qalin devor bilan o`rab
chiqildi, to`rtburchaksimon minoralar bunyod etnldi. Qurilgan binolarda serjilo korinf orderi keng qo`llanildi. Gresiya san‘ati ta‘siri shu davrda zarb etilgan tangalarda va ularga ishlangan bo`rtma tasvirlarda ham seziladi.
Tangalarning old tomonida hukmdor (podishoh) xomiysi bo`lgan mobuda tasviri va yozuv mavjud, tanganing orqa tomonida esa hukmdorning aylana ichidagi bo`rtma tasviri yon tomonidan ishlangan.
Shuni takidlash kerakki bu tangalar yuzasidagi bo`rtma tasvirlar uslubi