• Ixtiyoriydan keyingi diqqat
  • Axmadjanov Bobirjon Tekshirdi: Hamrayeva Gulnoz




    Download 317,39 Kb.
    bet2/6
    Sana13.05.2024
    Hajmi317,39 Kb.
    #229029
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Axmadjanov B pedagogika 4-amaliy

    Ixtiyoriy diqqat esa boshqacha xususiyatlarga ega. Bunday diqqat amalda biron narsani idrok qilish yoki biron ishni bajarish maqsadi paydo bo’lishi bilan maydonga keladi. Murakkab masalani hal qilishda askar diqqatini bir nuqtaga jamlashga qiynaladi, ammo mazkur muammoni yechishga o’zini majbur qiladi. Ko’pincha tashqi qo’zg’atuvchilar askarning diqqatini chalg’itib turadi, ammo u irodasini ishga solib, qunt bilan ishlashga o’zini majbur etadi. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatdan farqli ravishda irodaviy zo’r berish dan hosil qilinadi. Diqqatning bu turi o’zining mantiqiy izchilligi va barqarorligi bilan ajralib turadi.
    Harbiy faoliyatda ixtiyoriy diqqat katta rol o’ynaydi insondagi ixtiyoriy diqqat darajasi uning u yoki bu faoliyat ahamiyatini qanchalik anglashiga boglik bo’ladi.
    Ixtiyoriydan keyingi diqqat ixtiyoriy diqqatdan kelib chiqadi, Inson biron bir hodisaga nisbatan o’z diqqatini iroda kuchi bilan yo’naltiradi. Oradan ma’lum muddat o’tgandan keyin esa uning diqqati iroda ta’sirisiz ushbu faoliyat ustida yig’ila boshlaydi. Ixtiyoriy diqqatning ixtiyoriydan keyingi diqqatga o’tish jarayonini o’rganish harbiy xizmatchilarni ruhiy samaradorligini oshirishning yo’llaridan biri hisoblanadi.
    Inson ongiga har doim, ayniqsa, jangovar vaziyatlarda juda ko’p miqdordagi qo’zg’atuvchilar ta’sir etadi. Miyamizga har daqiqa ta’sir etib turadigan ma’lumotlarning faoliyatimiz uchun eng muhimlarini ajratib olish juda katta ahamiyatga ega. Shu ma’noda diqqat inson ruhiy faoliyatining tashkil qiluvchisi – muvofiqashtiruvchisi hisoblanadi.
    Aynan diqqat ruhiy faoliyatga, ayniqsa, bilish jarayonlariga samaradorlik baxsh etib, uning bir maromda kechishini ta’minlaydi. Diqqat ruhiy hodisa sifatida ikki xil xususiyatga ega: u ma’lum bir vaqt va makonda voqe bo’ladiganvruhiy jarayon, shunindek o’ziga xos ruhiy holat ham hisoblanadi. Diqqatlilik shaxsga xos bo’lgan muhim sifat bo’lib, muvaffaqiyatli faoliyat yuritishning omili hisoblanadi inson bosh miyasida sodir bo’lib turadigan qo’zg’alishlar diqqatning fiziologik asosi bo’lib xizmat qiladi.
    Irodani diqqatga eng yaqin va eng ko’p darajada bog’liq bo’lgan ruhiy hodisa-jarayon sifatida ko’rsatish mumkin. Chunki, diqqat, ayniqsa, ixtiyoriy diqqat irodaviy zo’r berishni talab qiladi. Biz yuqorida diqqatning uch turga bo’linishini aytgan ediq. Uning uch turga bo’linishi ham ularda irodani qanchalik ishtirok etishiga qarab amalga oshiriladi.
    Har bir insonning diqqati bir qator sifatlarga ega bo’ladi: ko’lami, barqarorligi, ko’chuvchanligi, taqsimlanuvchanlngi, o’zgaruvchanligi, parishonligi, to’planishi.Inson vaqt birligi ichida idrok qila oladigan buyumlar sonining eng yuqori miqdori diqqat. Ko’lami tushunchasida ifodasini topadi. Har xil odamlarda diqqatning ko’lami har xil bo’ladi. Bir vaqtning o’zida 4-6ta ob’ektni idrok qilishi diqqatning o’rtacha ko’lamini tashkil etadi, harbiy xizmatchilardagi diqqat ko’lamini maxsus mashqlar vositasida rivojlantirish mumkin.
    Diqqatning taqsimlanuvchanligi shunday qobiliyatki, bunda diqqat bir vaqtda bir nechta ob’ektga yo’naltiriladi hamda ular bir xil darajada idrok etiladi. Diqqatning taqsimlnuvchanligi, ayniqsa, jang sharoitida juda ham zarur bo’lib, bunda bir vaqtda ko’plab texnik moslamalarni, shuningdek, boshqa turdagi harakatlarni nazorat qilish zarur bo’ladi (masalan, uchuvchi, operator va hokazo).
    Baraqarorlik – bu uzoq vaqt davomida diqqatni tanlangan ob’ekt ustida ushlab turish. Diqqatning barqarorligi insondagi faoliyat uchun javobgarliq burch hissi, mohiyatni anglash qiziqarli sifatlar kabilarga bog’lik bo’ladi.
    Diqqatning o’zgaruvchanligi uning barqarorligiga nisbatan teskari sifat hisoblanadi.
    Parishonxotirlik ham diqqatga xos salbiy sifat bo’lib, u har xil sabablar hosilasi hisoblanadi. Ularning eng asosiylari quyidagilar: topshnrilgan ish uchun mas’uliyat xissining pastligi, qiziqishning yo’qligi, charchash, jismoniy va ruhiy zo’riqish, kasallik. Parishonlikni yo’qotish uchun uning sabablarini tahlil qilish lozim.
    Har qanday faoliyatning muvaffakiyati diqqatning sifatiga bog’liq bo’ladi.


    Download 317,39 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 317,39 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axmadjanov Bobirjon Tekshirdi: Hamrayeva Gulnoz

    Download 317,39 Kb.