|
Axmadjanov Bobirjon Tekshirdi: Hamrayeva Gulnoz
|
bet | 1/6 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 317,39 Kb. | | #229029 |
Bog'liq Axmadjanov B pedagogika 4-amaliy
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI
Pedagogika va psixologiya fanidan
4-Amaliy ish
Guruh: PED003-2
Bajardi:Axmadjanov Bobirjon
Tekshirdi: Hamrayeva Gulnoz
Topshiriq 4
Diqqat bilishning eng muhim psixologik mexanizmi sifatida
Mnemotexnika hotirani rivojlantirish tizimi sifatida.
1. Agar odam diqqatini o’zi idrok etayotgan narsaga yoki bajarayotgan ishiga to’play olmas ekan, unda hech bir ruhiy jarayon maqsadga yo’naltirilgan va unumli bo’la olmaydi. Biz biron bir buyumga qarab tursak ham, uni ko’rmasligimiz mumkin, o’z fikrlari bilan band bo’lgan odam yaqin atrofdagi kishilarning gaplarini mutlaq eshitmaydi. Agar diqqatimiz biron narsaga qaratilgan bo’lsa, biz og’riqni sezmasligimiz mumkin. Aksincha, odam biron bir narsa yoki faoliyatga butun diqqatini qaratsa, u holda o’sha buyum yoki hodisaning hamma xususiyatlarini bilib olishi va ishi juda ham unumli bo’lishi mumkin.
Diqqatning o’zi nima ?
Diqqat – bu ongning biron bir predmet yoki hodisa ustida to’planishidan iborat bo’lgan psixologik hodisa. U odamning ruhiy faoliyatini tashkil qiluvchi mexanizm hisoblanadi.
Diqqat insonning atrof-muhitda muvaffaqiyatli ish ko’rishiga imkon yaratadi va tashqi olamning inson ruhiyatida to’laroq hamda ravshanroq aks etishini ta’minlaydi. Harbiy faoliyatda diqqatning ahamiyati katta. Harbiy xizmatchilarni o’qitish va tarbiyalash ishining samaradorligi komandirning o’z qo’l ostidagilar diqqatini harbiy faoliyatga maqsadga muvofiq ravishda qanchalik jalb eta olishiga bog’liq bo’ladi. Agar askarlar diqqati o’quv mavzusiga etarlicha qaratilsa, ular mavzuni yanada yaxshiroq tushunib oladilar, bundan tashqari mashg’ulot vaqtida ularning diqqat-e’tibor bilan ishlashlari sinf xonasida intizomni ta’minlaydi.
Diqqat, odatda mimikada, tashqi qiyofada, xatti-harakatlarda ifodalanadi. Diqqat bilan eshitib turgan kishini diqqati parishon odamdan farq qilish juda oson. Ammo ba’zi paytda askar aftidan komandirning gaplarini tinglayotganga o’xshasa ham, aslida uning fikr-hayollari boshqa narsalarda bo’ladi. Diqqat ruhiy jarayonlardan ajralgan holda sodir bo’la olmaydi. Shu tufayli u mustaqil ruhiy jarayon emas. Biz diqqat yoki e’tiborsizlik bilan biron bir ishni bajaramiz, biron narsani ko’zdan kechiramiz, eshitamiz yoki o’ylaymiz. Shunday qilib, diqqat turli ruhiy jarayonlarning faqat bir tomoni yoki hossasidir.
Zotan, tetik holatida odam biron bir faoliyat bilan band bo’ladi (ish qiladi yoki o’ylaydi), binobarin uning diqqati doimo biron narsaga qaratiladi.
Bosh miya katta yarim sharlarida yuz berib turadigan qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlari diqqatning fiziologik asoslari hisoblanadi. Agar odamning diqqati biron narsaga qaratilsa, bu uning miya po’stlog’ida qo’zgalish o’chog’i maydonga kelganligidan dalolat beradi. Bu paytda miyaning boshqa qismlari tormozlangan holatda bo’ladi. Bunday hodisa asab jarayonlarining induksiya qonuniga ko’ra yuz beradi. Shu sababdan odam biron ishga qattiqq berilib ketgan paytda boshqa narsani payqamasligi mumkin.
Irodaning qanchalik ishtirok etishiga qarab diqqat uch turga bo’linadi: ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan keyingi diqqat.
Agar komandirning tushuntirishlari mazmunan qiziqarli bo’lsa, uning hikoyasini askarlar diqqat bilan tinglaydilar va komandir namoyish qilgan materiallarni qunt bilan kuzatadilar. Bu ixtiyorsiz diqqatning ko’rinishi. Bunday diqqat irodaviy zo’r berishlarsiz qilinadi. Ixtiyorsiz diqqatni hosil qiluvchi muayyan sabablar nimalardan iborat? Avvalo har qanday kuchli qo’zg’atuvchilar, odatda ixtiyorsiz diqqatni vujudga keltiradi,chunonchi momaqaldiroq yoki yaqin atrofda otilgan o’q ovozi odamni diqqatini shu tovushlarga karatishga majbur etadi. Qo’zg’atuvchining nisbiy kuchi umum ahamiyatga ega. Sokin tunda sekin shitirlash ham soqchining diqqatini darhol o’ziga tortadi.
Xatto u qadar kuchli bo’lmasa ham, qo’zg’atuvchining behosdan (tasodifan) ta’sir ko’rsatishi diqqatni jalb qilish ahamiyatiga ega. Harakatdagi buyumlar, yangilik odatlanilgan sharoitda yuz beruvchi o’zgarishlar sezilmay qolmaydi. Masalan, dala o‘quv mashg’ulotlarida odatdan tashqari muammoli vaziyatlarni hosil qilish harbiy xizmatchilar diqqatini kuchaytiradi.
Odamning ichki holati ixtiyorsiz diqqatning paydo bo’lishida katta ahamiyatga ega. Oshxonadan dimoqqa urilgan taom hidi qorni och odamga darrov sezilsa, qorni to’q odam esa bunga e’tibor ham bermaydi. Bizda qiziqish uyg’otuvchi, mayl va didimizga mos tushuvchi, his-tuyg’ularimizga ta’sir etuvchi narsalarning barchasi diqqatimizni beixtiyor ravishda o’ziga tortadi. Bunda odamdagi o’tmish tajribalarning ahamiyati katta, bunday diqqatning davomiyligi tashqi qo’zg’atuvchining qancha vaqt ta’sir etishiga bogliq bo’ladi, tashqi ta’sir tugashi bilan bunday diqqat ham yu’q bo’ladi.
|
| |